Sayt test rejimida ishlamoqda

Sultonova Nigora A’zamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anamnezida reproduktiv yo‘qotishlari bo‘lgan aѐllarda homiladorlikning erta muddatlarida yo‘ldosh va uning o‘rni etishmovchiligi istiqbolini belgilash va tashxislash» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiѐt fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.2054. 
Ilmiy rahbar: Negmatullaeva Mastura Nurullaevna, tibbiѐt fanlari, doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiѐt instituti.
IK faoliyat ko‘rsataѐtgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpog‘iston tibbiѐt instituti, PhD.04/30.06.2020.Tib.I 16.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Islamovna, tibbiѐt fanlari doktori, Kalandarova Amina Nurullaevna, tibbiѐt fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiѐt universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi:
Yo‘ldosh morfofunksional o‘zgarishlari, gemostaziologik va lipid transport tizimi buzilishlarining erta markerlarini o‘rganish asosida, o‘z-o‘zidan homila tushishini bashoratlash va uning profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anamnezida odatiy bola tashlash mavjud bo‘lgan aѐllarning somatik va reproduktiv salomatligi o‘rganilishi asosida homiladorlikning 1-trimestrida homila tushish xavfini tug‘diruvchi omillar aniqlangan;
kliniko-laborator va funksional tadqiqot usullari asosida homiladorlikning 1-trimestrida homila  tushishiga sabab bo‘luvchi patogenetik mexanizmlar aniqlangan;
anamnezida odatiy bola tashlash bo‘lgan aѐllarda homila tushishi klinikasidan oldingi diagnostikasining asosiy belgilari, homiladorlikning dastlabki bosqichlarida qon tizimidagi gemoreologik buzilishlar aniqlangan;
gomeostaz    tizimli    buzilishida    lipid    spektrining    holati va homiladorlik gormonlarining ahamiyati isbotlandi, odatiy bola tashlash xavfi yuqori bo‘lgan homiladorlarda mahalliy gemostaz buzilishi va regionar (bachadon-yo‘ldosh, fetoplatsentar) qon     aylanish    o‘rtasidagi bog‘liqlik xususiyatlari aniqlangan;
kasallikni bashorat qilish va o‘z vaqtida korreksiyalovchi terapiyani o‘tkazishning homiladorlik va tug‘ruqning kechishiga ta’siri, ona va homila sog‘lig‘i uchun samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, homiladorlikning erta muddatlarida o‘z-o‘zidan tushishiga sabab bo‘luvchi xavf omillarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot asosida:
odatiy bola tashlash sodir bo‘lgan aѐllar davo va profilakasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Odatiy bola tashlash sodir bo‘lgan aѐllar davo va profilaktika choralarini takomillashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-r/56-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma ushbu aѐllarda o‘z-o‘zidan bola tashlashga sabab bo‘luvchi xavf omillarini o‘z vaqtida aniqlash orqali kasallikni kamayishiga ѐrdam bergan.
odatiy bola tashlash diagnostikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Odatiy bola tashlash diagnostikasini takomillashtirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-r/55-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma o‘z-o‘zidan bola tashlash holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va mavjud davo    choralarini takomillashtirishga imkon bergan; 
Tadqiqot natijalari Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash tizimidagi tuman poliklinika va shifoxonalariga tadbiq etildi. Ushbu uslubiy tavsiyalar homiladorlikni ko‘tara olmaslik bilan asoratlangan aѐllarda, davolash va tashxislash     sifatini yaxshilash, kasallikning asoratlari chastotasi hamda aѐllar o‘limini qisqartirish, davolash xarajatlarini kamaytirish va bemorlar haѐt sifatini yaxshilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish