Burxanova Shiyrin Jamshitovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Normativ-huquqiy hujjat loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini takomillashtirish», 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Yu290.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saydullaev Shaxzod Alixanoviya, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Umarova Qarilg‘ash Umarovna, yuridik fanlar doktori, professor;  Hayitov Hushvaqt Saparbaevich, yuridik fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekicton Recpublikacida normativ-huquqiy hujjat loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavciyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoatchilik ekspertizasi jarayonida ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma’lumotlarini umumlashtirilishi va foydalanilishi zarurligi asoslab berilgan;
ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasining portaldagi jamoatchilik muhokamasi muddatini tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi hamda bu muddat portalda normativ-huquqiy hujjat loyihasi joylashtirilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerakligi asoslangan;
normativ-huquqiy hujjat loyihasining jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasi ishtirokchilari muhokamani har tomonlama to‘liq va asosli o‘tkazish maqsadida ishlab chiquvchi tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihasining matni bilan oldindan tanishtirilishi kerakligi asoslab berilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi konstitusiyaviy qonunlar muhim siyosiy va huquqiy ahamiyatga egaligi sababli Jamoatchilik palatasi Kengashining qarori bilan ekspertizadan o‘tkazilishi majburiy ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Normativ-huquqiy hujjat loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini takomillashtirish mavzusidagi tadqiqoti xulosalaridan olingan natijalar asosida:
jamoatchilik ekspertizasi jarayonida ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma’lumotlarini umumlashtirilishi va foydalanilishi zarurligi haqidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 20 apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–682-son Qonunining 23-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning  o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022 yil 18 noyabrdagi 04/10-10-183-son dalolatnomasi). Ushbu taklif normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda aholining faolligini oshirishga va jamoatchilik fikrini aniqlashga xizmat qilgan;
ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasining portaldagi jamoatchilik muhokamasi muddatini tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi hamda bu muddat portalda normativ-huquqiy hujjat loyihasi joylashtirilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerakligi haqidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 20 apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–682-son Qonunining 24-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning  o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022 yil 18 noyabrdagi 04/10-10-183-son dalolatnomasi). Ushbu taklif normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda aholining faolligini oshirishga va jamoatchilik fikrini aniqlashga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjat loyihasining jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasi ishtirokchilari muhokamani har tomonlama to‘liq va asosli o‘tkazish maqsadida ishlab chiquvchi tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihasining matni bilan oldindan tanishtirilishi kerakligi haqidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 20 apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–682-son Qonunining 23-moddasi oltinchi qismini ishlab chiqishda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning  o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022 yil 18 noyabrdagi 04/10-10-183-son dalolatnomasi). Ushbu taklif normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda aholining faolligini oshirishga va jamoatchilik fikrini aniqlashga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi konstitusiyaviy qonunlar muhim siyosiy va huquqiy ahamiyatga egaligi sababli Jamoatchilik palatasi Kengashining qarori bilan ekspertizadan o‘tkazilishi majburiy ekanligi haqidagi taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2021 yil 30 noyabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” gi qonunning 24-moddasini ishlab chiqishla inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyaviy nazorat qo‘mitasining 2022 yil 14 iyundagi 20-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi konstitusiyaviy qonunlarni jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazishning aniq huquqiy mexanizmlarini yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish