Porubay Igor Feliksovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot texnologiyalari diskursi va uning hozirgi davr til manzarasidagi o‘rni” 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1PhD/Fil2344.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Extiyotxon Ismailovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi AT sohasi nutqining o‘ziga xos xususiyatlarini turli ko‘rinishlarda aniqlash hamda AT diskursining aloqa tiliga ta’sirini ochib berishdan iborat.
Sh.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AT diskursi lingvistik, ekstralingvistik, pragmatik omillardan iborat, lingvistik tafakkurda keng tarqalgan til va tafakurning o‘zaro bog‘liqligidagi murakkab tizim ekanligi, tarmoqdagi axborotning lisoniy birliklarda ifodalanishi kabi kognitiv jihatlariga doir stilistik, sintaktik, funksional xossalari yaxlit holda aniqlangan;
AT diskursi tushunchasiga ta’rif berilib, muloqotni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘z-o‘zini boshqarish, qulaylik, psixologik aloqa, o‘zaro tushunish, muloqotdan qoniqish kabi mezonlar aniqlanib, zamonaviy sharoitda “internet-diskurs”, “kompyuter vositachiligidagi nutq”, “bloggerlik sohasi tili” kabi tushunchalarning asosiy mazmuni ochib berilgan;
AT nutqining dialog va polilog shakllarida emotsional-ekspressiv, akseologik leksika, takror, inversiya, harakat, holat fe’llari, to‘liqsiz gaplar xosligi, uning leksik tarkibidagi zamonaviy ifoda shakllari aniqlanib, leksik-semantik jihatdan guruhlangan, AT nutqiga xos kreolizativ matnlarning uslubiy hamda pragmatik jihatlari ochib berilgan;
AT nutqining virtual olam lisoniy manzarasiga, xususan, ingliz va rusiyzabon til birliklari muhitiga ta’siri neologizmlar, atamalar va jargonlarning paydo bo‘lishida namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborot texnologiyalari diskursi va uning hozirgi davr til manzarasidagi o‘rnini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
AT diskursi lingvistik, ekstralingvistik, pragmatik omillardan iborat, lingvistik tafakkurda keng tarqalgan til va tafakurning o‘zaro bog‘liqligidagi murakkab tizim ekanligi, tarmoqdagi axborotning lisoniy birliklarda ifodalanishi kabi kognitiv jihatlariga doir stilistik, sintaktik, funksional xossalariga doir ilmiy xulosa hamda tavsiyalardan «Matn tilshunosligi» nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan 237-317 raqamli ruxsatnoma). Natijada AT diskursi tahliliga oid fikr-mulohazalar darslik materiallarining ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
AT nutqining dialog va polilog shakllarida emotsional-ekspressiv, akseologik leksika, takror, inversiya, harakat, holat fe’llari, to‘liqsiz gaplar xosligi, uning leksik tarkibidagi zamonaviy ifoda shakllari aniqlanib, leksik-semantik jihatdan guruhlangan, AT nutqiga xos kreolizativ matnlarning uslubiy hamda pragmatik jihatlari xususidagi nazariy qarashlardan «Pragmalingvistika asoslari» nomli darslik materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan 418-045 raqamli ruxsatnoma). Natijada mazkur darslikning «Tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur va antropotsentrik ilmiy paradigmalari», «Leksopragmatika», «Pragmatika, semantika, stilistika» mavzulari nazariy jihatdan takomillashgan;
AT diskursi tushunchasiga ta’rif berilib, muloqotni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘z-o‘zini boshqarish, qulaylik, psixologik aloqa, o‘zaro tushunish, muloqotdan qoniqish kabi mezonlar aniqlanib, zamonaviy sharoitda “internet-diskurs”, “kompyuter vositachiligidagi nutq”, “bloggerlik sohasi tili” kabi tushunchalarning asosiy mazmuniga doir xulosalardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 25 yanvar` kuni efirga uzatilgan “Axborot texnologiyalari diskursi va uning hozirgi davr manzarasidagi o‘rni” dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 4 fevraldagi 25-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodning axborot texnologiyalari sohasidagi ilmiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.