Sayt test rejimida ishlamoqda

Haydarova Gulhayo Ahmadalievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr o‘zbek g‘azalchiligida Alisher Navoiy an’analari va o‘ziga xosliklar” 10.00.02. – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil.544.
Ilmiy rahbar: Sabirdinov Akbar G‘afurovich, filologiya fanlari doktori, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona  davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Hasanov Shavkat Ahadovich,  filologiya fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrda yaratilgan o‘zbek g‘azallarining  adabiyotshunoslikda tutgan o‘rni va ahamiyatini belgilash, mumtoz adabiy an’analar, xususan, Alisher Navoiy g‘azaliyotining Sobir Abdulla, Charxiy va Habibiy asarlariga ta’siri hamda uslublaridagi o‘ziga xoslikni badiiy-estetik, qiyosiy-tipologik jihatdan baholashdan iborat. 
Sh.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotshunosligida Alisher Navoiyning devon tuzish, debocha yaratish, g‘azallarni sarlavhalash hamda ularga tartib berish an’analarining Sobir Abdulla, Charxiy, Habibiy g‘azaliyotiga ko‘rsatgan shakliy, ma’noviy va uslubiy ta’siri, ushbu ijodkorlarning devonga g‘azal joylashtirish, uni nomlashda yangilik yaratish jihatlarini ta’minlashdagi an’anaviy mezonlar isbotlangan; 
Alisher Navoiy asarlari mavzu ko‘lami va obrazlar talqini, poetik xususiyatlarining XX asr o‘zbek g‘azaliyoti taraqqiyotidagi ijodkor badiiy mahoratiga ta’siri masalalari ochib berilgan; 
yangi davr o‘zbek g‘azaliyotidagi muxammas va tatabbu g‘azallar mazmuni, shakli bilan bog‘liq jihatlarining Alisher Navoiy g‘azallariga qiyosi, rivojlanishi hamda taraqqiyot bosqichlarini aniqlashdagi ahamiyati Sobir Abdulla, Charxiy, Habibiy asarlari misolida asoslangan; 
Sobir Abdulla, Charxiy, Habibiy g‘azallari poetikasi, badiiy san’atlar, qofiya, radif va vazn masalalari Alisher Navoiy asarlari bilan qiyoslanganda an’anaviy tazod, husni ta’lil, tardu aks, talmeh kabi badiiy san’atlar, nisbatan kam qo‘llaniluvchi komil va mujtass vaznlari, musajja, muvashshah, tajnisi mukarrar kabi qofiya san’atlarining takomili va radiflardagi o‘ziga xosliklar aniqlangan.   
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr o‘zbek g‘azaliyotida Alisher Navoiy an’analari va o‘ziga xosliklar mavzusida olib borilgan mazkur tadqiqot natijalari asosida:
Sobir Abdulla, Charxiy, Habibiy g‘azallari poetikasi, badiiy san’atlar, qofiya, radif va vazn masalalari Alisher Navoiy asarlari bilan qiyoslanganda an’anaviy tazod, husni ta’lil, tardu aks, talmeh kabi badiiy san’atlar, nisbatan kam qo‘llaniluvchi komil va mujtass vaznlari, musajja, muvashshah, tajnisi mukarrar kabi qofiya san’atlarining takomili va radiflardagi o‘ziga xosliklarga oid muhim xulosa va natijalar, ularni aniqlashga oid amaliy tavsiyalardan O‘zbekistan Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyiha ishini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekistan Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 30 sentyabrdagi 373/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishi natijalari she’riy san’atlarga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan;
o‘zbek adabiyotshunosligida Alisher Navoiyning devon tuzish, debocha yaratish, g‘azallarni sarlavhalash hamda ularga tartib berish an’analarining Sobir Abdulla, Charxiy, Habibiy g‘azaliyotiga ko‘rsatgan shakliy, ma’noviy va uslubiy ta’siri, ushbu ijodkorlarning devonga g‘azal joylashtirish, uni nomlashda yangilik yaratish jihatlarini ta’minlashdagi an’anaviy mezonlarga oid ilmiy-nazariy qarashlar “Jadid adabiyoti tarixi” nomli darslik yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-sonli buyrug‘iga asosan 538-283-raqamli ruxsatnoma). Natijada darslikning she’riy asarda an’ana va yangilanishga oid bob va qismlari ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
Alisher Navoiy asarlari mavzu ko‘lami va obrazlar talqini, poetik xususiyatlarining XX asr o‘zbek g‘azaliyoti taraqqiyotidagi ijodkor badiiy mahoratiga ta’siri masalalari xususidagi xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUK qoshidagi “O’zbekiston tarixi” telekanalida “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysi, shuningdek, “O’zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan va “G‘azal bo‘stoni”, “Adabiy jarayon” eshittirishlari ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” DUK qoshidagi “O’zbekiston tarixi” telekanalining 04-36-958-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur kursatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga, muxlislarning ma’naviy-axloqiy, badiiy-estetik bilimlarini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish