Sayt test rejimida ishlamoqda

Boboraximova Umeda Musaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Semizlik qayt etilgan ayollarda zamonaviy gormanal kontratseptiv vosilarning  klinik-laborator ta’siri», 14.00.01-akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib1850.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nadira Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Tojikiston ilmiy-tadqiqot instituti akusherlik, ginekologiya va perenatologiya davlat muassasasi.
II. Tadqiqotning maqsadi har xil turdagi semizlik qayd etilgan ayollarda zamonaviy gormonal kontratseptivlarning xavfsizligi va maqbulligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor aralash oral kontratseptivlarni qo‘llashdan oldin va ularni 6 oy qo‘llash mobaynida semizlik qayd etilgan ayollarning ovqatlanish xulq-atvorining xususiyatlari baxolanib, 48% holatda yog‘li mahsulotlar iste’mol qilishini, faqat 3,3% holatda don mahsulotlari, sabzavot va mevalarni iste’mol qilishi aniqlangan;
tana vaznining ortishi ustidan o‘rnatilgan nazoratni ob’ektiv baholash uchun semizlik biomarkeri leptinni dinamik aniqlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
semizlik qayd etilgan ayollarda metafolin saqlovchi drospirenonli AOKlarni tana vaznini tushirish uchun individual dastur bilan birga qo‘llash ovqatlanish tartibini ishonchli o‘zgarishiga, leptin miqdorini TVIga proporsional ravishda  kamayishiga olib kelishi isbotlangan;
semizlik qayd etilgan ayollarda folat saqlovchi AOK larni qabul qilish gomotsistein miqdorini ishonchli tarzda kamaytirishi natijasida gormonal fonni tiklanishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Semizlik qayd etilgan ayollarda zamonaviy kontratseptivlarning klinik-laborator ta’siri jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
semizlikning turli tiplari mavjud bo‘lgan ayollarda metabolizmning  qayd etilgan xususiyatlarini urganish va oral kontratseptivlardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Ortiqcha tana vaznga ega bo‘lgan ayollarda zamonaviy gormonal kontratseptivlarni qo‘llash imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/917-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma semizligi mavjud ayollarda aralash oral kontratsepsiyaning samarali, xavfsiz usullarini qo‘llash imkonini bergan;
semizligi mavjud ayollarning salomatlik holatiga individual yondashuv, hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Gormonal kontratsepsiyadan foydalanishni rejalashtirayotgan semizlik qayd etilgan ayollarda tana vaznini korreksiyalash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/918-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma semizligi mavjud ayollarda gormonal kontratsepsiya qo‘llanish jarayonida tana vazni korreksiyasi, reproduktiv faoliyatni saqlab qolishimkonini bergan;
semizligi mavjud ayollarda aralash kontratsepsiya usullarini individual yondashuvlar asosida qo‘llash, reproduktiv salomatlikni saqlashga qaratilgan tadqiqot natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika reproduktiv markazi Samarqand filialiga, Samarqand shahar 1-son tug‘ruqxonasi hamda shaxar 4-son oilaviy poliklinika amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 06 maydagi 8n-z/220-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar semizligi mavjud ayollarda aralash gormonal kontratsepsiyaning arzon va uzoq muddatli usullarini qo‘llash, rejalashtirilmagan homiladorlik, sun’iy va o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan abortlar sonini kamaytirish bilan intergenetik intervalni uzaytirishga, ona va homila uchun salbiy oqibatlarsiz kechadigan keyingi homiladorlik rejasini tuzishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish