Sayt test rejimida ishlamoqda

Absalamova Gulmira Sharifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mishel Monten ijodida “oila tarbiyasi fazilatlari” leksikasining semantik maydoni», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1973.
Ilmiy rahbar: Shadmanov Qurbon Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Abduraxim Abdumutalipovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Mustaeva Guldora Salahiddinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz yozuvchisi Mishel Monten ijodidagi “oila tarbiyasi fazilatlari” leksemalarini ochib berish, ushbu konseptning umumbashariy va milliy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Evropa Uyg‘onish davri gumanisti Mishel Monten asarlarida “oila tarbiyasi fazilatlari” tushunchasini ifodalovchi leksik birliklarning leksik-semantik maydoni fransuz tilining milliy-lisoniy, nominatsion-motivatsion, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi negizida shakllanganligi isbotlangan;
Mishel Monten ijodida “oila tarbiyasi fazilatlari” tushunchasining konsepsiyasi hamda xulq-atvor, sa’y-harakatlarning birligi g‘oyasi bilan bog‘liq leksik birliklar intertekstuallikni hosil qilishda, badiiy matnning estetik ta’sirchanligini oshirish, poetik matnni shakllantirish, ijodkorning sub’ektiv bahosi va munosabatini ko‘rsatish, komil insonni tarbiyalashda muhim omil ekanligi asoslangan;
Mishel Monten ilmiy-ma’naviy merosida farzand tarbiyasi tushunchalari masalasida axloqiy-estetik muammolar echimini topish yo‘lidagi bunyodkorlikka undovchi g‘oyaviy asos millat mentalitetiga xos bo‘lgan mantiqiy, lisoniy, madaniy-axloqiy tafakkurning verballashuv hodisasi ekanligi aniqlangan;
“Les Essais” (“Tajribalar”) asaridagi oila tarbiyasi fazilatlari tushunchasini ifodalovchi “l’enfant” (bola), “la famille” (oila), “éducation” (tarbiya), “vertu” (fazilat) singari leksik birliklarning leksik-semantik  jihatlari neytral va emotsionalligi, kontekstga bog‘liq va bog‘liq emasligida namoyon bo‘lishi, ularning turli matnlar doirasida kontekstual mazmun kasb etishi, turli kontekstlarda ta’riflanishga ehtiyoj sezish va sezmaslik tabiati sabab bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mishel Monten ijodidagi “oila va farzand tarbiyasi” bilan bog‘liq bo‘lgan lisoniy birliklarning qo‘llanilishini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Evropa Uyg‘onish davri gumanisti Mishel Monten asarlarida “oila tarbiyasi fazilatlari” tushunchasini ifodalovchi leksik birliklarning leksik-semantik maydoni bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 1 apreldagi 17.01./105 - son  ma’lumotnomasi). Natijada fransuz tilining milliy-lisoniy, nominatsion-motivatsion, til va nutq madaniyati, milliy mentaliteti, dunyoqarashi, ruhiyati, e’tiqodiy tushunchalari, o‘ziga xos urf-odat va marosimlari, poetik tafakkuri kabi omillar integratsiyasi borasida tavsiyalar shakllantirilgan;
Mishel Monten ijodida oila tarbiyasi fazilatlari tushunchasining konsepsiyasi hamda xulq-atvor, sa’y-harakatlarning birligi g‘oyasi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” xalqaro loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 27 apreldagi 1057/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada oila va farzand tarbiyasi bilan bog‘liq atamalarning shakllanish usullari, ularning semantik maydonda ifodalanishi va lingvokul`turologik xususiyatlari ochib berilgan;
“Les Essais” (“Tajribalar”) asaridagi oila tarbiyasi fazilatlari tushunchasini ifodalovchi “l’enfant” (bola), “la famille” (oila), “éducation” (tarbiya), “vertu” (fazilat) singari leksik birliklarning leksik-semantik  jihatlarining neytral va emotsionalligi, kontekstga bog‘liq va bog‘liq emasligida namoyon bo‘lish, ularning turli matnlar doirasida kontekstual mazmun kasb etishi bilan bog‘liq xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining “Developing the Teaching of European Languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” mavzusidagi Tempus Project 544161 - TEMPUS-1 -2013-1 -UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL xalqaro loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022 yil 27 apreldagi 1056/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda ilm-ma’rifatga asoslangan g‘oyalar, ma’rifiy dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan vazifalarning samaradorligini ta’minlash borasida tavsiyalar shakllantirilgan;
Mishel Monten ilmiy-ma’naviy merosida farzand tarbiyasi tushunchalari masalasida axloqiy-estetik muammolar echimini topish yo‘lidagi bunyodkorlikka undovchi g‘oyaviy asos millat mentalitetiga xos bo‘lgan mantiqiy, lisoniy, madaniy-axloqiy tafakkurning verballashuv hodisasiga doir tadqiqot materiallaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvi ssenariysini hamda “Oila – muqaddas dargoh” radioeshittirishining kun tartibini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 27 apreldagi 01-12/167-son ma’lumotnomasi). Natijada oila tarbiyasi fazilatlari tushunchasining konsepsiyasi hamda farzand tarbiyasida oila muqaddasligi, ota-onaga hurmat, qalb tarbiyasining muhimligi, nafsni jilovlash, me’yorga solish va oilada yaxshi xulq-atvorni shakllantirishga oid umuminsoniy qadriyatlar tushunchalarining ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish