Shopo‘latov Iskandar Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘l panja suyaklari sinishlari muddati va og‘irlik darajasini aniqlash» 14.00.24–Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.2.PhD/Tib1965.
Ilmiy rahbar: Indiaminov Sayit, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: G‘iyosov Zaynitdin Asamutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ziev Otabek Juraqulovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Belorusiya davlat tibbiyot universiteti (Belorusiya Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tirik shaxslarda qo‘l panja suyaklarining sinish mexanizmi, muddati va og‘irlik darajasini aniqlashga doir sud tibbiy ekspertizalarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘l-panja suyaklari turli xildagi sinishlarining kelib chiqish holatini aniqlashga imkon beradigan asoratlarning yuzaga kelishi, sinish turi, darajasi va joylashuvi bo‘yicha amaldagi me’zonlarida farq-tafovutlar borligi isbotlangan;
soxta bo‘g‘im va aseptik nekroz bilan asoratlangan, funksional jihatdan noqulay holatga qadar olib keladigan bilak bo‘g‘imining og‘ir disfunksiyasini keltirib chiqaradigan qayiqsimon suyagining sinishi og‘ir tan jarohati sifatida tasniflanishi asoslangan;
kaft suyaklardagi subkapital, subkapital diafizi va asosi parchalanib siljishli yoki ko‘ndalang sinishlar hamda barmoq falangalarining parchalanib sinishlarning ko‘pincha jabrlanganlarning tekkslikga yiqilishi, so‘ngra kaft sohasiga to‘mtoq predmetlarning zarbasi oqibatida kelib chiqishi isbotlangan;
sinish soxasidagi yumshoq to‘qimalarning holatini, sinishlarning uchlari, qirralari va ularning qismlarini, sinish chiziqlarini, sklerotik o‘zgarishlarni baholash imkonini beradigan zamonaviy nur diagnostika usullaridan foydalanish orqali tirik shaxslarda kaft oldi suyaklari sinishi muddatini aniqlash yuzasidan ekspertizasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘l panja suyaklari sinishlari muddati va og‘irlik darajasini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
qo‘l-panja suyaklari sinishlari muddati va og‘irlik darajasini aniqlashni sud tibbiy jihatlari takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qo‘l panja suyaklari sinishi muddatini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 sentyabrdagi 8n-z/464-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli shikastlanishlar natijasida  yuzaga kelgan qo‘l panja suyaklari sinishi muddatini aniqlash orqali sud-tibbiy ekspertiza sifatini oshirish imkonini bergan;
qo‘l-panja suyaklari sinishlari muddati va og‘irlik darajasini aniqlashni sud tibbiy jihatlari takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Kaft suyaklari sinishidan jabrlangan shaxslarni sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 sentyabrdagi 8n-z/464-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli aniq va noaniq  shikastlanishlar natijasida yuzaga kelgan kaft suyaklari sinishidan jabrlangan shaxslarni sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish sifatini oshirish imkonini bergan;
qo‘l-panja suyaklari sinishlari muddati va og‘irlik darajasini aniqlashni sud tibbiy jihatlari takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tumtoq predmetlar ta’sirida jaroxat olgan shaxslarning kaft oldi suyaklari sinishining tabiati va og‘irlik darajasini aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 sentyabrdagi 8n-z/464-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tumtoq predmetlar ta’sirida jaroxat olgan shaxslarning kaft oldi suyaklari sinishining tabiati va og‘irlik darajasini aniqlash usullarini takomillashtirsh imkonini bergan;
qo‘l-panja suyaklari sinishlari muddati va og‘irlik darajasini aniqlashni sud tibbiy jihatlari takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazining Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari filiallari sud tibbiy ekspertiza amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 noyabrdagi 08-20965-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi qo‘l-panja suyaklari sinishlari muddati va og‘irlik darajasini aniqlashni sud tibbiy jihatlari takomillashtirish orqali ekspert xulosalarining sifati va ilmiy-amaliy asosliligini oshirish bilan bir qatorda, ekspertizalarni o‘tkazish muddatlarining qisqartirish hisobiga, iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish