Sabirov Baxram Nizamatdinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasida noqonuniy lobbizm faoliyatiga qarshi kurashishning nazariy jihatlari”,  12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu463. 
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Utemuratov Maxmut Ajimuratovich,  yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Ismailov Baxodir Islamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ollamov Yarash Yo‘ldashovich, yuridik fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lobbichilik faoliyatini huquqiy tartibga solishga bag‘ishlangan nazariy tadqiqotlardagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga, uning noqonuniy shakl va usullarining oldini olishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noqonuniy lobbichilik faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olishga qaratilgan “Davlat hokimiyati organlarida lobbichilik faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi  asoslantirilgan;
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi Qonunga lobbichilik munosabatlarini va lobbichilik sub’eklarining huquqiy holatini tartibga soluvchi normalarni kiritish zarurligi asoslantirilgan;
lobbichilik faoliyatini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida davlat xizmatchilariga nisbatan taqiqlar va cheklovlarning yagona va to‘liq ro‘yxatini belgilash zarurligi asoslantirilgan;
lobbichilik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablarini buzilishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga “Lobbichilik faoliyatini noqonuniy amalga oshirish” deb nomlangan 1933-moddasini kiritish zarurligi asoslantirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida noqonuniy lobbizm faoliyatiga qarshi kurashishning nazariy jihatlarini  o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
qonunga hilof lobbichilik faoliyati bilan shug‘ullanishning oldini olishga qaratilgan “Davlat hokimiyati organlarida lobbichilik faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ish rejasida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 23 fevraldagi 06-13/359-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasida lobbichilik faoliyatining huquqiy asoslarini yaratishga xizmat qilgan;
lobbichilik munosabatlarini va lobbichilik sub’eklarining huquqiy holatini tartibga soluvchi normalarni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritish zarurligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ish rejasida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 21 noyabrdagi 06-13/63-son dalolatnomasi). Ushbu taklif lobbichilik munosabatlari sub’ektlarining huquqiy holatini mustahkamlab bergan;
lobbichilik faoliyatini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida davlat xizmatchilariga nisbatan taqiqlar va cheklovlarning yagona va to‘liq ro‘yxatini belgilash to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ish rejasida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 24 fevraldagi 06/1-05/219-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif noqonuniy lobbichilik faoliyatiga qarshi kurashish mexanizmi va huquqiy asoslarini belgilab bergan;
lobbichilik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablarini buzilishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga  “Lobbichilik faoliyatini noqonuniy amalga oshirish” 1933-moddasini kiritish zarurligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ish rejasida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 24 fevraldagi 06/1-05/219-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif lobbichilar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlikning umumiy asoslari va maxsus choralarini belgilab bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish