Xalmuratov Baxtiyor Rejavalievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek xalqi an’anaviy turmush tarzida shomonlik e’tiqodi”, 07.00.07–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: V.2017.1.PhD/Tar66.

Ilmiy rahbar: Ashirov Adhamjon Azimbaevich, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018.Tar.56.01.

Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Salimov Tursun Usarovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tarixiy-etnografik materiallar asosida Farg‘ona vodiysi o‘zbeklarning an’anaviy turmush tarzidagi shomonlik e’tiqodi bilan bog‘liq urf-odatlarni etnologik yo‘nalishda o‘rganishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

“umumiylik” va “o‘ziga xoslik” qiyosiy kategoriyalar kontekstida shomonlik bilan bog‘liq e’tiqodiy tasavvurlarning paydo bo‘lish tarixi, shakllanishi, evolyusiyasiga oid qarashlarning ilmiy-metodologik asoslari ochib berilgan;

shomonlik e’tiqodi o‘zbek xalqi kundalik va marosimiy hayotida tarixiy-madaniy ko‘rinish tarzda namoyon bo‘lishi etnografik ma’lumotlar asosida aniqlangan;

Farg‘ona vodiysida yashovchi turli etnoslar an’anaviy turmush tarzidagi shomonlik e’tiqodi bilan bog‘liq madaniy xususiyatlar genetik-komparativ (qiyosiy) tahlili asosida ushbu e’tiqod bilan bog‘liq marosimlar o‘tkazilish muddati, ekstaz holati va marosim atributlariga ko‘ra farqlanishi ilmiy asoslab berilgan;

shomonlik e’tiqodi ijtimoiy ko‘rinish tarzida mahalliy etnoslar hayotiga sinkretlashuvi kategorial munosabatda barqaror tabiatga egaligi va o‘zbek xalqining kundalik hamda marosimiy hayotini ma’lum qismini tashkil etishi etnografik materiallar asosida aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek xalqi an’anaviy turmush tarzida shomonlik e’tiqodi yuzasidanishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

o‘zbek xalqi kundalik va marosimiy hayotida tarixiy-madaniy ko‘rinish tarzda namoyon bo‘lishi to‘g‘risidagi etnografik ma’lumotlardan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi bilan hamkorlikda mazkur markazning 2017 yilgi rejasi, “Buyuk allomalarimiz qoldirgan ilmiy meros asosida ma’naviy qadriyatlar, urf-odatlarimiz hamda milliy tarbiyamiz an’analarini keng targ‘ib qilish” bandi, II bobi 2-bandi “Boy tarixiy merosimizning dunyo miqyosidagi targ‘ibotini kuchaytirish, samaradorligini oshirish maqsadida tarixiy obidalarimizni tanishtiruvchi ma’lumotlarni o‘rganish va takomillashtirish”, 7-bandi “Tarix va hozirgi zamon”, “An’ana – qadriyat – urf-odat” loyihalari ijrosini ta’minlashda foydalanildi (Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining 2017 yil 22 dekabrdagi 02/09-1301-son ma’lumotnomasi). Bu mamlakatimiz aholisi, xususan, yoshlar kundalik hayot tarzida milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashuvi jarayonlarini ilmiy asosda o‘rganishda, ularning  dunyoqarashi va tafakkurida inson, jamiyat, tarixiy an’ana, marosimlarni zamonaviy ko‘rinishlari haqidagi falsafiy qarashlarni shakllantirishda amaliy ahamiyat kasb etgan;

Farg‘ona vodiysi etnoslarining an’anaviy e’tiqodiy qarashlari, mintaqada xalq tabobati bilan bog‘liq, marosimlarni o‘tkazilish tartibi, muddati va marosimiy davolash atributlari bilan bog‘liq xulosalarda Respublika “Sharq tabobati” markazi bilan hamkorlikda Namangan viloyatidagi tabiblar faoliyatiga doir yo‘riqnoma va dasturlar tayyorlashda foydalanilgan (Respublika “Sharq tabobati” markazining 2017 yil 4 dekabrdagi 40-son dalolatnomasi). Bu xalq tabobati va milliy an’analarni o‘zaro uyg‘unlashgan holda o‘rganish, xalq tabobatining an’anaviy ko‘rinishlari hamda zamonaviy holatiga oid ilmiy nashrlar tayyorlashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish