Abdumo‘minov Hasan Norbuvaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Velotravmalarda jabrlangan haydovchilarda jarohatlanishlarning sud-tibbiy tavsifi» 14.00.24–Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.4.PhD/Tib2292.
Ilmiy rahbar: Indiaminov Sayit, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akberginova Kamila Abdikerimovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ijevsk davlat tibbiyot Akademiyasini (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yo‘l-transport hodisalarida velosiped haydovchilarda shakllanadigan jarohatlarining sud-tibbiy diagnostikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba velosiped travmalarini boshqa transport jarohatlaridan differensial diagnostika qilish mezonlarini va jaroxatning og‘irlik darajasini aniqlash orqali velosiped travmalarining turli xillarida yuzaga keladigan jaroxatlanishlar tabiati tizimlashtirilgan;
turli xildagi velosiped travmalarida bo‘yin umurtqa pog‘onasi shikastlanishining tabiati va lokalizatsiyasiga asoslanib, velosipedning korpusi orqa qismiga avtotransport to‘qnashuvi vaqtida ko‘krak-bel umurtqalari sohalarida (Th10-12 i L1-5) siqilgan-parchalangan sinishlar velosipedchining bo‘yni va tanasining keskin egilishi va qayrilishi natijasida yuzaga kelishi isbotlangan;
turli xildagi velosiped travmalari bilan bog‘lik velosiped haydovchilari tanasida kuzatilgan jaroxatlanishlarda bosh tuzilmalarining shikastlanishi parchalanib botiq sinish ko‘pincha peshana-chakka sohasida, kam hollarda ensa va boshning asos sohalarida qon quyilish bilan tavsiflanishi asoslangan;
bosh, ko‘krak, umurtqa pog‘onasi, qorin bo‘shlig‘i va oyoq-qo‘llarning tuzilmalariga jaroxat etkazilishining tabiati va lokalizatsiyasini o‘rganish, shikastlanish holatlarini hisobga olgan holda va transport vositalarini tekshirish asosida velosipedchilarning shikastlanishiga sud-tibbiy tashxis qo‘yish tartibi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Velotravmalarda jabrlangan xaydovchilarda jarohatlanishlarning sud-tibbiy tavsifini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
velotravmalarda jabrlangan xaydovchilarda jarohatlanishlarning sud-tibbiy tavsifini baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Harakatdagi velosipeddan yiqilishda velosipedchilarda jarohatlarning sud-tibbiy diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 sentyabrdagi 8n-z/464-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma harakatdagi velosipeddan yiqilishda velosipedchilarda jarohatlarning sud-tibbiy tashxisotining sifatini oshirish imkonini bergan;
velotravmalarda jabrlangan xaydovchilarda jarohatlanishlarning sud-tibbiy tavsifini baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Harakatlanayotgan velosipedning kuzoviga yon ta’sirida transport vositalarining to‘qnashuvi natijasida velosipedchilarda jarohatlar hosil bo‘lish xususiyatlarini aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 sentyabrdagi 8n-z/464-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma harakatlanayotgan velosipedning kuzoviga yon ta’sirida transport vositalarining to‘qnashuvi natijasida velosipedchilarda jarohatlar hosil bo‘lish xususiyatlarini baholash orqali sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish sifatini oshirish imkonini bergan;
velotravmalarda jabrlangan xaydovchilarda jarohatlanishlarning sud-tibbiy tavsifini baholash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Avtotransport vositalarining harakatlanayotgan velosiped tanasiga orqadan zarba bilan to‘qnashuvi jarayonidagi jarohatlarining sud-tibbiy tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 sentyabrdagi 8n-z/464-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma avtotransport vositalarining harakatlanayotgan velosiped tanasiga orqadan zarba bilan to‘qnashuvi jarayonidagi jarohatlarining sud-tibbiy tashxislash mexanizmini baholash imkonini bergan;
velotravmalarda jabrlangan xaydovchilarda jarohatlanishlarning sud-tibbiy tavsifini baholash qo‘l-panja suyaklari sinishlari muddati va og‘irlik darajasini aniqlashni sud tibbiy jihatlari takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Navoiy va Toshkent viloyatlari filiallari sud tibbiy ekspertiza amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 noyabrdagi 08-20965-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi harakatlanayotgan velosipedlarning qo‘zg‘almas to‘siqlar bilan to‘qnashuvida, velosiped haydovchilari tanasining old qismlari terisi va yumshoq to‘qimalariga shikast etkazilishi natijasida bunda qo‘l suyaklari hamda pastki qovurg‘alar zararlanishi, o‘mrov suyaklari sinishi, shuningdek, son-boldir sohalar old-ichki yuzalarida tasmasimon qontalashlar va yirtilgan yaralar yuzaga kelishini baholash bilan bir qatorda, ekspertizalarni o‘tkazish muddatlarining qisqartirish hisobiga, iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.