Sayt test rejimida ishlamoqda

Nurmonova Sadoqat Daniyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi qasam nutqiy janrining lingvomadaniy tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1928.    
Ilmiy rahbar: Nabieva Diloro Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xakimov Muxammad Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek lingvomadaniy muhitidagi qasamlarni tizimli va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqiy janrlar kommunikativ lingvistikaning tekshirish ob’ekti ekanligi, muloqot jarayonidan so‘zlovchi shaxs va tinglovchi o‘rtasidagi muloqot kompetensiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini ham kommunikantlarning milliy-madaniy mental holatlarini aniqlash uchun asos bo‘lishi dalillangan;
sohaviy qasam matnlarining tantanali boshlanish, dramatizm, emotsionallik, qisqalik, qat’iyatli xotima kabi xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan; 
soha qasamlarining tematik (personal, xarbiy va h.z), temporal (permament, imperament), lokallik (umumlokal, turli lokal), kvantativ (singular, prular) kabi turlari aniqlangan;
xalqona qasamlarning tematik jihatdan to‘rt - Alloh va Qur’on nomi bilan aytiladigan qasamlar, biror narsaning haqqi bilan aytiladigan qasamlar, lokal belgiga ega qasamlar, personal belgiga ega qasamlar turlari aniqlanib, ularning milliy-mental xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida qasam nutqiy janrining tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
nutqiy janrlar kommunikativ lingvistikaning tekshirish ob’ekti bo‘lib, muloqot jarayonidan so‘zlovchi shaxs va tinglovchi o‘rtasidagi muloqot kompetensiyasining o‘ziga xos xususiyatilarini, shu bilan birga kommunikantlarning milliy-madaniy mental holatlarini aniqlash yuzasidan hamda sohaviy qasam matnlarining tantanali boshlanish, dramatizm, emotsionallik, qisqalik, qat’iyatli xotima kabi xususiyatlarga ega ekanligi bo‘yicha olingan natijalardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan ITD-1 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 7 sentyabrdagi 17-1-546-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida filologiya fakul`teti talabalariga nutq janrlari, ularning tasnifi, nutq janrlaridan biri bo‘lgan qasam janrining tahliliga oid ilmiy natijalaridan “O‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘ati”ni tuzishda hamda “Badiiy matn stilistikasi”, “Lingvomadaniyatshunoslik” o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda foydalanilgan;
soha qasamlarining tematik (personal, xarbiy va h.z), temporal (permament, imperament), lokallik (umumlokal, turli lokal), kvantativ (singular, prular) kabi turlari to‘g‘risidagi hamda xalqona qasamlar tematik jihatdan to‘rt: Alloh va Qur’on nomi bilan aytiladigan qasamlar, biror narsaning haqqi bilan aytiladigan qasamlar, lokal belgiga ega qasamlar, personal belgiga ega qasamlar bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi faoliyatida o‘zbek qasamlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni aks ettiruvchi matnlarni tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 15 sentyabrdagi 01-03/1147-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi xalqona qasamlar xalqning milliy-madaniy, mental xususiyatlarini ochib beruvchi bir qator shoir va yozuvchilarning nazmiy va nasriy asarlarida o‘z aksini topgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish