Salaeva Zulfiya Shonazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar limfotsitar leykozi patomorfologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari» 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib668.
Ilmiy rahbar: Israilov Rajabbay, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Daurexonov Asatoy Mamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalar limfoleykozida suyak ko‘migi, taloq va limfa tugunlar, jigar va boshqa parenximatoz a’zolar morfofunksional maydonlarida rivojlanadigan patomorfologik o‘zgarishlarning morfogenezi va xos belgilari xaqidagi ma’lumotlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda limfotsitar leykemiyani patogenetik davolashda suyak ko‘migi, taloq va limfa tugunlarining morfofunksional maydonlarining zararlanish xarakteri, shuningdek, leykemiya infiltratsiyasining paydo bo‘lish tartibini tashxisotining amaliy ahamiyati asoslangan;
bolalar limfotsitar leykemiyada limfoid a’zolar, taloq va limfa tugunlarining morfofunksional maydonlarining leykemiya infiltratsiyasi bilan qoplanish ketma-ketligining patogenezi va morfogenezi gistotopografik jihatdan isbotlangan.
o‘tkir limfoleykozda limfotsitlarning immunofenotiplanishi natijasida V-limfotsitlar klonlari, ya’ni CD19+, CD79a+ va SD22cyt markerlar va ayrim hollarda esa T-limfotsitlar markerlari ekspressiyalanishinig asosiy immunologik ahamiyati isbotlangan;
o‘tkir limfoleykozda diffuz yoki o‘choqli to‘planishlar paydo bo‘lishi tufayli leykemiya infiltratsiyasi taloqning marginal maydoni va ayrim limfoid follikulalar atrofida, shuningdek, qizil pulpaning yumshoq tasmalarida paydo bo‘lishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar limfotsitar leykozi patomorfologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalar limfotsitar leykozi patomorfologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yosh bolalar limfotsitar leykozini morfologik tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 18 noyabrdagi 8n-z/440-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda o‘tkir va surunkali limfoleykozda suyak ko‘migi, taloq va limfa tugunlarning morfofunksional maydonlarining shikastlanish xarakteri, joylanishi va birin-ketinlik bilan leykemik infil`tratsiya bilan qoplanishini samarali tashxislashning patomorfologik o‘ziga xos bo‘lgan xususityalari ochib berish orqali bemor bolalarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
bolalar limfotsitar leykozi patomorfologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi va Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gematologiya bo‘limining patologik tadqiqotlar amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 19 noyabrdagi 08-36702-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘tkir limfoleykozda taloq oq pul`pasi ayrim limfoid follikulalarining marginal maydon va limfoid follikulalari leykemik limfotsitlar bilan infil`tratsiyalanganligi, qizil pul`pada faqat yumshoq tasmalari qon tomirlar atrofida leykemik infil`tratsiya borligi va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.