Temirova Djamila Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Rus va o‘zbek bolalar o‘yini fol`klori tipologiyasi», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1167.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Kiselev Dmitriy Anatol`evich, filologiya fanlari doktori, dotsent; G‘afurov Baxtiyor Zakirovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek bolalar o‘yinlarining genezisi, rivojlanish omillari, janrlar tizimi, tasnif xususiyatlari, she’riy tuzilmalar, obrazli syujet tarkibi, tipologik xususiyatlari, ijro xususiyatlarini qiyosiy-tipologik  aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
rus va o‘zbek xalq bolalar o‘yinlarida o‘z aksini topgan ijtimoiy-tarixiy, milliy-ma’naviy, madaniy, geografik muhit xalqning falsafiy-axloqiy, badiiy-estetik qarashlarini shakllantirish ta’siridan foydalanilgan holda amalga oshishi asoslangan;
 “chorlamalar”, “qur’a tashlash”, “sanamachoq”, “konsovki” kabi agonal (harakatli) dialoglarning bosqichlari (boshlanishi, borishi, oxiri) bilan bog‘liq janrlarning badiiy-kompozision xususiyatlari, ularni ijro etishning mazmuni, makon va zamon elementlarining o‘xshashligida hamda o‘yin fol`klorining “masxaralama”, “tegishmachoq”, “molchanki”, “tez aytish” kabi janrlarining tipologik mushtarakligida namoyon bo‘lishi aniqlangan;  
rus va o‘zbek xalqlari tomonidan yaratilgan o‘yinlardagi mavzuiy guruhlar, g‘oyaviy-badiiy va badiiy-estetik jihatlar mushtaraklik kasb etishi bilan bir qatorda ikki xalqning urf-odatlari, an’analari, marosimlari, badiiy tasavvurlari va lingvistik xususiyatlari bilan bog‘liq o‘ziga xosliklarga ega ekanligi dalillangan;
rus va o‘zbek bolalar o‘yinlaridagi verbal komponentlarning tarkibiy-syujet xususiyatlari poetik, prozaik, syujet, agonal va og‘zaki jihatlardan kelib chiqqan holda vujudga kelishi jarayonida, asar janriy tabiatini belgilashda tarixiy-fol`kloriy qonuniyatlarning birlamchi,  ularning konseptual motivlari esa ikkilamchi xarakterda ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va o‘zbek xalq bolalar o‘yinlari poetikasini qiyosiy-tipologik o‘rganish jarayonida o‘xshashlik va farqlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida bir necha tadbirlar amalgan oshirildi:
rus va o‘zbek xalq bolalar o‘yinlarida o‘z aksini topgan ijtimoiy-tarixiy, madaniy, geografik, milliy-ma’naviy muhitning xalqning falsafiy-axloqiy, badiiy-estetik qarashlarini shakllantirish ta’siriga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 15 dekabrdagi 17.01/296-son ma’lumotnomasi).  Natijada qoraqalpoq o‘yin fol`klori janrlarining genezisi, tizimi, tuzilmasining boshqa xalqlar (shu jumladan o‘zbek xalqi) millatlar ijodiyoti bilan o‘xshashlikka ega ekanligi, shuningdek, fol`klor obrazlari asosiy tiplarining, ularning bolalar o‘yin fol`kloridagi o‘rni namoyon etildi; o‘yin fol`klorining asosida yotgan badiiy funksiyalar, hayotiy voqe’liklar, milliy udumlar va e’tiqodlar belgilab olindi; xalqning fol`klor motivlariga qadimgi qarashlari, ayniqsa, totemistik, animistik, fetishistik, magiya tasavvurlari aks ettirilib tarixiy-mifologik yo‘nalishda tadqiqotlar ma’lumotlarining boyishiga xizmat qilgan; 
“chorlamalar”, “qur’a tashlash”, “sanamachoq”, “konsovki” kabi agonal dialoglarning bosqichlari (boshlanishi, borishi, oxiri) bilan bog‘liq janrlarning badiiy-kompozision xususiyatlari, ularni ijro etishning mazmuni, makon va zamon elementlarining o‘xshashligida hamda o‘yin fol`klorining “masxaralama”, “tegishmachoq”, “molchanki”, “tez aytish” kabi janrlarining tipologik mushtarakligiga oid bog‘liq ilmiy natijalardan Buxoro davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-002 “Yoshlarda milliy mafkura va ideologik immunitet shakllanishining psixologik mexanizmlari” fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2021 yil 16 dekabrdagi 01-04/01-1318-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni tarbiyalashda bolalar o‘yin fol`klorining roli va badiiy-estetik, milliy va kompozision  vazifalari aniqlanib olingan; 
rus va o‘zbek bolalar o‘yinlaridagi verbal komponentlarning tarkibiy-syujet xususiyatlari poetik, prozaik, syujet, agonal va og‘zaki jihatlardan kelib chiqqan holda vujudga kelishi jarayonida, asar janriy tabiatini belgilashda tarixiy-fol`kloriy qonuniyatlarning birlamchi,  ularning konseptual motivlari esa ikkilamchi xarakterda ekanligi bilan bog‘liq ilmiy natijalardan Buxoro viloyat Buxoro shahridagi “Kelishuv va mehr-shafqat” rus madaniyat markazida Buxoro viloyatining maktab, lisey va kollej o‘qituvchilari uchun 2022 yil 17 yanvarda o‘tkazilgan seminar-trening o‘tkazishda foydalanilgan (Buxoro viloyat “Kelishuv va mehr-shafqat” rus madaniyat markazining 2022 yil 17 yanvardagi 99-son ma’lumotnomasi). Natijada ishtirokchilarga rus va o‘zbek xalqlari bolalar o‘yinli fol`klorining janrli, obrazli va syujet aspektlarda tipologik xususiyatlari yoritilgan  prezentatsiya taqdim etildi. Shuningdek, ular rus va o‘zbek xalq ijodini o‘rganishga yangi yondashuvlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu ikkala xalqlarning fol`klorini o‘rganishda, rus va o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasida innovatsion yondashuvning amalga oshirilishida metodik yordam sifatida xizmat qilgan; 
rus va o‘zbek xalqlari tomonidan yaratilgan o‘yinlarning tematikalari, g‘oyaviy-badiiy va badiiy-estetik jihatlarining mushtaraklik kasb etishi, biroq ikki xalqning urf-odatlari, an’analari, marosimlari, badiiy tasavvurlari va lingvistik xususiyatlari bilan bog‘liq o‘ziga xosliklarga ega ekanligi bilan bog‘liq natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza”, “Diyor” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 24 yanvardagi 1/12-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar davomida televidenie va radioda rus va o‘zbek bolalar o‘yinlarining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari, ijro etilishining xususiyatlari, genezisi va poetikasi, ularning jismoniy sog‘lom va ma’naviy etuk o‘sayotgan yoshlarni tarbiyalashdagi roli va ahamiyati bo‘yicha ilmiy ma’lumotlar taqdim etilgan. Ushbu materiallarning mazmuni o‘tkazilgan teleko‘rsatuvlarning mazmunini boyitishga imkon yaratib ularni ommalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish