Sayt test rejimida ishlamoqda

Ashurova Maqsuda Jamshedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda semizlik fonida vitamin D etishmasligida metabolik va osteopenik o‘zgarishlar shakllanishining xususiyatlari», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1896.
Ilmiy rahbar: Garifulina Lilya Maratovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Alieva Nigora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent;  Sharipov Rustam Xaitovich  - tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Etakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti 
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda semizlik fonidagi vitamin D tanqisligida metabolik va osteopenik buzilishlar rivojlanishi xususiyatlarini aniqlash va davolash samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Samarqand viloyatida maktab yoshidagi tana massasi turlicha bo‘lgan bolalarda vitamin D bilan ta’minlanganligini semizlik darajasi va immunoreaktiv insulin, insulin rezistentlik indeksi HOMAR, qondagi trigliseridlar va YuZLP ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
maktab yoshidagi semizlikning og‘ir darajasi mavjud bolalarda paratireoid gormon aktivligini o‘zgarishi va fosofor-kal`siy almashuvini buzilishi natijasida vitamin D tanqisligi 76,9% bemorlarda rivojlanishi aniqlangan;
og‘ir darajali semizligi mavjud maktab yoshidagi vitamin D tanqisligi va etishmovchiligi bo‘lgan bolalarda densitometriya tekshirish usulida osteoporoz belgilari ustunlik qilishi, suyak tizimini turli qismlarida mineral zichligi  semizlikni og‘irlik darajasiga bog‘liq bo‘lishi aniqlangan; 
semizligi bo‘lgan maktab yoshidagi bolalarda tana massasiga bog‘liq ravishda xolekal`siferol preparatini differensirlashgan yondashuvlar orqali buyurish natijasida davolash usuli takomillashitirilgan va uning vitamin D statusi, uglevod, lipid metabolizmi, suyak mineral zichligi holatiga ijobiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Semizlik fonidagi va vitamin D tanqisligi holatlarini diagnostikasini takomillashtirish, keyinchalik esa aniqlangan buzilishlarni davolash va oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:  
semizligi bo‘lgan maktab yoshidagi bolalarda tana massasiga bog‘liq ravishda xolekal`siferol preparati bilan davolashni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Bolalarda semizlikda vitamin D tanqisligi holatini va osteopenik buzilishlarni korreksiya qilish va oldini olish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2022 yil 9 noyabrdagi 8n-r/1244-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma uglevod va lipid almashinuvi ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, bolalarda semizlik fonidagi aniqlangan vitamin D statusi buzilishini korreksiya usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
bolalarda semizlik fonida vitamin D tanqisligida rivojlanadigan osteopenik va metabolik buzilishlar rivojalanishi xususiyatlarini aniqlash va keyinchalik aniqlangan holatlarni korreksiyalash usullarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliѐtiga, jumladan Samarqand shahar 1-son shahar bolalar shifoxonasi, Buxoro shahridagi viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi, Samarqand shahridagi  2-son oilaviy poliklinika klinik amaliyoiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2022 yil 24 noyabrdagi 8n-r/626-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bolalarni asosiy qismida vitamin D miqdorini referens ko‘rsatkichlargacha normallashttirish hamda, uglevod va lipid almashinuvini buzilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, suyak rezorbsiyasi jarayonini normallashtirish, suyak to‘qimasi mineral zichligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish