Azimova Shaxnoza Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda kesishgan tishlovni erta tashhislash va davolashni mukammallashtirishda tibbiy-psixologik yondashuv», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2130.
Ilmiy rahbar: Saidov Akbar Ahadovich, DSc, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent, Bulicheva Elena Anatol`evna tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: S.F.Asfandiyorov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda kesishgan tishlovni erta tashxislash va davolashning kompleks yondashish tamoyillarini asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilmiy izlanish davomida birinchi marta bolalarda kesishgan tishlovni doimiy tishlov davrida epidemiologiyasi, xavf omillarini tishlov anomaliyasi yuzaga kelishidagi o‘rni asoslangan;
ortopantomogramma va telerentgenografiya orqali o‘tkazilgan tekshiruvlar tahlili bemorlardagi yuqori va pastki jag‘ tish qatorlari yoyi holatlari, tishlovning munosabati va tishlar chiqish ketma-ketligini tahlil qilib, kesishgan tishlovni erta aniqlangan;
ilmiy tekshirish davomida bolalarda kesishgan tishlovni davolashda tibbiy-psixologik yondashilib, o‘smirlar sotsial va psixologik holatini hisobga olgan holda davolash samaradorligi is botlangan;
bolalarda kesishgan tishlovni kompleks davolashga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli kuzatishlar davomida etarli samara bergan chora-tadbirlar ketma-ketligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda kesishgan tishlovni erta tashxislash va davolashda tibbiy-psixologik kompleks yondashishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda kesishgan tishlovni erta tashxislash va davolashning kompleks yondashish tamoyillarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda kesishgan tishlovni erta tashxislash va davolashda tibbiy-psixologik davo-profilaktika algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 maydagi 8n-r/517-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘rganilgan bemor bolalarda kesishgan tishlovni erta aniqlab, to‘g‘ri tashxis qo‘yib, davolashga kompleks yondashuv, tish-jag‘ tizimini morfo-funksional rivojlanishi o‘z vaqtida kechishini ta’minlab, bolalarda kosmetik nuqsonlar oldi olingan. Ortodontik davo tadbirlarida ko‘zda tutilgan usullarni samarasiga nisbatan kompleks davolashda Palora va Omega 3-6-9 preparatlari umumiy davo sifatida ortodontik muolajalar bilan bir vaqtda qo‘llanilishi va bolalarni emotsional holatini psixolog bilan birga inobatga olinishi davolash samaradorligini oshirgan;
bolalarda kesishgan tishlovni erta tashxislash va davolashda tibbiy-psixologik kompleks yondashishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotdan olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Olot va Vobkent tuman tibbiyot birlashmalariga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 iyundagi 8 n-r/271-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda shakllanayotgan kesishgan tishlovni davolashda bolalar psixologik holati inobatga olinishi ortodontik apparatlarga ko‘nikish jarayoni qisqarib, bemorni ortodontik moslamalardan foydalanish koeffisientini oshirgan. Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bolalarda kesishgan tishlovni erta aniqlab, davolashni erta boshlash bo‘yicha tavsiya etilgan kompleks davolash algoritmi tish-jag‘ tizimining ish holatini aniqlashga va kasallik asoratlari yaqqol rivojlanishining oldini olish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish