Muhamedov Asror Asadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi ijtimoiy-falsafiy qarashlar”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal792.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Farida Xujamkulovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Erkayim Qo‘zuevna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Po‘latova Dildora Akmalovna, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi ijtimoiy falsafiy qarashlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yusuf Xos Hojib yashab ijod qilgan ilk Renessans davridagi milliy va diniy madaniyat uyg‘unligi va allomaning bilim haqidagi falsafiy konsepsiyasiga tayangan holda Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ilmiy bilimning taraqqiyparvarlik xususiyatlari aniqlangan;
Yusuf Xos Hojibning ijtimoiy qatlamlarga ularning ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib munosabatda bo‘lishga doir ijtimoiy-falsafiy qarashlari adolatni ta’minlashda konseptual o‘ringa ega ekanligi asoslangan;
mutafakkir ilmiy merosidan joy olgan bilim konsepsiyasining Yangi O‘zbekistonda yoshlarni olamni ilmiy bilishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirishdagi motivatsion ta’siri ta’siri ochib berilgan;
ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan ekstremizm, radikalizm va ommaviy madaniyat kabi salbiy hodisalarga qarshi kurashda Yusuf Xos Hojib falsafiy merosini ommmalashtirish, targ‘ib qilish va tushuntirish orqali undan unumli foydalanish imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yusuf Xos Hojibning davlat va jamiyat qurilishiga doir qarashlari hamda mavjud muammolarni hal qilishda adib yondashuvlaridan foydalanishga doir ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:
Yusuf Xos Hojib yashab ijod qilgan ilk Renessans davridagi milliy va diniy madaniyat uyg‘unligi va allomaning bilim haqidagi falsafiy konsepsiyasiga tayangan holda Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ilmiy bilimning taraqqiyparvarlik xususiyatlari aniqlanganiga oid takliflardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan 2018–2020 yillarga mo‘ljallangan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-2017-0930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. Ilmiy natijaning qo‘llanilishi yoshlar orasida allomalar merosiga qiziqishning ortishi, ular ma’naviy-axloqiy idealining shakllanishiga xizmat qilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022 yil 22 sentyabrdagi 01-2017-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan ilmiy-metodik ishlanmalardan yoshlarni diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish ham shu orqali ma’naviy kamolotga erishish imkoniyatlari oshirilgan;
Yusuf Xos Hojibning ijtimoiy qatlamlarga ularning ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib munosabatda bo‘lishga doir ijtimoiy-falsafiy qarashlari adolatni ta’minlashda konseptual o‘ringa ega ekanligi asoslangan oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Mintaqaviy tadqiqot markazining ilmiy tadqiqot jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Mintaqaviy tadqiqot markazining 2022 yil 15 sentyabrdagi 01/27-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanishi o‘tkazilgan seminar-treninglar kontingentini shakllantirishda, ularning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqib mashg‘ulotlar tashkil etilishiga imkoniyat yaratib bergan;
mutafakkir ilmiy merosidan joy olgan bilim konsepsiyasining Yangi O‘zbekistonda yoshlarni ilmiy bilishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirishdagi motivatsion ta’siri ta’siri ochib berilganiga oid taklif va tavsiyalardan Andijon viloyati Mintaqaviy tadqiqot markazining ilmiy tadqiqotlaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Mintaqaviy tadqiqot markazining 2022 yil 15 sentyabrdagi 01/27-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi yoshlarning olamni ilmiy bilishga bo‘lgan qiziqishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan ekstremizm, radikalizm va ommaviy madaniyat kabi salbiy hodisalarga qarshi kurashda Yusuf Xos Hojib falsafiy merosini ommmalashtirish, targ‘ib qilish va tushuntirish orqali undan unumli foydlaanish imkoniyatlari aniqlanganiga oid takliflardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan 2018–2020 yillarga mo‘ljallangan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-2017-0930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2022 yil 22 sentyabrdagi 01-2017-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi natijasida salbiy xususiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy illatlarni yo‘qotishda Yusuf Xos Hojib falsafiy merosiga tayanish imkoniyatlari yaratilgan.