Turdiev Shoxrux Razzoqovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarni aniq fanlar negizida kasbga yo‘naltirishning metodik tizimini takomillashtirish» (Texnika oliy o‘quv yurtlari misolida), 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Ilmiy raxbar: Shodiev Rizamat Davranovich pedagogika fanlari doktori

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped182

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.

Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti huzuridagi, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar: Qaxxorov Siddiq Qaxxorovich pedagogika fanlari doktori, professor, To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: texnika oliy o‘quv yurtlari neft va gaz ixtisosliklari uchun aniq fanlar negizida nazariy va amaliy jihatdan asoslangan, kasbga yo‘naltirishning metodik tizimini  takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

neft va gaz ixtisosliklari bo‘lajak muhandiclari malaka talablaridan matematik bilim va ko‘nikmalarini sintezlash asosida kasbga yo‘naltirishning gnoseologik, illyustrativ, evristik va induktiv funksiyalari aloqadorligi chuqurlashtirilgan;

neft va gaz yo‘nalishi talabalarini kasbga yo‘naltirish metodik tizimining motivatsion-maqsadli, protsessual-texnologik va tashxislash komponentlari mazmuniga ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq aniq fanlar elementlarini (matematik va fizik tushunchalar) singdirish asosida takomillashtirilgan;

neft va gaz sohasidagi eksperimental kasbiy masalalarni loyihalashtirish hamda modellashtirish asosida integrativ bilimlarni shakllantirish orqali kasbiy kompetentlikni oshirishning didaktik (muammolilik, qiziqtirish, ijodiy va amaliy yo‘nalganlik) imkoniyatlari kengaytirilgan;

talabalarning mantiqiy, abstrakt va nostandart fikrlash qobiliyatlarini analitik, grafik, sonli, taqribiy usullardan foydalanish orqali rivojlantirish asosida nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan ijodiy topshiriqlar (kasbiy jarayonlarni loyihalashtirish, konstruksiyalash hamda  kasbiy mazmundagi kreativ masalalar va boshqalar) tizimi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Talabalarni aniq fanlar negizida kasbga yo‘naltirishning metodik tizimini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:

neft va gaz ixtisosliklari bo‘lajak muhandiclari malakaviy talablaridan aniq fanlar o‘quv tarkibini ajratish, kasbga yo‘naltirishning gnoseologik, illyustrativ, evristik va induktiv funksiyalari aloqadorligiga oid takliflaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5321300-Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi, 5311700-Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (neft va gaz konlari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 18 oktyabrdagi 89-03-2441-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak muhandislarni zamonaviy ishlab chiqarish muhitiga moslashtirish va kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;

neft va gaz sohasidagi eksperimental kasbiy masalalarni loyihalashtirish, integrativ bilimlarni shakllantirish orqali kasbiy kompetentlikni oshirish imkoniyatlari, kasbga yo‘naltirishning funksional komponentlari mazmunini takomillashtirishda akmeologik, faoliyatli va tabaqalashtirilgan metodik yondashuvlarga asoslangan tavsiyanomalar, uslubiy qo‘llanmalar 5321300-Neft va gazni  qayta ishlash texnologiyasi,5311900-Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish  ta’lim yo‘nalishida joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 18 oktyabrdagi 89-03-2441-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodik tavsiyanomalar, uslubiy qo‘llanmalar bo‘lajak muhandislarni tayyorlash sifatini takomillashtirishga xizmat qilgan;

mantiqiy, abstrakt va nostandart fikrlash qobiliyatlarni rivojlantirishda analitik, grafik, sonli, taqribiy usullardan foydalanish, nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan ijodiy topshiriqlar tizimiga oid takliflari Muborak gazni qayta ishlash zavodi mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish jarayonlarida faoliyatga oid muammolarni matematik modellashtirish orqali hal etishda foydalanilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodi mas’uliyati cheklangan jamiyat ilmiy-texnikaviy kengashining 2017 yil 24 oktyabrdagi 1794-son ma’lumotnomasi). Mazkur amaliy taklif ishlab chiqarish jarayonining favqulotda uchraydigan vaziyatlarida muammolarni tezkor va samarali bartaraf etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish