Eshboev Qahramon Bakir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “So‘zlararo darajalanish o‘quv lug‘atini tuzish asoslari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2357.    
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Diloro Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘atining tarkibiy qurilmasini, darajalanish qatorini shakllantirish, leksikografik tavsiflash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
darajalanish hodisasi va uning lingvistik talqini masalasidagi qarashlar orqali leksik darajalanishning ifoda sema hamda atash semaga tayanuvchi lisoniy asoslari aniqlangan;
qatorni tashkil qiluvchi leksik birliklarning darajalanishini ta’minlaydigan denotativ, konnotativ va funksional omillarning hamkorligi hamda kuchayish va kuchsizlanish holatlari aniqlangan;
bog‘cha tarbiyalanuvchilari, boshlang‘ich va tayanch sinflar uchun so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘atiga so‘z tanlashda shaxs yosh xususiyatlarini inobatga olish, so‘z ma’nosining murakkablik darajasi, qo‘llanish davri va miqdorini aniqlash, uslubiy xoslanganlik xususiyatlarini aniqlashdan iborat lingvodidaktik asoslari ishlab chiqilgan; 
yangi zamonaviy so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘atining tarkibiy qurilmasi, darajalanish qatorini shakllantirish va leksikografik talqinda aniqlik, ixchamlik, farqlilik, umumiylik va xususiylik mezonlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. So‘zlararo darajalanish o‘quv lug‘atini tuzish asoslarini aniqlash, aniqlangan tamoyillarni tartiblashtirish samarasida olingan natijalar asosida: 
darajalanish hodisasi va uning lingvistik talqini masalasidagi qarashlar tahlili orqali leksik darajalanishning ifoda sema hamda atash semaga tayanuvchi lisoniy asoslariga doir natija va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 19 oktyabrdagi 17.01/269-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘z yasalishiga oid nazariy qarashlarni dalillash uchun keltirilgan misollarning ilmiy asoslariga egaligi ta’minlangan;
qatorni tashkil qiluvchi leksik birliklarning darajalanishini ta’minlaydigan denotativ, konnotativ va funksional omillarning hamkorligi hamda kuchayish va kuchsizlanish holatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining FA-F1-G007 raqamli “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 19 oktyabrdagi 17.01/269-son ma’lumotnomasi). Natijada barqaror birikmalar tarkibida ishtirok etuvchi leksik birliklarning ma’no ifodalash, nutq ta’sirchanligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatini baholashning lisoniy-badiiy asoslarini tavsiflash imkonini bergan;
bog‘cha tarbiyalanuvchilari, boshlang‘ich va tayanch sinflar uchun so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘atiga so‘z tanlashda shaxs yosh xususiyatlarini inobatga olish, so‘z ma’nosining murakkablik darajasi, qo‘llanish davri va miqdorini aniqlash, uslubiy xoslanganlik xususiyatlarini aniqlashdan iborat lingvodidaktik asoslariga oid xulosalardan hamda yangi zamonaviy so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘atining tarkibiy qurilmasi, darajalanish qatorini shakllantirish va leksikografik talqinda aniqlik, ixchamlik, farqlilik, umumiylik va xususiylik mezonlari xususidagi xulosalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (inson qiyofasi, fe’l-atvori tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2022 yil 7 maydagi 04/1-883-son ma’lumotnomasi). Natijada poetik lug‘at maqolalari tavsifining mukammallashuviga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish