Sayt test rejimida ishlamoqda

Kadirova Nargiza Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bemorlarda ba’zi genotipik va fenotipik xususiyatlarni hisobga olgan holda brusellyozning klinik kechishi», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar   (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib903.
Ilmiy rahbar: Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kamilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bemorlarda ba’zi genotipik va fenotipik xususiyatlarni hisobga olgan holda brusellyozning klinik kechishini va oqibatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bemorlarni fenotip atsetillanish tezligini va dizembriogenez stigmalarini hisobga olgan holda brusellyozning  klinik kechishi xususiyatlari aniqlangan; 
ilk marotaba fenotipik atsetillanishning tez turiga kasallikning o‘tkir shaklda, sekin turiga esa ikkilamchi surunkali shaklda kechishi xosligi aniqlangan;
brusellezda sekin fenotipik atsetillash (SFA)da asab tizimini zararlanishi va splenomegaliya belgilari ustunligi bilan og‘irroq va davomiy kechishi xosligi isbotlangan;
ilk bor fenotip atsetillanishni tezligiga qarab brusellyozni o‘tkir klinik shaklini davolash samarasi asoslangan;
ilk bor bemorlarni genotipik va fenotipik xususiyatlarini hisobga olgan holda brusellyozning klinik kechishi, oqibati va asoratlarini erta bashoratlovchi mezonlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bemorlarni ba’zi genotipik va fenotipik xususiyatlarini hisobga olgan holda brusellyozning klinik kechishi bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
brusellyoz bilan kasallangan bemorlarni erta tashxisoti va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Brusellyoz bilan  kasallangan bemorlarni olib borish va davolashni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi  8n-r/650-son ma’lumotnomasi).  Mazkur uslubiy tavsiyanoma brusellyoz bilan og‘rigan bemorlarda fenotip atsetillanish turini aniqlash orqali kasallikni asoratli kechishini hamda o‘tkir jarayonni surunkaliga o‘tishini erta bashoratlash va tashxislash imkonini bergan;
olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro va Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 8n-r/201-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot brusellyozning turli klinik shakllarida bemorlarning fenotip atsetillash tezligini va to‘qimalarga nisbatan antigenni bog‘lovchi limfotsitlarni aniqlash, o‘tkir jarayonni surunkali jarayonga o‘tishini kamaytirishga, ish qobiliyatini tezroq tiklash, bemorlarni samarali davolashga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish