Qurbonov G‘ulomjon G‘afurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini raqamli ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirish (Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti ta’lim yo‘nalishi misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3811.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Rasulov To‘lqin Husenovich, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Lutfillaev Mahmud Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Chorshanbiev Zafar Esonpo‘latovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti ta’lim yo‘nalishi talabalarini raqamli ta’lim texnologiyalar va dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Sonli usullar” va “Matematik tizimlarda sonli usullar” fanlarini (virtual intelektual borliq, masofadan o‘qitish, ta’limni boshqarish tizimlari) raqamli ta’lim texnologiyalari asosida kreativ savodxonlik madaniyati, tanqidiy fikrlashga oid axborot kommunikatsion kompetensiyalarini rivojlantirishning ergonomik ko‘rsatkichlaridan foydalanish orqali metodik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
sun’iy intellektga asoslangan virtual aloqani ommalashtirish aspektlariga qaratilgan bulutli texnologiyalardan foydalanishning integrativ ta’sirida talabalarning bilishga bo‘lgan intuisiyasini liberallik tamoyili orqali rivojlantirishda mobil` ta’lim uchun “Android” tizimida ishlovchi ilovalardan foydalanib, intuitiv-vizual dasturlash muhitini ta’lim jarayoniga adaptatsiyasini yuzaga keltirish vositasi sifatida “Cloud” texnologiyasi qo‘llanilib, “Rrezi” bilimlari rivojlantirilishi asoslangan;
talabalarning dars va darsdan tashqari ta’lim jarayonida foydalanuvchi interfeysini yaratuvchi kvalimetrik parametrlarning prognostik xususiyatlarini mobil dastur, manipulyativ, imperativ, ludomaniya, motivatsiyani vujudga keltirish, mantiqiy fikrlashning sun’iy intellektga asoslangan raqamli texnologiyalariga ustuvorlik berish orqali pedagogik faoliyat modeli innovatsion ta’lim metodlarining pozision imkoniyatlari va dinamik harakatlar tizimi asosida mazmunan takomillashtirilgan;
talabalarning kognitiv kompetensiyalari infratuzilmasini shakllantirishda dasturiy vositalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga oid motivatsion, kognitiv, maqsadli fikrlashga xizmat qiluvchi kreativlik darajasini baholash ko‘rsatkichlari mobillik, muloqotchanlik, axborotlilik, o‘z-o‘zini rivojlantirishga asoslangan taqqoslash hamda strategik prognozlash tamoyillaridan foydalanish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti ta’lim yo‘nalishlari talabalarini raqamli ta’lim muhitida o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Sonli usullar” va “Matematik tizimlarda sonli usullar” fanlarini (virtual intelektual borliq, masofadan o‘qitish, ta’limni boshqarish tizimlari) raqamli ta’lim texnologiyalari asosida kreativ savodxonlik madaniyati, tanqidiy fikrlashga oid axborot kommunikatsion kompetensiyalarini rivojlantirishning ergonomik ko‘rsatkichlaridan foydalanishning metodik imkoniyatlariga oid xulosalar “Chiziqli algebra va analitik geometriyadan masalalar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0207 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarni kreativ savodxonlik madaniyati, tanqidiy fikrlashga oid axborot kommunikatsion kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
sun’iy intellektga asoslangan virtual aloqani ommalashtirish aspektlariga qaratilgan bulutli texnologiyalardan foydalanishning integrativ ta’sirida talabalarning bilishga bo‘lgan intuisiyasini liberallik tamoyili orqali rivojlantirishda mobil` ta’lim uchun “Android” tizimida ishlovchi ilovalardan foydalanib, intuitiv-vizual dasturlash muhitini ta’lim jarayoniga adaptatsiyasini yuzaga keltirish vositasi sifatida “Cloud” texnologiyasi qo‘llanilib, “Rrezi” bilimlari rivojlantirish bo‘yicha takliflardan Buxoro muhandislik-texnologiya institutining AIF-2/20 “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2021 yy.) mavzusidagi grant loyihasini “Umumkasbiy fanlardan elektron darsliklar tayyorlash va amaliyotga joriy etish” qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 2022 yil 27 sentyabrdagi 02/02-84-877-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning bilishga bo‘lgan intuisiyasini liberallik tamoyili orqali rivojlantirishga erishilgan;
talabalarning dars va darsdan tashqari ta’lim jarayonida foydalanuvchi interfeysini yaratuvchi kvalimetrik parametrlarning prognostik xususiyatlarini mobil dastur, manipulyativ, imperativ, ludomaniya, motivatsiyani vujudga keltirish, mantiqiy fikrlashning sun’iy intellektga asoslangan raqamli texnologiyalariga ustuvorlik berish orqali pedagogik faoliyat modeli, innovatsion ta’lim metodlarining pozision imkoniyatlari va dinamik harakatlariga oid takliflar “Analitik geometriyadan misol va masalalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘i, 356/7-001 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalarning dasturiy ta’minot asosida axborot bilan ishlash, kvalimetrik parametrlarning prognostik xususiyatlari hamda metodik ta’minot sifatida ludomaniya va dinamik harakatlarga oid ko‘nikmasi rivojlantirilgan;
talabalarning kognitiv kompetensiyalari infratuzilmasini shakllantirishda dasturiy vositalarni ta’lim jarayoniga amaliy tatbiq etishga oid motivatsion, kognitiv, maqsadli fikrlashga xizmat qiluvchi kreativlik darajasini baholash ko‘rsatkichlari mobillik, muloqotchanlik, axborotlilik, o‘z-o‘zini rivojlantirishga asoslangan taqqoslash hamda strategik prognozlash tamoyillaridan foydalanishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar 5330100 – Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 16 sentyabrdagi 02/01-01-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, motivatsion, kognitiv, muloqotchanlik, axborotlilik, o‘z-o‘zini rivojlantirishga asoslangan taqqoslash hamda strategik prognozlash tamoyillari ta’lim jarayoniga amaliy tatbiq etilib, umumkasbiy fanlarni o‘qitish metodikasini rivojlantirishga erishilgan.