Jamolov Davronbek Baxtiyor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida milliy madaniyatni rivojlantirish muammolari” (ijtimoiy-falsafiy aspekt). 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal513.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Shermanov Isobek Chilmamatovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv davrida milliy madaniyatidagi transformatsion o‘zgarishlar hamda milliy madaniyatni rivojlantirish muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek milliy madaniyatining insonparvarlik va jamoaviylik ustuvorligi, barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, diniylik va dunyoviylik, milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligi bilan bog‘liq xususiyatlari bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash, bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, fuqarolararo hamjihatlikni ta’minlash omili ekanligi sababli uning ma’rifiy, qadrlash, muvofiqlashtirish, vorisiylik, kommunikativ, ijtimoiylashtirish funksiyalarini takomillashtirayotgani ochib berilgan;
madaniy jarayonlarga doir argumentlardagi umumiylik va qonuniylikni aniqlash orqali madaniy globallashuv ta’sirida o‘zbek tili leksik tarkibi kengaygani, o‘zbek adabiyoti yangi tendensiyalar bilan boyigani, o‘zbek milliy san’atida yangi g‘oyaviy yo‘nalishlar paydo bo‘lgani, milliy an’analar universalizatsiyasi yuz bergani, milliy qadriyatlar ijtimoiy mavqei zaiflashgani, madaniy merosni asrash texnologiyasi zamonaviylashgani, milliy tarbiya liberallashgani falsafiy jihatdan isbotlangan;
globallashuv sharoitida o‘zbek milliy madaniyatidagi insonparvarlik va jamoaviylik, milliylik va umuminsoniylik hamohangligi xususiyatlari milliy an’ana, qadriyatlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashda, milliy tarbiya samaradorligini oshirishda hamda shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar uyg‘unlashtirishga yo‘naltirishi sababli milliy til, adabiyot va san’atdagi milliylik elementlari hajmiga, milliy qadriyatlar ijtimoiy mavqeiga proporsionalligi asoslangan;
globallashuv sharoitida ijtimoiy tarbiyadagi barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, diniylik va dunyoviylik uyg‘unligi tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, kommunikatsion, aksiologik va ratsional omillar ta’sirida shakllanishiga ko‘ra axloqiy, huquqiy, siyosiy, vatanparvarlik, mehnat va estetik tarbiyadagi milliy pozisiyalar salmog‘iga mutanosibligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv tendensiyasi ta’sirida o‘zbek milliy madaniyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni, uning o‘ziga xosligini asrash va rivojlantirish yo‘llapini aniqlash orqali olingan ilmiy natijalar asosida: 
o‘zbek milliy madaniyatining insonparvarlik va jamoaviylik ustuvorligi, barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, diniylik va dunyoviylik, milliylik va umuminsoniylik uyg‘unligi bilan bog‘liq xususiyatlari bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash, bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, fuqarolararo hamjihatlikni ta’minlash omili ekanligi sababli uning ma’rifiy, qadrlash, muvofiqlashtirish, vorisiylik, kommunikativ, ijtimoiylashtirish funksiyalarini takomillashtirayotganiga oid nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan Xalqaro Amir Temur jamoat fondida bajarilgan I-56-10/37-raqamli ““Milliy tiklanish-milliy yuksalish sari” shiori ostida yoshlarni ona yurtg‘a sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoiylik, ahloqiy fazilatlarni shakllantirish” (2020-2021 yy) mavzuidagi innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Amir Temur Xayriya jamoat fondining 2022 yil 13 iyuldagi 04-33-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy tarbiya yordamida shaxs madaniy qiyofasini shakllantirishda, axloqiy hamda milliy qadriyatlarni amaliyotga joriy etishda samaradorlikni oshirishga xizmat qilgan;
madaniy jarayonlarga doir argumentlardagi umumiylik va qonuniylikni aniqlash orqali madaniy globallashuv ta’sirida o‘zbek tili leksik tarkibi kengaygani, o‘zbek adabiyoti yangi tendensiyalar bilan boyigani, o‘zbek milliy san’atida yangi g‘oyaviy yo‘nalishlar paydo bo‘lgani, milliy an’analar universalizatsiyasi yuz bergani, milliy qadriyatlar ijtimoiy mavqei zaiflashgani, madaniy merosni asrash texnologiyasi zamonaviylashgani, milliy tarbiya liberallashganiga doir nazariy umumlashmalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning VII. Ilm-fan, ta’lim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohasida chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashda hamda 2022-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturining II “Yoshlarning bo‘sh vaqti – yetakchining ish vaqti” tamoyili asosida yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 29 iyundagi 02-12-08-2667-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston va o‘zbek xalqi, uning tili, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari, madaniy meros, adabiyoti va san’ati to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish jarayonida, madaniy yo‘nalishlarni takomillashtirishda va amalda tadbiq etishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida o‘zbek milliy madaniyatidagi insonparvarlik va jamoaviylik, milliylik va umuminsoniylik hamohangligi xususiyatlari milliy an’ana, qadriyatlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashda, milliy tarbiya samaradorligini oshirishda hamda shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar uyg‘unlashtirishga yo‘naltirishi sababli milliy til, adabiyot va san’atdagi milliylik elementlari hajmiga, milliy qadriyatlar ijtimoiy mavqeiga proporsionalligiga oid nazariy-mantiqiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risida Nizomning III bob 11-band “Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish”da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 15 iyuldagi 4-13-23-2094-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy madaniyatni rivojlantirish muammolari, ularning tahliliy hamda tasnifiy jihatlarini asoslashda, jamiyatning ijtimoiy huquqiy sohalarini takomillashtirishda, ta’lim hamda mehnat qilishning motivatsion faolligini oshirishda. yoshlarda estetik tarbiyaning milliy hamda madaniy tuzilmalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida ijtimoiy tarbiyadagi barqarorlik va o‘zgaruvchanlik, diniylik va dunyoviylik uyg‘unligi tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, kommunikatsion, aksiologik va ratsional omillar ta’sirida shakllanishiga ko‘ra axloqiy, huquqiy, siyosiy, vatanparvarlik, mehnat va estetik tarbiyadagi milliy pozisiyalar salmog‘iga mutanosibligiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlar (2021-2022 yy) ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 17 iyundagi 04-36-940-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy an’ana, qadriyatlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash hamda milliy tarbiya samaradorligini oshirishda belgilangan vazifalar yoritish, globallashuv sharoitida o‘zbek milliy madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini asrash va bu vazifaning ilmiy echimlarini topishda o‘z hissasini qo‘shgan hamda milliy an’analarga hurmat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish