Sayt test rejimida ishlamoqda

Ganieva Dildoraxon Azizovna 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli tizimdagi tillarga mansub fe’llarda sinkretizm va polifunksionallik», 10.00.11 – Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fil345. 
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Madjidova Ra’no Urishevna, filologiya fanlari doktori, professor; Xamraeva Xulkar Xamidullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimga mansub tillardagi fe’llarda sinkretizm va polifunksionallik hodisasining namoyon bo‘lishini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi fe’llar misolida sinkretizm hamda polifunksionallik o‘rtasidagi til-nutq, umumiylik-xususiylik, imkoniyat-voqelik, mohiyat-hodisa tushunchalari negizida sinkretizmning til hodisasi ekanligi, nutqda lingvistik birliklarning asosiy va qo‘shimcha funksiyalarini voqelantirishi, bevosita tilning ontologik tabiatiga daxldor ekanligi ochib berilgan; 
polifunksionallik dialektika ta’limotiga ko‘ra lingvistik birliklarning sinkretik tabiati bilan uzviy bog‘liq ekanligi, lisoniy birliklarning sinkretikligi mazmuniy tuzilishga daxldorligi, shakl bilan mazmun o‘rtasidagi asimmetrik munosabatni yuzaga chiqarishi ko‘rsatilib, ularning yondosh lisoniy hodisalar – diskretizm, polisemiya, neytralizatsiya, kontaminatsiya, konversiya, transpozisiya bilan gomogenlik-getoregenlik asosida farqlanishi aniqlangan;  
agglyutinativ va flektiv tillarda polifunksionallikning izomorfizm qonuniyatiga muvofiq fonologik, leksik, grammatik sathlar uchun umumiy belgi sifatida amal qilishi asoslab berilib, morfologik sathda fe’lning zamon, nisbat, mayl shakllari orqali turli tizimdagi tillarga xos funksional belgining agllyutinativ tillarda har qaysi ko‘rsatkich alohida ma’no ifodasiga ega bo‘lishi, flektiv tillarda gap bo‘laklarining ta’siri orqali fe’llarning ma’no va vazifasida o‘zgarishlar kuzatilishi isbotlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi fe’llar misolida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan sinkretik tabiatga ega har qanday lisoniy birlikning nutq jarayonida sintagmatik munosabatlar orqali birlamchi funksiyasi bilan birga, ikkilamchi funksiyalarining voqelanishi, polifunksional xususiyatini namoyon etishi aniqlangan;
definitiv shakllarning leksik ma’no nuqtai nazaridan fe’l doirasidan chiqib ketmasligi, harakat, holat ma’nolarini ifodalashi ko‘rsatilib, bu shakllarning umumiy fe’l so‘z turkumining finit shaklli fe’llar qismiga zidlanuvchi qutbi ekanligi turli tizimdagi fe’llarning otdosh, sifatdosh va ravishdosh funksional shakllari orqali ochib berilgan, fe’l shakllarida sintaktik imkoniyatning namoyon bo‘lishi turlicha ekanligi, ma’noviy hamda sintaktik jihatlar o‘rtasida nomutanosiblik mavjudligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimdagi tillarga mansub fe’llarning sinkretik tabiati, polifunksional xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
definitiv shakllarning leksik ma’no nuqtai nazaridan fe’l doirasidan chiqib ketmasligi, harakat, holat ma’nolarini ifodalashi ko‘rsatilib, bu shakllarning umumiy fe’l so‘z turkumining finit shaklli fe’llar qismiga zidlanuvchi qutbi ekanligi turli tizimdagi fe’llarning otdosh, sifatdosh va ravishdosh funksional shakllari orqali ochib berilgan, fe’l shakllarida sintaktik imkoniyatning namoyon bo‘lishi turlicha ekanligi, ma’noviy hamda sintaktik jihatlar o‘rtasida nomutanosiblik mavjudligiga oid ilmiy nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G006 raqamli “Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari qo‘lyozma nusxalarini tekstologik tahlil qilish, nashrga tayyorlash” (3-jild) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 3 martdagi 17.01/46-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy xalqlar madaniy hayotini o‘zida aks ettiruvchi maqol va naqllar asosida turli tizimdagi tillar, xususan, agglyutinativ tillardan qoraqalpoq tilidagi iboralar, xalq qo‘shiqlari, naql-maqollarda qo‘llanilgan fe’llarning nutq jarayonidagi polifunksional xususiyatlari yoritilgan;
fe’llar misolida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan sinkretik tabiatga ega har qanday lisoniy birlikning nutq jarayonida sintagmatik munosabatlar orqali birlamchi funksiyasi bilan birga, ikkilamchi funksiyalarining voqelanishi, polifunksional xususiyatini namoyon etishiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan FZ-2019081663 raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022 yil 25 fevraldagi 1/04-09-son ma’lumotnomasi). Natijada harakat va holat ifodalovchi fe’llar, ularning vazifadosh shakllari, bu birliklarning sinkretik tabiati va nutq jarayonida voqelanishi, ko‘makchi fe’l hamda modal fe’llarga xos uslubiy-semantik xususiyatlarni namoyon etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga, “Xorazm raqs harakatlari nomlarining izohli lug‘ati”ni yaratishda polifunksional xususiyatga ega bo‘lgan nomlovchi birliklarning semantik belgilarini ochishga erishilgan;
 agglyutinativ va flektiv tillarda polifunksionallikning izomorfizm qonuniyatiga muvofiq fonologik, leksik, grammatik sathlar uchun umumiy belgi sifatida amal qilishi xususidagi natijalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 28 iyuldagi 01/4-2328-son ma’lumotnomasi). Natijada inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasvirida fe’l turkumiga oid so‘zlarning ishlatilishi, o‘zbek va ingliz tillaridagi bunday so‘zlarning polifunksional xususiyatlari, fe’lning funksional shakllaridan inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasvirida foydalanishini ko‘rsatib berishga erishilgan;
morfologik sathda fe’lning zamon, nisbat, mayl shakllari orqali turli tizimdagi tillarga xos funksional belgining agllyutinativ tillarda har qaysi ko‘rsatkich alohida ma’no ifodasiga ega bo‘lishi, flektiv tillarda gap bo‘laklarining ta’siri orqali fe’llarning ma’no va vazifasida o‘zgarishlar kuzatilishiga oid xulosalardan Erasmus+ dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPKA2-CBHE-JP: "Development of the interdisciplinary  master rrogram on  Computational  Linguistics  at Central  Asian universities” mavzusidagi grant loyihasida foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2022 yil 22 sentyabrdagi 06-211/50-son ma’lumotnomasi). Natijada turli tizimdagi tillarga mansub fe’llardagi sinkretiklik va polifunksionallik xususiyatlari, agglyutinativ va flektiv tillarga xos farqli jihatlar o‘zbek va ingliz tillaridagi misollar bilan boyitilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi fe’llar misolida sinkretizm hamda polifunksionallik o‘rtasidagi til-nutq, umumiylik-xususiylik, imkoniyat-voqelik, mohiyat-hodisa tushunchalari negizida sinkretizmning til hodisasi ekanligi, nutqda lingvistik birliklarning asosiy va qo‘shimcha funksiyalarini voqelantirishi, bevosita tilning ontologik tabiatiga daxldor ekanligiga doir ilmiy xulosalardan 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universitetining “EMI (English as a Medium of Instruction)” mavzusidagi xalqaro loyihasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022 yil 28 sentyabrdagi 01-3568-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi fe’llarning funksional va uslubiy xususiyatlari, fe’l shakllarining nutq jarayonida turlicha namoyon bo‘lishi, modal va yordamchi fe’llarning polifunksional jihatlarining muloqot jarayonidagi o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
turli tizimga mansub tillardagi modal fe’llar, ko‘makchi, to‘liqsiz hamda yordamchi fe’llarning sinkretik tabiati va polifunksional voqelanishi uzviy bog‘liqligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston” teleradiokanalining 2022 yil 9 martdagi  02\04-19-22-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar tinglovchilarning turli tizimga mansub tillarga xos so‘z boyligini oshirishda, ularni o‘rinli qo‘llanilishini ta’minlashda xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish