Abduraximova Saida Axmadjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «O‘zbekistonda investisiya jarayonlarini makroiqtisodiy tartibga solishni takomillashtirish», 08.00.02 – «Makroiqtisodiyot» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Iqt216.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedov Durbek Qudratullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, DSc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Mustafaqulov Sherzod Igamberdievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda investisiya jarayonlarini makroiqtisodiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan yirik investisiya loyihasi uchun investisiya hajmi, ijara muddati davomida er solig‘i summasiga nisbatan qo‘llaniladigan, Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan stavkaga nisbatan oshiruvchi koeffisient miqdori, jami mahsulotlar tarkibida eksport qilinadigan mahsulotlar ulushi, yuqori texnologiyali mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi, ish bilan ta’minlanadigan fuqarolarning o‘rtacha yillik soni kabi mezonlar asosida eng yaxshi taklifni tanlab olish va ushbu loyihani amalga oshirish uchun ijaraga er uchastkasi berish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududda mineral xom ashyo resurslari mavjudligini hisobga olib, “Angren” erkin iqtisodiy zonasida yillik loyiha quvvati 1,9 mln.kv.m bo‘lgan sirlangan chinni tosh buyumlar va keramik plitalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
davlat boshqaruv organlari, xususan 11 ta vazirlik va 6 ta davlat qo‘mitasi markaziy apparatlari tarkibida xalqaro reytinglar hamda alohida indikatorlar bo‘yicha mamlakat o‘rnini yaxshilashga mas’ul bo‘lgan bo‘lim va boshqarmalar tuzish amaliyotini joriy etish bo‘yicha takliflar asoslangan;
O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilinadigan investisiyalarning o‘zlashtirish hajmini 2022-2030 yillardagi YaIMni o‘zgarishi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va ish bilan band bo‘lganlar ko‘rsatkichlari orqali iqtisodiyotga jalb qilinadigan investisiyalarning ko‘p omilli prognozi ishlab chiqilgan;
er uchastkalaridan investisiya resursi sifatida foydalanishning huquqiy asosini joriy etish, xususan er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida aks ettirish bo‘yicha takliflar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda investisiya jarayonlarini makroiqtisodiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan yirik investisiya loyihasi uchun investisiya hajmi, ijara muddati davomida er solig‘i summasiga nisbatan qo‘llaniladigan, Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan stavkaga nisbatan oshiruvchi koeffisient miqdori, jami mahsulotlar tarkibida eksport qilinadigan mahsulotlar ulushi, yuqori texnologiyali mahsulotlarning umumiy mahsulotlariga nisbatan ulushi, ish bilan ta’minlanadigan fuqarolarning o‘rtacha yillik soni kabi mezonlar asosida eng yaxshi taklifni tanlab olish va ushbu loyihani amalga oshirish uchun ijaraga er uchastkasi berish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 10 yanvardagi 05/23-01/3 son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 13 apreldagi PQ-5073-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021 yil 21 sentyabrdagi 592-son qarorlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
hududda mineral xom ashyo resurslari mavjudligini hisobga olib, “Angren” erkin iqtisodiy zonasida yillik loyiha quvvati 1,9 mln. kv m bo‘lgan sirlangan chinni tosh buyumlar va keramik plitalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar Angren erkin iqtisodiy zonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 10 yanvardagi 05/23-01/3-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar natijasida Xitoyning Gulf Cable Trading Company kompaniyasi o‘zbekistonlik sheriklari bilan birgalikda National Ceramics qo‘shma korxonasi tashkil etildi va umumiy qiymati 21,1 mln dollar bo‘lgan loyiha ishlab chiqilib, ushbu mablag‘ning 20,9 mln dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya tashkil etgan;
davlat boshqaruv organlari, xususan 11 ta vazirlik va 6 ta davlat qo‘mitasi markaziy apparatlari tarkibida xalqaro reytinglar hamda alohida indikatorlar bo‘yicha mamlakat o‘rnini yaxshilashga mas’ul bo‘lgan bo‘lim va boshqarmalar tuzish amaliyotini joriy etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 10 yanvardagi 05/23-01/3-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida” 2020 yil 2 iyundagi PF-6003-son Farmonining 1-ilovasini shakllantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilinadigan investisiyalarning o‘zlashtirish hajmini 2022-2030 yillardagi YaIMni o‘zgarishi, asosiy ishlab chiqarish fondlari va ish bilan band bo‘lganlar ko‘rsatkichlari orqali iqtisodiyotga jalb qilinadigan investisiyalarning ko‘p omilli prognozi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 10 yanvardagi 05/23-01/3-son ma’lumotnomasi). Natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini tasdiqlash hamda investisiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-son Qarorini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda investisiya jarayonlarini makroiqtisodiy tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan olingan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy qo‘mitasi tomonidan qonun ijodkorligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining 2022 yil 28 yanvardagi 04/1-86-son ma’lumotnomasi). Natijalar investorlarning er uchastkalariga nisbatan hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini investisiya resurslari jumlasiga kiritishni qonunchilik hujjatlarida aks ettirishga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlashga xizmat qilgan.