Sayt test rejimida ishlamoqda

Dusmatov Xikmatullo Xaitboevich
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek milliy so‘z o‘yinlarining lingvostilistik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil400.    
Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek milliy so‘z o‘yinlarining lingvostilistik imkoniyatlari, so‘z ustalari nutqining o‘ziga xos uslubiy xususiyatlari, turli uslublarga xoslangan matnlarda so‘z o‘yinlarining ifodalanishi, ularning ko‘rinishlari hamda usul va vositalarini ochib berishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keng qamrovli lingvistik hodisa sanalgan o‘zbek milliy so‘z o‘yinlari badiiy-estetik vazifa yuklatilgan so‘zlarning o‘yin xarakteridagi kombinatsiyalaridan iborat ekanligi, turlicha tushunish, izohlash va talqin qilishga yo‘naltirilgan shakliy va mazmuniy o‘yin sifatida o‘zining ekspressiv-estetik jihatlari bilan tinglovchining e’tiborini o‘ziga jalb qila olishi hamda uning hosil qilinishi inson ruhiy olami, tushunchalari va lingvistik mahorati bilan bevosita bog‘liqligi isbotlangan;
o‘zbek tilida so‘z o‘yinlarining ko‘p qo‘llanishi sababi tilimizning polisemantik tabiati hamda o‘zbek xalqining hazil-mutoyibaga moyil mentalitetiga aloqador ekanligi, shuningdek, o‘zbek tilida polisemantik so‘zlar, omonim, omofon, omograf, paronim birliklarning ko‘pligi, nutq komponentlarining noodatiy sintagmalanishi so‘z o‘yinlari hosil qilishga qulay imkoniyat yaratishi dalillangan;
askiya san’ati o‘zbek milliy so‘z o‘yinlariga asoslangan butunjahon nomoddiy-madaniy merosi sifatida o‘zbek xalqining maishiy turmushidan tortib professional sahna hamda yirik sayllarda taniqli so‘z ustalari tomonidan bellashuv tarzida ijro etilishi bilan dunyo miqyosida o‘ziga xos lingvokul`turologik va umumfilologik qimmatga ega ekanligi, ushbu so‘z san’atining pragmatik, kognitiv va lingvokul`turologik jihatlari xalqaro miqyosda lingvistik ahamiyat kasb etishi, qiziqchi, askiyachi, shoir, yozuvchi, jurnalist, umuman, so‘z ustalarining so‘z o‘yinlaridan foylanish mahorati aniqlangan;
tilning fonetik, morfologik, grafik, so‘z yasalishi va sintaktik-stilistik qonuniyatlaridan noodatiy foydalanishga asoslangan so‘z o‘yinidan reklama matnlarida foydalanishning asosiy sababi mahsulot targ‘ibotining samaradorligini oshirish, bu bilan matnning minimal segmentida maksimal ifodaga erishish, emotsional-ekspressiv jihatdan iste’molchining diqqatini jalb qila olishi isbotlangan;
o‘zbek milliy so‘z o‘yinlari asosan so‘zlashuv, badiiy va ommabop nutq ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishining asosiy sababi ushbu nutq uslublarida so‘zlovchi fikri emotsional-ekspressiv tarzda bayon etilishi, shu bois bunday nutq ko‘rinishida so‘z o‘yinlarining fonostilistik, leksik-stilistik, morfologik hamda sintaktik turlari keng qo‘llanilishi bilan aloqador ekanligi aniqlangan.
III.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
keng qamrovli lingvistik hodisa sanalgan o‘zbek milliy so‘z o‘yinlari badiiy-estetik vazifa yuklatilgan so‘zlarning o‘yin xarakteridagi kombinatsiyalaridan iborat ekanligi, turlicha tushunish, izohlash va talqin qilishga yo‘naltirilgan shakliy va mazmuniy o‘yin sifatida o‘zining ekspressiv-estetik jihatlari bilan tinglovchining e’tiborini o‘ziga jalb qila olishi hamda uning hosil qilinishi inson ruhiy olami, tushunchalari va lingvistik mahorati bilan bevosita bog‘liqligi yuzasidan bildirilgan xulosalar Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida “Ilk va o‘rta asrlar Markaziy Osiyo mintaqasida etnolingvistik vaziyat” mavzusidagi OT-F1-71-raqamli 2017-2021 yillarda bajarilgan fundamental loyihani amalga oshirishda, xususan, loyiha doirasida o‘zbek xalq dostonlari, ertaklari, askiya va lof masalalarini ilmiy izohlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 11 oktyabrdagi 32-32/5737-son ma’lumotnoma). Natijada so‘z o‘yinlariga asoslangan askiya, latifa, lof, qiziqchilik kabi asarlar ilmiy jihatdan yanada boyishiga erishilgan; 
o‘zbek tilida so‘z o‘yinlarining ko‘p qo‘llanishi sababi tilimizning polisemantik tabiati hamda o‘zbek xalqining hazil-mutoyibaga moyil mentalitetiga aloqador ekanligi, shuningdek, o‘zbek tilida polisemantik so‘zlar, omonim, omofon, omograf, paronim birliklarning ko‘pligi, nutq komponentlarining noodatiy sintagmalanishi so‘z o‘yinlari hosil qilishga qulay imkoniyat yaratishiga oid fikr-mulohazalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2021 yillarda bajarilgan OT-F1-030-raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini yaratish nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 11 oktyabrdagi 32-32/5738-son ma’lumotnoma). Natijada fundamental loyiha doirasida ushbu dissertatsiyaning ilmiy xulosalari asosida monografiya mazmunining boyitilgan, ularning nazariy izohi mukammallashgan;
askiya san’ati o‘zbek milliy so‘z o‘yinlariga asoslangan butunjahon nomoddiy-madaniy merosi sifatida o‘zbek xalqining maishiy turmushidan tortib professional sahna hamda yirik sayllarda taniqli so‘z ustalari tomonidan bellashuv tarzida ijro etilishi bilan dunyo miqyosida o‘ziga xos lingvokul`turologik va umumfilologik qimmatga ega ekanligi, ushbu so‘z san’atining pragmatik, kognitiv va lingvokul`turologik jihatlari xalqaro miqyosda lingvistik ahamiyat kasb etishi, qiziqchi, askiyachi, shoir, yozuvchi, jurnalist, umuman, so‘z ustalarining so‘z o‘yinlaridan foylanish mahorati yuzasidan berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazida I-2013 57-raqamli “Ijtimoiy ekologiya muammolari” fundamental loyihasi doirasida tayyorlangan “Ijtimoiy ekologiya muammolari” nomli monografiyani tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2022 yil 2 iyundagi 06-04/3751-son ma’lumotnomasi). Natijada monografiya lisoniy dalillar bilan boyitilgan; 
tilning fonetik, morfologik, grafik, so‘z yasalishi va sintaktik-stilistik qonuniyatlaridan noodatiy foydalanishga asoslangan so‘z o‘yinidan reklama matnlarida foydalanishning asosiy sababi mahsulot targ‘ibotining samaradorligini oshirish, bu bilan matnning minimal segmentida maksimal ifodaga erishish, emotsional-ekspressiv jihatdan iste’molchining diqqatini jalb qila olishi yuzasidan asoslangan nazariy xulosalar, ilmiy natijalar, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2020-2021 yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan monografiya mazmunining boyitilishida joriylangan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022 yil 22 sentyabrdagi 10/1767-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ishlab chiqilgan monografiya mazmuni boyitilgan, nazariy izohlari mukammallashgan; 
o‘zbek milliy so‘z o‘yinlari asosan so‘zlashuv, badiiy va ommabop nutq ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishining asosiy sababi ushbu nutq uslublarida so‘zlovchi fikri emotsional-ekspressiv tarzda bayon etilishi, shu bois bunday nutq ko‘rinishida so‘z o‘yinlarining fonostilistik, leksik-stilistik, morfologik hamda sintaktik turlari keng qo‘llanilishi bilan aloqador ekanligi yuzasidan asoslangan nazariy xulosalar “Uslubshunoslik asoslari” nomli darslikni shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan 233-0423-raqamli ruxsatnomasi). Natijada ushbu darslikning “Askiyachilik san’ati. Qiziqchilik va askiyachilar nutqining uslubiy xususiyatlari”, “Notiqlik san’ati”,  “So‘z o‘yinlari san’ati”, “Nutqning funksional xoslanishi”, “Nutqning jinsiy xoslanishi”, “Nutqning yosh jihatdan xoslanishi”  kabi mavzularini qamragan VI modulining izohlari nazariy va lisoniy dalillar bilan shakllantirilgan;
matn, uning turlari, askiya va qiziqchilik matnlarining o‘ziga xos xususiyatlariga oid tavsiyalardan “Matn tilshunosligi” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan 237-317 raqamli ruxsatnomasi). Natijada mazkur darslikning “Tilshunoslikda matn kategoriyasining o‘rganilishi”, “Badiiy matnni tahlil qilish tamoyillari va usullari”, “Badiiy matnni shakllantiruvchi vositalar”, “Matn va kommunikatsiya”, “Matnning tarkibiy qismlari”, “Matnning antropotsentrik tahlili” kabi mavzularini qamragan maxsus bobi nazariy va lisoniy dalillar bilan boyitilgan;
xalq og‘zaki ijodi namunalarining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, ularni o‘rganishning ahamiyati, xususan,  o‘zbek xalq dostonlari, ertaklari, askiya va lof kabi janrlarda so‘z o‘yinlari badiiy-estetik vazifa yuklatilgan so‘zlarning o‘yin xarakteridagi kombinatsiyalardan iborat ekanligi, turlicha tushunish, izohlash va talqin etishga yo‘naltirilgan va ekspressiv-estetik jihatlari bilan tinglovchining e’tiborini jalb qila olishi hamda uning hosil qilinishi inson ruhiy olami, tushunchalari va mahorati bilan bevosita bog‘liqligi kabi fikrlardan “Jadid adabiyoti tarixi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘iga asosan 538-283 raqamli ruxsatnomasi). Natijada so‘z o‘yinlariga asoslangan askiya, latifa, lof, qiziqchilik kabilarning ilmiy-nazariy jahatlari yanada boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish