Muxiddinov Abror Hikmat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazishning jinoyat-huquqiy va kriminoloik jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu498.
Ilmiy rahbar: Zakirova Adina Gulyamovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Niyozova Salomat Saparovna, yuridik fanlar doktori, professor; Karimov Xurshid Akramovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini kompleks ochib berish, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish, uning oldini olishda mavjud bo‘lgan muammolarni aniqlash, sohaga oid nazariyani, amaliyotni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi JK 103-moddasining birinchi qismini “Shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishiga suiqasd qilish darajasiga etkazish” tahririda bayon etish zarurati asoslab berilgan;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilishi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanishi lozimligi mazkur normaning profilaktik xususiyatini kuchaytirishi asoslantirilgan;
o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazishning telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilishi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanishi lozimligi asoslantirilgan;
sub’ektiv tomondan o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish egri qasd yoki oqibatiga nisbatan ehtiyotsizlik bilan sodir etilishi sudlar tomonidan jazo qo‘llashda inobatga olinishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish jinoyatining jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi JK 103-moddasining birinchi qismini “Shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishiga suiqasd qilish darajasiga etkazish” tahririda bayon etishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-436-son qonunining 11-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 11 sentyabrdagi 04/2-09/4408-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi qilmishni jinoyat sifatida baholash va unga nisbatan jazo tayinlashda jinoyat qonunining qonuniylik va insonparvarlik prinsiplariga rioya etilishiga xizmat qilgan;
o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazishning bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilishini javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-436-son qonunining 11-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 11 sentyabrdagi 04/2-09/4408-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi sodir etilgan o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish jinoyatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga xizmat qilgan;
o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazishning telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilishini javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-436-son qonunining 11-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2022 yil 11 sentyabrdagi 04/2-09/4408-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi sodir etilgan o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish jinoyatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga xizmat qilgan;
o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish jinoyatining sub’ektiv tomondan egri qasd yoki oqibatiga nisbatan ehtiyotsizlik bilan sodir etilishi mumkinligini huquqiy mustahkamlashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi”gi 46-son qarorining 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2022 yil 1 iyundagi PL-31-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi qilmishga sudlar tomonidan to‘g‘ri baho berilishiga xizmat qilgan.