Mamayusupov Sarvar Dexkanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda desekulyar jarayonning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari va yoshlar bilan bog‘liq segmentlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal564.
Ilmiy rahbar: Yusupova Dildora Dilshatovna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Yuldasheva Farida Xujamkulovna, falsafa fanlari doktori, professor; Raximdjanov Durbek Abidjanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga desekulyarizatsiyalashuv jarayonining ta’siri, uning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari hamda yoshlar dunyoqarashidagi segmentlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
desekulyarizm nazariyasining dunyoviy qadriyatlarni rad etish, muqaddas diniy dogmalarga qaytish orqali diniy-siyosiy vaziyatning kuchayishiga oid konseptual asoslarini aniqlash natijasida desekulyarizatsiya jarayoni inkor etib bo‘lmas hodisa va ijtimoiy falsafaning bevosita muammosi ekanligi isbotlangan;
O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari mo‘’tadillashuviga erishishda dinlar tarixi bilan bog‘liq birdamlik, diniy bag‘rikenglik, diniy ma’rifat kabi progressiv ta’limotlarni zamonaviy tadqiqotlar hamda sotsial-madaniy targ‘ibot vositasida doimiy ravishda ilmiy va ijtimoiy muomalaga olib kirish zaruriyati asoslab berilgan;
O‘zbekistonda desekulyar jarayonni vujudga kelishiga sabab bo‘lgan tarixiy, ijtimoiy-siyosiy omillar din sotsillashuvi va u bilan bir vaqtda o‘zaro ta’sir asosida rivojlanib, keskinlashayotgan globallashuv dunyo boshqaruvidagi sekulyar oqimni desekulyar oqimga o‘zgartirib yuborayotganligi asoslangan;
O‘zbekiston yoshlarining diniy va dunyoviy tafakkuridagi dinga ilmsiz kirish, undan imidj sifatida foydalanish, taqlid qilish va unga ko‘r-ko‘rona ergashish kabi transformatsiyalar din omilining zamonaviy ta’siri bilan sinkretlashgan holda ularning ijtimoiy ongida ommaviy hodisa sifatida desekulyarizatsion qarashlarni hosil qilayotgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Desekulyarizatsiya jarayoni va uning namoyon bo‘lish xususiyatlari bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
desekulyarizm nazariyasining dunyoviy qadriyatlarni rad etish, muqaddas diniy dogmalarga qaytish orqali diniy-siyosiy vaziyatning kuchayishiga oid konseptual asoslarini aniqlash natijasida desekulyarizatsiya jarayoni inkor etib bo‘lmas hodisa va ijtimoiy falsafaning bevosita muammosi ekanligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti (hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti) kasbiy tayyorgarlik fakul`teti tinglovchilari uchun yakka mualliflikda tayyorlangan “Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son guvohnomasi). Natijada, «Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» nomli o‘quv qo‘llanma mavzularining mazmuni takomillashgan va o‘qitish sifatini yanada oshishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari mo‘’tadillashuviga erishishda dinlar tarixi bilan bog‘liq birdamlik, diniy bag‘rikenglik, diniy ma’rifat kabi progressiv ta’limotlarni zamonaviy tadqiqotlar hamda sotsial-madaniy targ‘ibot vositasida doimiy ravishda ilmiy va ijtimoiy muomalaga olib kirish zaruriyati to‘g‘risidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizmga va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan ish rejasining qator bandlari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 26 oktyabrdagi 15/4252-son dalolatnomasi). Natijada, aholi ijtimoiy dunyoqarashida davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarning mo‘’tadillashuviga sabab bo‘luvchi ma’rifiy suhbatlarning ta’sirchanlik darajasi yanada oshgan;
O‘zbekistonda desekulyar jarayonni vujudga kelishiga sabab bo‘lgan tarixiy, ijtimoiy-siyosiy omillar din sotsillashuvi va u bilan bir vaqtda o‘zaro ta’sir asosida rivojlanib, keskinlashayotgan globallashuv dunyo boshqaruvidagi sekulyar oqimni desekulyar oqimga o‘zgartirib yuborayotganligi xususidagi fikrlar O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi ish rejasining bir qator bandlari ijrosini ta’minlashda (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 27 oktyabrdagi 04-02/301-son dalolatnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Ëshlar ishlari agentligining 2022-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturining 37, 40, va 42-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ëshlar ishlari agentligining 2022 yil 25 oktyabrdagi 3-10-23-3509-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining diniy-ma’rifiy ruhdagi targ‘ibot tadbirlarining va O‘zbekiston Respublikasi Ëshlar Ittifoqining targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligi yanada oshgan;
O‘zbekiston yoshlarining diniy va dunyoviy tafakkuridagi dinga ilmsiz kirish, undan imidj sifatida foydalanish, taqlid qilish va unga ko‘r-ko‘rona ergashish kabi transformatsiyalar din omilining zamonaviy ta’siri bilan sinkretlashgan holda ularning ijtimoiy ongida ommaviy hodisa sifatida desekulyarizatsion qarashlarni hosil qilayotgani kabi masalalar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida PZ-20170930317-son «Globallashuv jarayonida ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan kishilarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish» nomli amaliy loyihasi (2018-2020) doirasida tayyorlangan turkum videofil`mlarning ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 7 noyabrdagi 02-03/8703-son dalolatnomasi). Natijada, bugungi kunda islom nomidan faoliyat olib borayotgan destruktiv oqimlar ta’siriga berilib, o‘lkamizda keng tarqalgan hanafiy mazhabiga xos bag‘rikenglik tamoyillariga zid bo‘lgan g‘oyalarga ergashgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish yuzasidan ishlangan turkum videofil`mlarning ta’sirchanlik darajasini oshishiga va ssenariyning yanada takomillashishiga xizmat qilgan.