Xolisova Gavharoy Mannobjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijoriy matnlarning psixolingvistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.      
Ilmiy rahbar: Shoxida Xoshimovna Shahobiddinova, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Mizoxidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori, professor;   Xolmurodova Mehriniso Ibrohimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida tijoriy diskursning rivojlanish xususiyatlarini psixolingvistik nuqtai nazardan ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy tijoriy diskursni psixolingvistik o‘rganish uchun birliklarni tanlashda amal qilish lozim bo‘lgan qo‘llanish tezligi, zamonaviy foydalanish yoki ma’noga muvofiqligi, madaniy, ijtimoiy ahamiyatga egalik, semantik jihatdan faollik xususiyatlari aniqlangan;
psixolingvistik tahlil o‘tkazishning lug‘at ta’riflarini umumlashtirish, korpusli tahlil, tahlil natijalari tavsifi, so‘z semantikasining assotsiativ tavsifi, assotsiativ reaksiyalarning semantik talqini kabi bosqichlari mavjudligi aniqlangan;
muloqot vaziyati, tijoriy matnlar yaratishda motivatsiya, shikoyat, rad etish, kechirim, ma’lumot modalligini ifodalashning ohang, so‘z tartibi, undov kabi lisoniy vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan;
tijoriy munosabatlarning rivojlanishida tomonlar muloqotining samarali bo‘lishida milliy mentalitet, tijoriy muloqot madaniyatining o‘zbekona jihatlari dalillanib, muloqotda nutq xususiyatlari emas, balki ekstralingvistik omillar, ya’ni nutq vaziyati muhimligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijoriy matnlarning psixolingvistik jihatdan tadqiqi jarayonida olingan natijalar asosida: 
zamonaviy tijoriy diskursni psixolingvistik o‘rganish uchun birliklarni tanlashda amal qilish lozim bo‘lgan  qo‘llanish tezligi, zamonaviy foydalanish yoki ma’noga muvofiqligi,  madaniy, ijtimoiy ahamiyatga egalik; semantik jihatdan faollik tamoyillari xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy - tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-GOO3 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 sentyabrdagi 17.01/227-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek tijoriy diskursining o‘ziga xos xususiyatlari psixolingvistik yondashuv nuqtai nazaridan ko‘rib chiqildi muloqotda nutq xususiyatlari emas balki ekstrolingvistik omillar ya’ni nutq vaziyati muhimligi aniqlanib, o‘zbek tijoriy muloqoti tijorat matnlarini ham til va tafakkur, til va madaniyat, til tizimi va ijtimoiy xayotning mushtarakligida o‘rganish zarurligi asoslangan;  
psixolingvistik tahlil o‘tkazishning lug‘at ta’riflarini umumlashtirish, korpusli tahlil, tahlil natijalari tavsifi, so‘z semantikasining assotsiativ tavsifi, assotsiativ reaksiyalarning semantik talqini kabi bosqichlariga oid xulosalardan Germaniya Federativ Respublikasi Bremen shahridagi ilmiy markazning tilshunoslikning psixolingvistika masalasiga bag‘ishlangan yillik hisobotlarini tegishli ilmiy ma’lumotlar bilan to‘ldirishda hamda uni qayta shakllantirishda foydalanilgan (A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH ilmiy tashkilotining 2021 yil 24 iyuldagi 204/22-son ma’lumotnomasi). Natijada olingan xulosalar aynan hisobotning tijoriy matnlarining psixolingvistik xususiyatlari tijoriy munosabatlarning rivojlanishida, tomonlar muloqotining samarali bo‘lishida, milliy mentalitet tijoriy muloqot madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirilgani hamda uning yozma va og‘zaki savodxonlikni rivojlantirish bo‘limlarini ilmiy jihatdan ochib berishga xizmat qilgan;  
muloqot vaziyati, tijoriy matnlar yaratishda motivatsiya, shikoyat, rad etish, kechirim, ma’lumot modalligini ifodalashning ohang, so‘z tartibi, undov kabi lisoniy vositalaridan foydalanish imkoniyatlariga doir natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali   “Madaniy-ma’rifiy" muharririyati tomonidan tayyorlangan “Vatan madhi”,  “Adabiyot sarchashmalari” kabi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 fevraldagi 02-10-410-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar ko‘rsatuvni badiiy idrok etishi, lisoniy vositalarni to‘la anglab olishiga xizmat qildi, ma’lumotlardan bahramand bo‘lishida ilmiylik mezoni ta’minlangan; 
tijoriy munosabatlarning rivojlanishida, tomonlar muloqotining samarali bo‘lishida milliy mentalitet, tijoriy muloqot madaniyatining o‘zbekona o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, muloqotda nutq xususiyatlari emas, balki ekstralingvistik omillar, ya’ni nutq vaziyati muhimligi yuzasidan olingan xulosa va amaliy takliflaridan JHBL-20 “Oila va mahalla gender tengligi mavzusida badiiy asarlarning elektron korpusini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 14 iyundagi 01-09/957-son ma’lumotnomasi). Natijada psixolingvistik tahlil o‘tkazishning lug‘at ta’riflarini umumlashtirish, korpusli tahlil, tahlil natijalari tavsifi, tijoriy munosabatlarning rivojlanishida tomonlar muloqotining samarali bo‘lishida milliy mentalitet tijoriy muloqot madaniyatining o‘zbekona o‘ziga xos jihatlarini tavsiflash tavsiya etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish