Tojiboeva Muqaddas Abdrahimovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jadid adiblari ijodida mumtoz adabiyot an’analari», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Fil.103.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti

Ilmiy maslahatchi: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich filologiya fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.

Rasmiy opponentlar: Karimov Naim Fotihovich, filologiya fanlari doktori, professor, akademik; Salohiy Dilorom Isomiddin qizi filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Bahodir Nurmetovich filologiya fanlari doktori

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat  universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbekjadid adiblari asarlarida aks etgan mumtoz adabiy an’analarning yo‘nalishi, an’anaviy timsollarning badiiy asarlar tarkibidagi o‘rni, muallif o‘ziga xosligi va mahoratini belgilashdagi ishtirokini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

yangi o‘zbek adabiyoti taraqqiyotining asosiy omillaridan bo‘lgan mumtoz badiiyat qonunlarining jadid adiblari o‘ziga xosligini shakllantirishdagi  roli ochib berilgan;

adabiy an’ana, vorislik va adabiy ta’sir muammolarining nazariy  asoslari va jadid adiblarining mumtoz merosga munosabatdagi ilmiy pozisiyasi  ko‘rsatilgan;

jadid adiblari ijodida g‘azal, lirikaning kichik janrlari va musammat shakllarining qo‘llanilish darajasi hamda janr poetikasidagi yangiliklar aniqlangan;

she’riyatda faol qo‘llanilishda bo‘lgan an’anaviy timsollar va badiiy tasvir vositalarining zamonaviy matnlar strukturasidagi o‘rni belgilangan;

jadidshoirlarining aruz vazni va mumtoz qofiya tizimiga murojaati sabablari hamda ularni qo‘llashdagi poetik mahorat va o‘ziga xoslik darajasi asoslangan;

yangi o‘zbek nasrida hikoya, qissa va sayohatnoma tipidagi asarlar poetikasi vorislik nuqtai nazaridan tahlil etilib, ulardagi mumtoz nasrga xos xususiyatlar bilan yangilanish tamoyillarining sintezlashuvi aniqlangan;

jadid romanchiligida aks etgan mumtoz nasrga xos poetik xususiyatlar, uslubiy jihatlarning o‘rni va roli ko‘rsatilib, ularning o‘zbek romani shakllanishidagi ishtiroki ko‘rsatib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Jadid adiblari ijodida mumtoz adabiyot an’analarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

dissertatsiyaning “An’ana, vorislik va adabiy ta’sir muammolari”, “Adabiy an’analariga vorislik masalasiga munosabat”, “Mumtoz an’analar va jadid nasrining yangilanish tamoyillari” kabi mavzularidan Behbudiy, Avloniy, Ajziy, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon ijodiy faoliyati va adabiy qarashlarini yoritishda O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F8-151 “Adabiyot ensiklopediyasi” fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 18 yanvardagi FTK 0313/61-son ma’lumotnomasi). Natijada “Adabiyot ensiklopediyasi”dagi “An’ana, vorislik va adabiy ta’sir”, “Adabiy an’analarga vorislik”, “Mumtoz an’analar va jadid nasrining yangilanish tamoyillari” mavzulari materiallari boyitilgan. An’ana, vorislik, adabiy ta’sir atamalarining izohlari mukammallashtirilgan.

Jadid adiblarining mumtoz adabiy an’analarga vorislik masalasiga munosabati, Alisher Navoiy asarlarining XX asr boshlari o‘zbek she’riyatiga ta’siri, mumtoz lirikaning kichik janrlari va musammat shakllarining jadid adabiyotiga qo‘llanilishiga doir nazariy xulosalardan Davlat adabiyot muzeyida bajarilgan F1-FA-0-55746 “Markaziy Osiyo xalqlari adabiy qo‘lyozma yodgorliklarini tadqiq etish. O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini to‘plash va ularni ilmiy tavsiflab nashrga tayyorlash” fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 15 fevraldagi №311255-415-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida jadid adibi Xurshid ijodida mumtoz adabiy an’analarning o‘rni, ayniqsa, Navoiy ijodining ta’siri masalalari aniqlashtirilib, Xurshid katalogi tayyorlangan va nashr qilingan; Xurshidning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasini tadqiq etishga doir yangi adabiy manbalar ilmiy muomalaga kiritilgan.

Yangi o‘zbek nasrida hikoya poetikasi vorislik nuqtai nazaridan tahlil etilib, ulardagi mumtoz nasrga xos xususiyatlar bilan yangilanish tamoyillarining sintezlashuvi aniqlangan hamda jadid romanchiligida, xususan, Abdulla Qodiriy romanlarida mumtoz nasr poetik xususiyatlariga izdoshlik va o‘ziga xoslik jihatlari belgilanganiga doir nazariy xulosalar O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan FA-F1-G039 “Alisher Navoiy (2 jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” fundamental grant loyihasiga tatbiq etilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 15 fevraldagi 311255-415-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida “Abdulla Qodiriy qomusi”ning “Qodiriy romanlari”, “O‘tkan kunlar” kabi maqolalari yozilgan, ulardagi mumtoz nasrga xos xususiyatlar bilan yangilanish tamoyillarining sintezlashuvi aniqlangan holda yangi ilmiy materiallar bilan to‘ldirilgan.

XX asr boshlarida yashab ijod etgan Ishoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulhamid Sulaymon Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi jadid adiblari ijodida mumtoz adabiyot an’analariga taalluqli xulosalardan Turkiya Jumhuriyati Karabuk universiteti “TED 323 O‘zbek adabiyoti”, “TDE 488 Matn sharhi”, “TDE 231 She’r tahlillari”, “TDE 495 Ilmiy tadqiqot usullari” fanlari hamda Ilmiy tadqiqotlar loyihalari koordinatorligining davlat granti asosidagi “Mirzakalon Ismoiliyning “Farg‘ona tong otguncha” romanining tahlili” mavzusidagi RBUBAR-17-YL-184 raqamli ilmiy loyihasida foydalanilgan (Karabuk davlat universitetining 2018 yil 20 fevraldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘zbek mumtoz, jadid va zamonaviy adabiyoti haqidagi bilimlarini oshirishga erishilgan, ayniqsa, Ibrat, Avloniy, Hamza Hakimzoda, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi jadid adiblarining hayoti va ijodiyotini o‘rganishda shuningdek, Avloniy Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon, Botu, Oybek kabi shoir va adiblarning Mirzakalon Ismoiliy ijodiyotiga ta’sirini aniqlash va to‘ldirishda manba va yo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.

Tadqiqotning “Jadid adabiyoti va mumtoz an’analar” yo‘nalishidagi natijalaridan yaponiyalik tadqiqotchi Munanuri Inoening Turkiya Jumhuriyatining Fotih universitetida bajarilgan “O‘zbek adibi Mo‘’minjon Toshqinning “Shoirlar tazkirasi” va tahlili” mavzusidagi yuksak lisans (MA) dissertatsiyasida foydalanilgan (Fotih universitetining 2018 yil 20 fevraldagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada yaponiyalik tadqiqotchi dissertatsiyasi jadid adibi Toshqinning tazkiranavislikda mumtoz adabiy an’analarga vorislik masalasiga munosabati, romanchilikda mumtoz nasr poetik xususiyatlariga izdoshlik va yangilanish tamoyillariga doir xulosalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish