Izbullaeva Gulchehra Valerievnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Markaziy Osiyoda XII asr oxiri – XIV asrning birinchi yarmida pedagogik fikrlar rivoji (didaktik asarlar misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped273.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 (bir martalik ilmiy kengash).
Ilmiy maslahatchi: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyoda XII asr oxiri – XIV asrning birinchi yarmida yaratilgan didaktik asarlardagi ma’naviy-ma’rifiy qarashlar asosida ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XII asr oxiri – XIV asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyodagi ijtimoiy hayot va ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda ushbu davrga tegishli ma’naviy-ma’rifiy qarashlar (ta’limiy-axloqiy, ong va madaniyat, tabiat, jamiyat va tafakkur qonunlari)ni o‘rganishning metodologik asoslari (keng tadqiqotga jalb etish, ilmiy-pedagogik tahlillarini yaratish, tematik tasniflash)ni didaktik asarlar (madh, debocha, dunyoning yaratilishi, mazmuni va tarkibi)ning strukturaviy hamda madaniyat, maktab va pedagogik qarashlar uyg‘unligi kabi germenevtik jihatdan takomillashtirish zarurati asoslangan;
ijtimoiy munosabatlarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ota-onaning bola tarbiyasidagi roli burch, mas’uliyat, ogohlik, shohning a’yonlar va xalq bilan davlat boshqaruvi borasida muruvvatli, adolatli, xushxulqli, ulug‘larni qadrlash, kechirimli, sabrli bo‘lish, bunyodkorlik kabi munosabatlar asosida ochib berilib, uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasidagi yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan;
XII asr oxiri – XIV asrning birinchi yarmida pedagogik fikrlar rivojida muhim o‘rin tutgan Faridudin Attorning “Asrornoma”, Sa’di Sheroziyning “Guliston”, Nosiriddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy” asarlaridagi ilm egallash yo‘llari o‘git, hikmat, ibrat, ilm va amal birligi zaruratiga oid g‘oyalarining pedagogik baholanishini ishlab chiqish, inson kapitalini rivojlantirish, kasb-hunarga o‘rgatishni takomillashtirish kabi zamonaviy ta’lim va tarbiya tizimining strategik maqsadlariga hamohangligi aniqlashtirilgan;
Fariduddin Attorning “Asrornoma” asaridagi ma’rifat hosil qilish, atrofga ma’rifat baxsh etish, maqsad va maslakni ahli ma’rifat bilan bog‘lash kabi hamda Nosiriddin Tusiyning “Adab ul-mutaallimin” asaridagi uzluksiz ma’rifatga intilish, ilm egallash, ta’limni tartib bilan olib borish to‘g‘risidagi g‘oyalar asosida kuchli fuqarolik jamiyati qurish konsepsiyasining ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholash indikatorlari, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillari, oila-mahalla-maktab hamkorligini o‘rnatish mexanizmlari taklif etilgan;
Yangi O‘zbekistonda yuqori malakali kadrlar tayyorlash, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, intellektual qobiliyatlarini namoyon etaoladigan va yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda ma’rifatni shakllantirish darajalari (ziynat, qurbat, qadr, sohib, sodiq va sadr) va yo‘llari (ilm, tahsil, tadbir, zahmat) hamda ma’naviy vujudga erishish sifatlari (iymon-e’tiqodli, bag‘rikeng, mard, irodali, matonatli, qalbiga quloq tuta oladigan, vijdonli) orqali ta’lim-tarbiya konsepsiyasi taklif etilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyoda XII asr oxiri – XIV asrning birinchi yarmida pedagogik fikrlar rivojini tadqiq etish asosida ilgari surilgan ilmiy yangiliklardan:
XII asr oxiri – XIV asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyodagi ijtimoiy hayot va ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda ushbu davrga tegishli ma’naviy-ma’rifiy qarashlar (ta’limiy-axloqiy, ong va madaniyat, tabiat, jamiyat va tafakkur qonunlari)ni o‘rganishning metodologik asoslari (keng tadqiqotga jalb etish, ilmiy-pedagogik tahlillarini yaratish, tematik tasniflash)ni didaktik asarlar (madh, debocha, dunyoning yaratilishi, mazmuni va tarkibi)ning strukturaviy hamda madaniyat, maktab va pedagogik qarashlar uyg‘unligi kabi germenevtik jihatdan takomillashtirish zaruratiga oid ilmiy xulosalar va yangiliklardan T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0909111822 – “Darsliklar va o‘quv adabiyotlarning mazmunida Sharq pedagogik tafakkur durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2018-2020 yy.) nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti 2022 yil 29 avgustdagi 02-07-2344/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, didaktik asarlarda oilaviy munosabatlarning shaxs ma’naviy yuksalishdagi o‘rni hamda ijtimoiy munosabatlarga oid pedagogik qarashlarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini asoslab berishga imkon yaratgan;
ijtimoiy munosabatlarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ota-onaning bola tarbiyasidagi roli burch, mas’uliyat, ogohlik, shohning a’yonlar va xalq bilan davlat boshqaruvi borasida muruvvatli, adolatli, xushxulqli, ulug‘larni qadrlash, kechirimli, sabrli bo‘lish, bunyodkorlik, kabi munosabatlar asosida ochib berilib, uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasidagi yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdagi o‘rniga oid nazariy umumlashmalar va amaliy tavsiyalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan OT-FI-002 – “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi (2017-2020 yy) fundamental loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti 2022 yil 29 avgustdagi 02-07-2344/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’naviy-ma’rifiy tafakkurni takomillashtirishga, ta’lim-tarbiyani induktiv, deduktiv tashkil qilish, bolaga ta’sir qiladigan ijtimoiy muhitdan ogohlik, uni aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalash, o‘smir va o‘spirinning psixologik o‘zgarishi, xarakter-xususiyatidan kelib chiqqan holda ta’limni tashkil qilish tamoyillarini aniqlashga, uzluksiz ta’lim - tarbiya mazmunini pedagogik tahlil etishga xizmat qilgan;
XII asr oxiri – XIV asrning birinchi yarmida pedagogik fikrlar rivojida muhim o‘rin tutgan Faridudin Attorning “Asrornoma”, Sa’di Sheroziyning “Guliston”, Nosiriddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy” asarlaridagi ilm egallash yo‘llari o‘git, hikmat, ibrat, ilm va amal birligi zaruratiga oid g‘oyalarining pedagogik baholanishini ishlab chiqish, inson kapitalini rivojlantirish, kasb-hunarga o‘rgatishni takomillashtirish kabi zamonaviy ta’lim va tarbiya tizimining strategik maqsadlariga hamohangligiga oid ilmiy xulosalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan OT-FI-002 – “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi (2017-2020 yy.) fundamental loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti 2022 yil 29 avgustdagi 02-07-2344/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashga oid dunyoqarashni boyishiga, ta’lim tizimidagi fanlarning metodik jihatdan zamonaviylashuviga xizmat qilgan;
Fariduddin Attorning “Asrornoma” asaridagi ma’rifat hosil qilish, atrofga ma’rifat baxsh etish, maqsad va maslakni ahli ma’rifat bilan bog‘lash kabi hamda Nosiriddin Tusiyning “Adab ul-mutaallimin” asaridagi uzluksiz ma’rifatga intilish, ilm egallash, ta’limni tartib bilan olib borish to‘g‘risidagi g‘oyalar asosida kuchli fuqarolik jamiyati qurish konsepsiyasining ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholash indikatorlari, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillari, oila-mahalla-maktab hamkorligini o‘rnatish mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy yangiliklar va tavsiyalardan “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-soni buyrug‘i, 233-0300-raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarda mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim-tarbiyaga oid islohotlarning mazmunini tushuntirshga, faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga, pedagogik layoqatni oshishiga, pedagogik tushuncha va atamalarni sifat jihatidan boyitishga hamda pedagogik tahlilini amalga oshirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda yuqori malakali kadrlar tayyorlash, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, intellektual qobiliyatlarini namoyon etaoladigan va yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda ma’rifatni shakllantirish darajalari (ziynat, qurbat, qadr, sohib, sodiq va sadr) va yo‘llari (ilm, tahsil, tadbir, zahmat) hamda ma’naviy vujudga erishish sifatlari (iymon-e’tiqodli, bag‘rikeng, mard, irodali, matonatli, qalbiga quloq tuta oladigan, vijdonli) orqali ta’lim-tarbiya konsepsiyasi mexanizmlarini takomillashtirishga oid nazariy umumlashmalar va ilmiy yangiliklar asosida “Pedagogika nazariyasi va tarixi” darsligi ishlab chiqilgan va ta’lim tizimiga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-1173-raqamli guvohnomasi). Natijada, uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qiladigan ta’lim mazmuni, shakl, metod va vositalarini tanlashning nazariy va amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish