Abdug‘opirova Feruza Akramjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kognitiv faoliyatni rivojlantirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning didaktik tizimi”, 13.00.08  Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2369.
Ilmiy rahbar: Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar), Ilmiy kengash raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Nazirova Go‘zal Malikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti, 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kognitiv faoliyatni rivojlantirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning didaktik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash jarayoniga zamonaviy yondashuvlarga gumanistik psixologiya va pedagogika g‘oyalariga yo‘naltirilgan, jamoaviy kognitiv faoliyatli, induktiv va deduktiv fikrlashga yo‘naltirilgan, kognitiv qat’iylik va “ichki dunyo”ni rivojlantirishga yo‘naltirilgan, hayvonot va o‘simlik dunyosiga ijobiy, ilmiy, adekvat munosabatni rivojlantirishga qaratilgan, psixomotorik va kognitiv rivojlanish uzviyligiga yo‘naltirilgan parametrlarni ichki integratsiyalashtirish orqali aniqlashtirilgan; 
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash didaktik ta’minoti kognitiv faoliyat turlariga interpretatsiyalangan “Kasb maydonchasi”, “Harflarning tug‘ilgan kunlari”, “Bu erda nima etishmayapti?”, “Yuzni shakllantirish”, “Shakllarni taqsimlash”, “His qiluvchi raqamlar” va “Mantiqiy fikrlash” metodlarini intensivlashtirish va didaktik materiallarni adaptiv qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;  
 maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash didaktik tizimi “bolalarda kognitiv mustaqillikni ta’minlash orqali kognitiv faoliyatni rivojlantirish” mualliflik yondashuvi va unda keltirilgan aspektlarning (kognitiv mustaqillikni ta’minlashning “tarbiyachi-pedagog-tarbiyalanuvchi”, “mazmun”, “o‘rganish joyi va resurslari” hamda “vaqt” aspektlari) konseptual omillariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan; 
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash didaktik tizimi komponentlari (kognitiv faoliyatni rivojlantirish maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, didaktik tamoyillari, metodlari, vositalari, shakllari, diagnostikasi) kognitiv faoliyatni rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, refleksiv-baholovchi bosqichlarida jamoaviy va guruhiy birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning individual natijalariga ta’siri produktivligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Kognitiv faoliyatni rivojlantirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning didaktik tizimi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Kognitiv faoliyatni rivojlantirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning parametrlarini ichki integratsiyalashtirish orqali takomillashtirishga hamda kognitiv faoliyatni rivojlantirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash didaktik ta’minoti kognitiv faoliyat turlariga interpretatsiyalangan “Kasb maydonchasi”, “Harflarning tug‘ilgan kunlari”, “Bu erda nima etishmayapti?”, “Yuzni shakllantirish”, “Shakllarni taqsimlash”, “His qiluvchi raqamlar” va “Mantiqiy fikrlash” metodlarini intensivlashtirish va didaktik materiallarni adaptiv qo‘llash asosida “Maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv faoliyatini rivojlantirish (tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari misolida)” nomli qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 30 maydagi 03-03/2-1415 ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash didaktik ta’minoti kognitiv faoliyatni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlarini  samarali tatbiq etishga hamda didaktik ta’minotini takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash didaktik tizimi “bolalarda kognitiv mustaqillikni ta’minlash orqali kognitiv faoliyatni rivojlantirish” mualliflik yondashuvi va unda keltirilgan aspektlarni konseptual omillariga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir taklif va mulohazalar maktabgacha ta’limning Davlat talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 30 maydagi 03-03/2-1415 ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash didaktik tizimi samaradorligiga erishilgan; 
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash didaktik tizimi komponentlari kognitiv faoliyatni rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, refleksiv-baholovchi bosqichlarida jamoaviy va guruhiy birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning individual natijalariga ta’siri produktivligini hisobga olishga doir taklif va mulohazalari 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida FZ-202001064 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning zamonaviy didaktik-metodik ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 30 maydagi 03-03/2-1415 ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv faoliyatni rivojlantirishning yondoshuvlari, tamoyillari va komponentlarini samarali tatbiq etishga hamda maktabga tayyorlash jarayonlarini tashxis etish samaradorligini oshirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish