O‘razmatov Nasibjon Nazirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida g‘o‘za navlari hosildorligiga agrotexnologiya elementlarining ta’siri», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx86.

Ilmiy rahbar: Xalikov Bahodir Meylikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Tellyaev Rixsivoy Shomaxamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Niyazaliev Begali Irisolievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy hamda takroriy ekin soyadan keyin ekilgan «Andijon-36» va «Sulton» g‘o‘za navlarini parvarishlashda maqbul ko‘chat qalinligi, ma’dan o‘g‘itlar me’yori va sug‘orish tartiblarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘tloqi soz tuproqlar sharoitida intensiv navbatlab ekishning 1:1 tizimida kuzgi bug‘doy va takroriy ekin soyadan keyin «Andijon-36» va «Sulton» g‘o‘za navlarini parvarishlash agrotexnologiyasi elementlari takomillashtirilgan;

kuzgi bug‘doy va takroriy ekilgan soya tuproqning agrofizikaviy, suv-fizik hamda agrokimyoviy xossalariga ta’siri va keyingi yil g‘o‘zani parvarishlashda azotli o‘g‘itlar tejash imkoniyati aniqlangan;

g‘o‘zaning «Andijon-36» va «Sulton» navlarini parvarishlashda maqbul ko‘chat qalinligi, ma’dan o‘g‘itlarni qo‘llash me’yori, sug‘orish tartiblari hamda hosildorligi o‘tloqi soz tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin soya ekilgan maydonlardagi holati aniqlangan;

kuzgi bug‘doy va takroriy ekin soya ekilgan maydonlarda g‘o‘za navlarini vilt kasalligi bilan zararlanishi, qo‘llanilgan agrotexnologiyalar asosida kasallikka chidamliligi oshishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘tloqi soz tuproqlar sharoitida tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishda agrotexnologiya elementlarining maqbul me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

g‘o‘zani parvarishlashda agrotexnologiya elementlarini takomillashtirish bo‘yicha «Farg‘ona viloyati sharoitida yangi va istiqbolli g‘o‘za navlarini etishtirish agrotexnologiyasi elementlari» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 yanardagi 07/20-91-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomani amaliyotga qo‘llash natijasida g‘o‘za navlaridan gektaridan 3-4 sentner qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;

qisqa rotatsiyali almashlab ekishning g‘alla:soya:g‘o‘za tizimida g‘o‘zaning «Andijon-36» navini kuzgi bug‘doy va takroriy ekin soyadan keyin etishtirish agrotexnologiyasi Farg‘ona viloyatining Buvayda va Bog‘dod tumanlari fermer xo‘jaliklarida jami 900 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 yanardagi 07/20-91-son ma’lumotnomasi). G‘o‘zani «Andijon-36» navini etishtirishda gektariga 90-95 ming tup/ga ko‘chat qoldirib, mineral o‘g‘itlarni N-150, P-105, K-75 kg/ga me’yorda, qo‘llash va sug‘orishni 0-3-1 tartibda olib borish natijasida rentabellik darajasi 18 foizni tashkil etgan;

Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlar sharoitida g‘o‘zani «Sulton» g‘o‘za navidan yuqori va sifatli hosil olish agrotexnologiyalari 2010-2012 yillarda Quva, Toshloq va Rishton tumanlarida jami 3,1 ming gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 24 yanardagi 07/20-91-son ma’lumotnomasi). Bunda g‘o‘za navlarini gektariga 90-95 ming tup ko‘chat qoldirib, mineral o‘g‘itlarni N-150, P-105, K-75 kg/ga me’yorda, sug‘orishni  1-3-1 tartibda olib borilishi natijasida rentabellik darajasi 21 foizga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish