Nazarova Dilrabo Xidirboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdurahmon Jomiyning “Subhat ul-abror” va Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonlarining qiyosiy tahlili”, 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari adabiyoti (tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1340.
Ilmiy rahbar: Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilnavoz, filologiya fanlari doktori, professor; Nurov Nurali, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Subhat ul-abror” va “Hayrat ul-abror” dostonlarini qiyosiy tahlil qilish orqali mazkur asarlarda talqin qilingan abrorlik maslagini ochib berish, dostonlarning badiiy olami hamda mualliflarning poetik mahorati va uslubiy o‘ziga xosliklarini aniqlab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Subhat ul-abror” dostonining vazn, shakl, mavzu kabi janr xususiyatlari, irfoniy-didaktik dostonlardan farq qiluvchi qirq iqddan iboratligi, ramali musaddasi maxbuni maqsurda yozilganligi, munojotlar mavjudligi kabi o‘ziga xosliklari hamda irfoniy adabiyotlardagi abrorlar konsepsiyasi ochib berilgan;
“Subhat ul-abror” va “Hayrat ul-abror”ning abrorlar, muqaddimalari, basmala bobining borligi kabi mushtarak xususiyatlari, Navoiy va Jomiy ijodiy olamidagi o‘zaro adabiy ta’sirlanish masalasi asoslangan;
Jomiy va Navoiy asarlarining nomlanishida abror istilohi shunchaki qo‘llanilmagani, ushbu toifadagi insonlarning dunyoqarashi yaxlit tarzda, har taraflama gavdalantirilgani isbotlangan;
dostonning kompozisiya, ifoda, tasvir va uslub rang-barangligi kabi badiiy-estetik xususiyatlari asoslanib, doston kompozisiyasidagi hikoyatlar, muqaddima boblar, asosiy boblar, xulosa boblarning ahamiyati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdurahmon Jomiyning “Subhat ul-abror” va Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonlarini qiyosiy tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Subhat ul-abror” dostonining vazn, shakl, mavzu kabi janr xususiyatlari, irfoniy-didaktik dostonlardan farq qiluvchiqirq iqddan iboratligi, ramali musaddasi maxbuni maqsurda yozilganligi, munojotlar mavjudligi kabi o‘ziga xosliklari hamda irfoniy adabiyotlardagi abrorlar konsepsiyasi hamda Jomiyning didaktik-axloqiy yo‘nalishdagi  ijodi, unda  doston tipidagi asarlarning o‘rni, “Subhat ul-abror”ning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlariga doir ma’lumotlardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G005 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 17 yanvardagi 7.01/298-son ma’lumotnomasi). Natijalar Jomiy va Navoiy o‘rtasidagi ustoz-shogirdlik, pir-muridlik va do‘st-birodarlikning yuksak namunasini yoritishdagi ahamiyatini ko‘rsatish muammolari echimini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
“Subhat ul-abror” va “Hayrat ul-abror”ning abrorlar, muqaddimalari, basmala bobining borligi kabi mushtarak xususiyatlari, Navoiy va Jomiy ijodiy olamidagi o‘zaro adabiy ta’sirlanish masalasi va “Subhat ul-abror” dostoni mazmun-mohiyati, poetik hamda janriy xususiyatlari, undagi obraz va timsollar tabiatining o‘ziga xos xususiyatlarini asoslashda O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 17 yanvardagi 17.01/299-son ma’lumotnomasi). Ilmiy qarashlar asosida asarning janriy xususiyatlari belgilangan, muallifning  tarixiy shaxs timsolida komil insonni tasvirlash mahoratini ko‘rsatib berishga erishilgan;
Jomiy va Navoiy asarlarining nomlanishida abror istilohi shunchaki qo‘llanilmagani, ushbu toifadagi insonlarning dunyoqarashi yaxlit tarzda, har taraflama gavdalantirilganligi, dostonning kompozisiya, ifoda, tasvir va uslub rang-barangligi kabi badiiy-estetik xususiyatlari asoslanib, doston kompozisiyasidagi hikoyatlar, muqaddima boblar, asosiy boblar, xulosa boblarning ahamiyati dalillangan xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalida efirga uzatilgan “Odob durdonalari”, “Mahalla tongi” kӯrsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalining 2021 yil 22 dekabrdagi 01-18-908-son ma’lumotnomasi).  Natijada, tomoshabinlarning buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosiga hurmat, umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat tuyg‘usi haqidagi nazariy fikr-mulohazalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish