Yarashov Sharif Jumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xusrav Dehlaviy g‘azallarida badiiy timsollarning lingvopoetik xususiyatlari”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1219.
Ilmiy rahbar: Imomnazarov Muhammadjon Sultonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Dilfuza Rafiqjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Homidov Dilmurod Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Amir Xusrav “To‘hfat-us-sig‘ar” devoni g‘azallarining jome’ (konkordans) va sanama so‘zligi lug‘ati asosida shoir lirik merosidagi sӯz-timsollarning lingvopoetik, statistik, leksik, semantik va irfoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amir Xusrav Dehlaviyning “To‘hfat-us-sig‘ar” devoni g‘azallarida dil, jon, nuqta, savod, maktub, oraz (yuz) va gesӯ (zulf) sӯzlarining tashbeh, istiora, majoz va talmeh kabi badiiy san’atlar asosida noan’anaviy poetik ma’no kasb etganligi,o‘zaro mantiqiy bog‘liqligi va ularning umumiy leksik miqdori aniqlangan;
tasavvuf ta’limoti va uning asosiy g‘oyalarini ifoda etishda muhim sanalgan ishq, xol, lab, gul, abrӯ (qosh) va chashm (ko‘z) so‘z-timsollarning so‘fiyona mazmun va orifona ohanglari, leksik va irfoniy-tasavvufiy ma’no talqinlari asoslangan; 
Amir Xusrav Dehlaviy g‘azaliyotida eng faol so‘z-timsollarning etimologiyasi, semantik butunligi, she’riy misra va baytlardagi ilohiy sir asror, tariqat riyozati, haqiqiy va majoziy ishq ramzi, sodiq dӯst va gӯzal mahbuba kabi qo‘shma ma’nolarini aniqlash tamoyillari dalillangan;
To‘hfat-us-sig‘ar” devoni g‘azallari leksikasidagi badiiy timsollarning asliy va ko‘chma ma’nolari kabi lug‘aviy xususiyatlari hamda semantik, irfoniy-tasavvufiy, madaniy-leksik qatlamlarning lingvopoetik jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xusrav Dehlaviy g‘azallarida badiiy timsollarning lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq etish asnosida olingan ilmiy natijalar:
Amir Xusrav Dehlaviyning “To‘hfat-us-sig‘ar” devoni g‘azallarida dil, jon, nuqta, savod, maktub, oraz (yuz) va gesӯ (zulf) sӯzlarining tashbeh, istiora, majoz va talmeh kabi badiiy san’atlar asosida noan’anaviy poetik ma’no kasb etganligi, o‘zaro mantiqiy bog‘liqligi va ularning umumiy leksik miqdori hamda Xusrav Dehlaviy g‘azallaridagi umuminsoniy qarashlar, milliy an’analar va urf odatlar, tabiat manzaralari tasviri, Sharq xalqlari tamadduni, xususan, forsiy va tojik xalqlari madaniy va ma’rifiy merosi kabi muhim mavzularning asl mazmun va mohiyatini xalq og‘zaki ijodiga xos bo‘lgan maqol, matal, hikmatli so‘zlar vositasida ochib berish to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qaraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 22 iyundagi 17-01/164-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilish orqali Amir Xusrav “To‘hfat-us-sig‘ar” devoni matni tarkibida qo‘llanilgan so‘z-timsollarning dialektik, etimologik, tarixiy xususiyatlari va ma’no evrilishlarining asosiy omillarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
Tasavvuf ta’limoti va uning asosiy g‘oyalarini ifoda etishda muhim sanalgan ishq, xol, lab, gul, abrӯ (qosh) va chashm (ko‘z) so‘z-timsollarning so‘fiyona mazmun va orifona ohanglari, leksik va irfoniy-tasavvufiy ma’no talqinlari to‘g‘risidagi hamda “To‘hfat-us-sig‘ar” devoni g‘azallari leksikasidagi badiiy timsollarning asliy va ko‘chma ma’nolari kabi lug‘aviy xususiyatlari hamda semantik, irfoniy-tasavvufiy, madaniy-leksik qatlamlarning lingvopoetik jihatlari hamda Amir Xusrav asarlarida ko‘tarilgan umumbashariy muammolar, mavzular ko‘lami, milliy qadriyatlarga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanalining “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Ranginkamon” turkumidagi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda shoir she’riyatidagi yuksak g‘oyaviy mazmun, ta’lim va tarbiyaga yo‘naltirilgan mavzular va nuqtalar tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 29 iyundagi 02-12-1093 son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi teleko‘rsatuvlarning ssenariylarini tayyorlanishda birlamchi metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
Amir Xusrav Dehlaviy g‘azaliyotida eng faol so‘z-timsollarning etimologiyasi, semantik butunligi, she’riy misra va baytlardagi ilohiy sir asror, tariqat riyozati, haqiqiy va majoziy ishq ramzi, sodiq dӯst va gӯzal mahbuba kabi qo‘shma ma’nolari tadqiqot asosida yaratilgan “Amir Xusrav Dehlaviyning “To‘hfat-us-sig‘ar” devoni konkordansi va sanama so‘zligi (chastotali lug‘ati)” nomli lug‘at (978-99436427-4-4) asosida aniqlangan bo‘lib, mazkur lug‘at tojik tilshunoslik yo‘nalishida o‘quvchilarning filologik bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish