Avezmuratova Zebo Allayarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tapbiya nazapiyaci va metodikaci (astronomiya) (pedagogika fanlapi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1324.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Qahhor Shonazarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Kamolov Ixtiyor Ramazonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya fanini o‘qitish jarayonini ochiq osmonda innovatsion texnologiyalar asosida amaliy va astronomik kuzatishlar olib borish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya fanini amaliy kuzatuvchanlik, sinergetik moslashuvchanlik kabi yondashuvlar asosida o‘qitish samaradorligini oshirish, vizual ko‘rish muhitida yangi nazariyalar yaratish, o‘quvchilarni o‘tilgan materiallarni to‘la o‘zlashtirish ko‘nikmalarini dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanib shakllantirishda fazoviy tasavvur qilish orqali intellektni rivojlantirish aniqlashtirilgan;
11-sinf astronomiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish va o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonida o‘quvchilarni kuzatish va tafakkur qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan evristik, reproduktiv, kognitiv topshiriqlar ishlab chiqilib, shaxsiy intuisiya va kuzatish maydoni orqali astronomiya fanini o‘qitish metodikasi “Stellarium” dasturidan foydalanib takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar o‘zlashtirishlari qiyin bo‘lgan mavzularni astronomiya faniga oid ilmiy asarlardan foydalanib o‘quv jarayonini amalga oshirish modeli gorizont, ekvatorial, ekliptika, meridian tekisliklari va quyosh sistemasidagi sayyoralarning konfiguratsiyalarini aniqlashni dasturiy ta’lim vositalari yordamida astronomik kuzatish mashg‘ulotlarini tashkil etish orqali takomillashtirilgan;
astronomiya fanini o‘qitishda (sayyoralarning zoodiak yulduz turkumlari bo‘yicha siljib borishi, quyosh atrofida aylanish davrlari, ro‘para turishi, yoritkichlarning kulminatsiyasi, quyosh va oy tutilishlarini) real vaziyat modellaridek imitatsiyalashning qiymat-semantik usullari orqali o‘quvchilarning sanogen tafakkuri, refleksiv va operatsion ko‘nikmalarini rivojlantirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya fanini (amaliy kuzatuvchanlik, sinergetik moslashuvchanlik) yondashuvlar asosida o‘qitish samaradorligini oshirish, vizual ko‘rish muhitida yangi nazariyalar yaratish, o‘quvchilarni o‘tilgan materiallarni to‘la o‘zlashtirish ko‘nikmalarini dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanib shakllantirishda fazoviy tasavvur qilish orqali intellektni rivojlantirishga doir tavsiyalar “Astronomiya fanidan innovatsion texnologiyalar asosida amaliy kuzatishlarni tashkil qilish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 11 noyabrdagi 01/11-01/9-1740-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarga astronomiya fanini o‘qitishda bilim berishning samarali usul, shakl va vositalarini aniqlash va o‘qitish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
11-sinf astronomiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish va o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonida o‘quvchilarni kuzatish va tafakkur qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan evristik, reproduktiv, kognitiv topshiriqlar ishlab chiqilib, shaxsiy intuisiya va kuzatish maydoni orqali astronomiya fanini o‘qitish metodikasi “Stellarium” dasturidan foydalanish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlardan Buxoro muhandislik-texnologiya institutining AIF-2/20 raqamli “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2022 yy.) mavzusidagi grant loyihasini “Talabalarning mustaqil ta’limini samarali tashkil etishga qaratilgan innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2022 yil 2 noyabrdagi 02/01-86-2031-son ma’lumotnomasi). Natijada, 11-sinf astronomiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarni o‘rganish ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir ilmiy manbalarni tahlil qilish asosida o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kuzatish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar o‘zlashtirishlari qiyin bo‘lgan mavzularni (Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Mirzo Ulug‘beklarning) ilmiy asarlaridan foydalanib o‘quv jarayonini amalga oshirish modeli gorizont, ekvatorial, ekliptika, meridian tekisliklari va quyosh sistemasidagi sayyoralarning konfiguratsiyalarini aniqlashni dasturiy ta’lim vositalari yordamida astronomik kuzatish mashg‘ulotlarini tashkil etish orqali takomillashtirishga oid nazariyalardan 2022 yil 4 sentyabr kuni Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosida nishonlanishi munosabati bilan Xorazm TV telekanalining “Assalom, Xorazm” dasturini ishlab chiqishda fodalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 18 oktyabrdagi 2089-son ma’lumotnomasi). Natijada, astronomiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarni o‘rganish ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir ilmiy manbalarni tahlil qilish asosida o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kuzatish va fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilgan.