Saidnazarov Ulug‘bek Axmedjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy madaniyatning ijtimoiy va falsafiy-antropologik xususiyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal696.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Salomova Xakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Djo‘raqulov Xusan Anvarovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy madaniyatning ijtimoiy va falsafiy antropologik xususiyatlarini ochib berish va jismonan barkamol avlodni shakllantirishdagi ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jismoniy madaniyatning sivilizatsiyaviy voqelik sifatidagi genezisi, alohida universal fenomen sifatida shakllanganligi, jamiyat va inson hayotida milliy qadriyatlarni tiklash, qiziqish, qobiliyat va o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon qilish, sog‘lom turmush tarzini joriy etishi hamda aholi salomatligini tiklashda funksional o‘ringa egaligi ochib berilgan;
jismoniy madaniyatning inson organizmi filogenetik va fiziologik rivojlanishi bosqichlariga muvofiq kelishi, salomatlik, sog‘lom turmush tarzi, tetiklik, chaqqonlik va ijtimoiy faollik bilan kreativ faollik, ni umumijtimoiy talablarga muvofiq kelishi, ratsional asosga ega ekanligi, tarbiyaviy, ma’rifiy, kommunikativ vazifalarni bajaruvchi faoliyat ekanligiga ko‘ra o‘zaro dialektik aloqadorligi falsafiy-antropologik asoslangan;
jismoniy madaniyatning shaxs organizmining rivojlanish bosqichlari, jismoniy mashqlarni ratsional tashkil etish, uning ta’sirini antropometrik o‘lchash kabi uzluksizlik tamoyillari aniqlanib, uning inson takomili, salomatlik fenomeni kabi tibbiy va etnotibbiy, inson organizmining jismoniy xatti-harakatlarga, tashqi kuchlar ta’siriga va jismoniy yukka munosabatlari kabi filogenetik va fiziologik, teologik, valeologik, psixologik va ma’rifatni yuksaltirish kabi ijtimoiy-tarbiyaviy asoslari ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasiga muvofiq milliy, xalqchil sport tizimini yaratish tajribalari ochib berilib, inson va jamiyat jismoniy madaniyatini yuksaltirishni modellashtirish va loyihalashtirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy madaniyatning ijtimoiy va falsafiy antropologik xususiyatlarini, shuningdek, barkamol avlodni shakllantirishdagi ahamiyatini ilmiy-falsafiy tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
jismoniy madaniyatning sivilizatsiyaviy voqelik sifatidagi genezisi, alohida universal fenomen sifatida shakllanganligi, jamiyat va inson hayotida milliy qadriyatlarni tiklash, qiziqish, qobiliyat va o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon qilish, sog‘lom turmush tarzini joriy etishi hamda aholi salomatligini tiklashda funksional o‘ringa egaligiga oid ilmiy yangilik va takliflardan “Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi” va Urganch davlat universiteti hamkorligida bajarilgan 03-/001-son “Sog‘lom oila sog‘lom jamiyat” (2021 y) grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2022 yil 20 iyundagi 04-135/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy madaniyat, jamiyat va shaxsning ijtimoiy faol sub’ektlar sifatida shakllanishiga, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga mutasaddi fuqarolik institutlari faoliyatini tashkil qilish va boshqarish tizimini takomillashtirish, aholining jismoniy madaniyatini yuksalishiga erishishga xizmat qilgan;
jismoniy madaniyatning inson organizmi filogenetik va fiziologik rivojlanishi bosqichlariga muvofiq kelishi, salomatlik, sog‘lom turmush tarzi, tetiklik, chaqqonlik va ijtimoiy faollik bilan kreativ faollik, ni umumijtimoiy talablarga muvofiq kelishi, ratsional asosga ega ekanligi, tarbiyaviy, ma’rifiy, kommunikativ vazifalarni bajaruvchi faoliyat ekanligiga ko‘ra o‘zaro dialektik aloqadorligiga doir nazariy umulashmalar va xulosalardan “Sport va xarakatli o‘yinlar o‘qitish uslubiyoti” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25 dekabrdagi 538-son buyrug‘i va 538-018-son nashr guvohnomasi). Natijada, talaba-yoshlarni mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida tashkil etilgan jismoniy madaniyat va faoliyat yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bilimlarini boyitishga, o‘quv vo‘llanmaning mazmunan yangilanishi va takomillashuviga xizmat qilgan;
jismoniy madaniyatning shaxs organizmining rivojlanish bosqichlari, jismoniy mashqlarni ratsional tashkil etish, uning ta’sirini antropometrik o‘lchash kabi uzluksizlik tamoyillari aniqlanib, uning inson takomili, salomatlik fenomeni kabi tibbiy va etnotibbiy, inson organizmining jismoniy xatti-harakatlarga, tashqi kuchlar ta’siriga va jismoniy yukka munosabatlari kabi filogenetik va fiziologik, teologik, valeologik, psixologik va ma’rifatni yuksaltirish kabi ijtimoiy-tarbiyaviy asoslariga doir ilmiy yangilik va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasi 4.54. “Xonadon gigienasini besh yulduzli mezon asosida baholash” platformasini hamda o‘z gigienasini baholashiga qarab hududiy xaritani yaratishda, 4.60. Keksalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sport bilan doimiy shug‘ullanishini tashkil qilish maqsadida ommaviy piyoda yurish tadbirlarini tashkil qilishda, 4.69. Sport sohasida respublika va xalqaro maydonlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan faxriy chempionlar, sportchi-polvonlarning yoshlar bilan mahallalarda “Unutilmas chempionlar”, “Faxriy polvonlar” mavzuidagi uchrashuvlar hamda musobaqalarni tashkil etish bandlarini ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 10 iyundagi 04-02/145-son ma’lumotnomaci). Natijada, mamlakatimiz va hududlarning ijtimoiy, ma’naviy-madaniy rivojlanish bilan bog‘liq davlat, sohaga oid va hududiy dasturlarini, davlat va jamiyat qurilishini isloh qilish va modernizatsiya qilish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish ishlarini yanada takomillashtirishga hamda yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasiga muvofiq milliy, xalqchil sport tizimini yaratish tajribalari ochib berilib, inson va jamiyat jismoniy madaniyatini yuksaltirishni modellashtirish va loyihalashtirishga doir ilmiy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati faoliyatida, 2021-2022 yillarda efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. “O‘zbekiston” teliradikanali “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va tarqqiyot” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 2 iyundagi 04-36-792-son ma’lumotnomaci). Natijada, fuqarolarning sog‘lom turmush tarzi va madaniyati, jismonan hayot tarzini rivojlanishi, mamlakatimizning ma’naviy-madaniy hayotni modernizatsiya qilish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish ishlarini yanada takomillashtirishga hamda yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish