Salimov Abdumajid Abduvaxobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat tarmog‘ida kichik biznes korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari (Farg‘ona viloyati misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt1145.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yakutdjan Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rustamov Narzillo Istamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat tarmog‘ida kichik biznes korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyat tuman va shaharlarida sanoat ishlab chiqarish hajmida “erishilgan yuqori natijadan mo‘ljal olish” tamoyilini qo‘llash asosida kichik sanoat korxonalari ulushini oshirish orqali sanoat tarmog‘ining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston, Uchko‘prik, Beshariq, Bag‘dod va Quva tumanlari hududlarida mahalliy mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash orqali raqobatbardosh eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sanoat korxonalarining faoliyatini tashkil etishda kichik korxonalar bilan sanoat kooperatsiyalari imkoniyatlaridan foydalanish taklifi asoslangan;
kichik sanoat zonalari ishlab chiqarish infratuzilmasini zamonaviy tuman va tumanlararo logistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish asosida kichik korxonalar samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslangan;
tuman va shaharlarning iqtisodiy va resurs salohiyatidan kelib chiqqan holda hudud sanoatini diversifikatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli ishlab chiqarishlarni iqtisodiy manfaatlar muvofiqligining “tadbirkorlik sub’ekti – hudud – milliy xo‘jalik” ierarxik yondashuviga ko‘ra maqbul joylashtirish orqali kichik korxonalarining samaradorligini oshirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat tarmog‘ida kichik biznes korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
Farg‘ona viloyati sanoat tarmog‘ining tarkibiy tuzilishini viloyat tuman va shaharlarida sanoat ishlab chiqarish hajmida “erishilgan natijadan mo‘ljal olish” tamoyilini qo‘llash asosida kichik sanoat korxonalari ulushini oshirish orqali takomillashtirish taklifidan “Farg‘ona viloyatida sanoatni barqaror rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 3 avgustdagi 03/25-2323-son hamda Farg‘ona viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Bosh boshqarmasining 2021 yil 17 dekabrdagi 417/09-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida “erishilgan natijadan mo‘ljal olish” tamoyilini qo‘llash asosida kichik sanoat korxonalari orqali viloyat sanoat tarmog‘ining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish hamda ishlab chiqarish hajmini 5841,1 mlrd. so‘mga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston, Uchko‘prik, Beshariq, Bag‘dod va Quva tumanlari hududlarida mahalliy mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash orqali raqobatbardosh eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sanoat korxonalarining faoliyatini tashkil etishda kichik korxonalar bilan sanoat kooperatsiyalari imkoniyatlaridan foydalanish taklifi “Farg‘ona viloyatida sanoatni barqaror rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 3 avgustdagi 03/25-2323-son hamda Farg‘ona viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Bosh boshqarmasining 2021 yil 17 dekabrdagi 417/09-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Uchko‘prik, Beshariq, Bag‘dod va Quva tumanlarida mahalliy mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash orqali raqobatbardosh eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sanoat korxonalarining faoliyat samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
kichik sanoat zonalari ishlab chiqarish infratuzilmasini zamonaviy tuman va tumanlararo logistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirish asosida kichik korxonalar samaradorligini oshirish taklifidan “Farg‘ona viloyatida sanoatni barqaror rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 3 avgustdagi 03/25-2323-son hamda Farg‘ona viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Bosh boshqarmasining 2021 yil 17 dekabrdagi 417/09-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kichik sanoat zonalarini ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga sifatli logistika xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy infratuzilmani takomillashtirish imkoni yaratilgan;
tuman va shaharlarning iqtisodiy va resurs salohiyatidan kelib chiqqan holda hudud sanoatini diversifikatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli ishlab chiqarishlarni iqtisodiy manfaatlar muvofiqligining “tadbirkorlik sub’ekti – hudud – milliy xo‘jalik” ierarxik yondashuviga ko‘ra maqbul joylashtirish orqali kichik korxonalarining samaradorligini oshirish taklifidan “Farg‘ona viloyatida sanoatni barqaror rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 3 avgustdagi 03/25-2323-sonli hamda Farg‘ona viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Bosh boshqarmasining 2021 yil 17 dekabrdagi 417/09-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida Farg‘ona viloyatida sanoatini diversifikatsiya qilish, qo‘shilgan qiymatli ishlab chiqarishlarni tumanlar va shaharlarning iqtisodiy va resurs salohiyatidan kelib chiqib, maqbul joylashtirish ishlarini samarali olib borish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish