Raxmatova Dilafruz Nusratilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahmudxo‘ja Behbudiyning lingvistik ta’limoti, asarlarining til va uslub xususiyatlari”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1553. 
Ilmiy rahbar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Eltazarov Jo‘liboy Danabaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Normamatov Sultonbek Ermamatovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahmudxo‘ja Behbudiyning til ta’limi rivojiga qo‘shgan hissasi, ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy va badiiy asarlari hamda adabiy-tanqidiy maqolalarining tili va uslubiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mahmudxo‘ja Behbudiyning lingvistik qarashlari o‘zbek adabiy tilining leksik, grammatik, imloviy jihatdan me’yorlashuvi, sayqallanishi, takomili hamda rivojida va hozirgi darajaga kelishida muhim rol` o‘ynaganligi ochib berilgan;
Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarining arabcha, fors-tojikcha, ruscha leksik sathi va tarixiy-arxaik, neologizmlar tarkibi, polisemantik va stilistik ma’nolari hamda lingvopoetik ahamiyati dalillangan; 
Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlari yuzasidan tartib berilgan alifboli, ters lug‘atlarda o‘sha davr adabiyotiga xos til birliklarining qo‘llanish chastotasi belgilanib, fonetik, morfologik lug‘aviy shaklllari hamda doimiy so‘zlashuvdagi noshir, abyot, maorif kabi faol so‘zlar va sitrus, osonsur, kajmor kabi nofaol qatlamlari aniqlangan;
Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarida kuzatilgan Ovrupo, jo‘g‘rofiya, Kafkoz singari fonetik hamda gaplarning tuzilishidagi grammatik o‘zgarishlar, leksik qatlamlardagi quyidagi: mashruta (konstitusiya), istintiqo (tergov) kabi o‘zlashma so‘zlarning ma’no jihatlari mavjudligi asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning milliy til ta’limi rivojiga qo‘shgan hissasi, ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy va badiiy asarlari hamda adabiy-tanqidiy maqolalarining tili va uslubiy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Mahmudxo‘ja Behbudiyning lingvistik qarashlari o‘zbek adabiy tilining leksik, grammatik, imloviy jihatdan me’yorlashuvi, sayqallanishi, takomili hamda rivojida va hozirgi darajaga kelishida muhim rol` o‘ynaganligi, jadid adabiyoti namoyandalari asarlarida fol`klor janrining qo‘llanilgan xulosalaridan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G00 “Qoraqalpoq fol`klori  va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2016 yil 16 yanvardagi 17.01/256-son ma’lumotnomasi). Natijada davr tili taraqqiyotida fol`klorning ahamiyati isbotlanib, leksik sathdagi so‘zlarning lingvopoetik ahamiyati dalillangan;
Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarining arabcha, fors-tojikcha, ruscha leksik sathi va tarixiy-arxaik, neologizmlar tarkibi, polisemantik va stilistik ma’nolari hamda lingvopoetik ahamiyatidan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-1005 raqamli “Qoraqalpoq fol`korshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 10 sentyabrdagi 17.01/217-son ma’lumotnomasi). Natijada fol`klor elementlarining badiiy asarlarda ishlatilishi, lug‘aviy shakllardagi o‘zgarishlar va uning ahamiyati ochib berilgan;
Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlari yuzasidan tartib berilgan alifboli, ters lug‘atlarda o‘sha davr adabiyotiga xos til birliklarining qo‘llanilish chastotasi hamda til taraqqiyoti davomida ma’lum bir davrning tildan foydalanish jihatlari katta ahamiyat kasb etishi nuqtai nazaridan olingan xulosalar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Tanlangan asarlar”ining (Toshkent, “Akademnashr” 2018.)  alfavitli, so‘zlik (ISBN 978-9943-7461-6-9), chastotali, ters (ISBN 978-9943-7461-7-6), Izohli lug‘atlari (ISBN 978-9943-8516-8-9) nashr qilingan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish