Sayt test rejimida ishlamoqda

Xayriev Isroilning 
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxsda  iroda  shakllanishining  dinamikasi (oliy ta’lim muassasalarining talabalari misolida)”, 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya, shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/R53.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: G‘oziev Ergash G‘ozievich, psixologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Safoev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Etakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.  Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida iroda shakllanishining dinamikasini ochib berish asosida psixologik takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.        
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning individual-psixologik xususiyatlariga ko‘ra  aql, hissiyot  va irodaning  o‘zaro integrativ rivojlanishi tufayli shaxs kamolotining refleksiya ta’sirida reallikka aylanishi dalillangan; 
talabalardagi irodaviy sifatlar shakllanish dinamikasida yigitlarda sobitqadamlik, tirishqoqlik, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik, dadillik, o‘ziga ishonganlik, mustaqillik, serg‘ayratlilik; qizlarda esa mas’uliyatlilik, intizomlilik, sabotlilik, toqatlilik, sinchkovlik, matonatlilik sifatlarining ustuvorligi tufayli jins tafovutlarning psixologik determinantlashganligi dalillangan;
talabalarida etakchilik qiluvchi emotsional, motivatsion, individual-tipologik xususiyatlarning ifodalanishiga ko‘ra mas’uliyatlilik, uyushqoqlik, tirishqoqlik, ishchanlik, tashabbuskorlik, prinsipiallik qirralari turli ta’lim yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda namoyon bo‘lishi tufayli irodaviy sifatlar bilan korrelyasion bog‘liqlikning mavjudligi asoslangan;
shaxsda irodani shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar kon`yukturasi  kontekstida  mas’uliyatlilik, dadillik, uyushqoqlik matonatlilikning barqaror va dinamik o‘sish tendensiyasiga ega ekanligiga ko‘ra  «kognitiv», «emotsional», «motivatsion» aspektlarni o‘zaro uyg‘un rivojlantirish zarurligi dalillangan;   
irodaviy aktning talabalar o‘quv faoliyatida namoyon bo‘lishi natijasida qaror qabul qilish jarayonidagi dinamik xususiyatlarni ifodalanishi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashga «qaror  qabul qilish», «maqsadga erishish», «harakatni amalga oshirishda zarur bo‘lgan sifatlar»ni  mezon sifatida kiritish zaruriyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
talabalarning individual-psixologik xususiyatlariga ko‘ra aql, hissiyot va irodaning o‘zaro integrativ rivojlanishi tufayli shaxs kamolotining refleksiya ta’sirida reallikka aylanishi, ularning natijadorligi dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalari Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil    2 noyabrdagi PM-06-sonli buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-06-m-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog talabalarda ahloqiy, irodaviy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilgan;    
 talabalarda irodaviy sifatlar shakllanish dinamikasida yigitlarda sobitqadamlik, tirishqoqlik, qat’iyatlilik, tashabbuskorlik, dadillik, o‘ziga ishonganlik, mustaqillik va serg‘ayratlilik; qizlarda mas’uliyatlilik, intizomlilik, sabotlilik, toqatlilik, sinchkovlik, matonatlilik sifatlarining ustivorligi tufayli jins tofovutlarning psixologik determinantlashganligiga oid ilmiy xulosalar, taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi III yo‘nalishida belgilangan «Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar»ning 11 bandi «Baxtli bo‘lishning 10 sharti» rukni ostida o‘quvchi-yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mehr-oqibat, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik tayanch fazilatlari mazmun-mohiyatini yoshlar ongi va qalbiga singdirish hamda ushbu fazilatlarni shakllantirish» mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 20 oktyabrdagi  02-22/360-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish hamda sohadagi ishlarini samadorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarida etakchilik qiluvchi emotsional, motivatsion, individual-tipologik xususiyatlarning ifodalanishiga ko‘ra mas’uliyatlilik, uyushqoqlik, tirishqoqlik, ishchanlik, tashabbuskorlik, prinsipiallik qirralari turli ta’lim yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda namoyon bo‘lishi tufayli irodaviy sifatlar bilan korrelyasion bog‘liqlikning mavjudligiga oid taklif va tavsiyalari Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 2 noyabrdagi PM-06-sonli buyrug‘iga asosan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-06-m-son ma’lumotnomasi).  Natijada, shaxsda iroda shakllanishining dinamik rivojlanishini tahlil qilish imkoni yaratilgan. 
shaxsda irodani shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar kon`yukturasi kontekstida mas’uliyatlilik, dadillik, uyushqoqlik, matonatlilikning barqaror va dinamik o‘sish tendensiyaga ega ekanligiga ko‘ra «kognitiv», «emotsional», «motivatsion» aspektlarning o‘zaro uyg‘un rivojlantirish zarurligiga  oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokanali «O’zbekiston» telekanalida 2022 yilda efirga uzatilgan «Munosabat» ko‘rsatuvining dastur ssenariysini tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston teleradiokanali» davlat muassasasining 2022 yil 21 oktyabrdagi 15-15-1773-son ma’lumotnomasi). Natijada har bir shaxsda irodani shakllantirish, ichki imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilish va muvaffaqiyatlarga erishish, hozirgi davrda ona yurt ma’naviyatidan faxrlanish bilan cheklanib qolmasdan, balki har bir odam qat’iyatlilik, sobitqadamlik, mas’uliyat, matonat bilan ertangi kunini yaratishga bo‘lgan qiziqishini ortishiga xizmat qilgan;
irodaviy aktning talabalar o‘quv faoliyatida namoyon bo‘lishi natijasida qaror qabul qilish jarayonidagi dinamik xususiyatlarni  ifodalanishi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashga «qaror qabul qilish», «maqsadga erishish», «harakatni amalga oshirishda zarur bo‘lgan sifatlar»ni mezon sifatida kiritish zaruriyatiga oid taklif va tavsiyalari Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil    2 noyabrdagi PM-06-sonli buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 9 noyabrdagi PM-06-m-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarda iroda xususiyatlarini shakllantirishga va takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish