Isroilov Maxamadsodiq Solievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda dolixosigma kasalligida yo‘g‘on ichakning «S»-simon bo‘limidagi morfofunsional o‘zgarishlarini davolashda yangicha yondashuv» 14.00.02–Morfologiya va 14.00.35-Bolalar jarrohligi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1480.
Ilmiy rahbarlar: Nishonov Yusibjon Nishonovich, tibbiyot fanlari doktori; Mamasaidov Jamolidin Turg‘inbaevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ahmedova Sayyora Muhamadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mamatov Alisher Musaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Qirg‘iziston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dolixosigma kasalligida yo‘g‘on ichakdagi morfofunksional o‘zgarishlarni baholash orqali zamonaviy yangicha konservativ davolash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marotaba bolalarda uchraydigan dolixosigma kasalligida ichak shilliq va shilliq osti qavatida distrofiya hamda atrofiya jarayoni kechishi tufayli sigmasimon ichak shilliq qavatidagi destruktiv morfofunksional o‘zgarishlari asoslangan;
dolixosigma kasalligining subkompensasiya va dekompensasiya bosqichlarida kasallikning asorati bo‘lgan qabziyatning salbiy ta’siri natijasida jismoniy rivojlanishni belgilab beruvchi antropometrik ko‘rsatkichlarini, ya’ni tana vazni va bo‘y uzunligini normadan ortda qolishi aniqlangan;
maxsus moslama – mikroirrigatorni anal teshigi orqali to‘g‘ri ichakka kiritib, sigmasimon ichak devoriga davolovchi vositalarni mahalliy qo‘llash orqali dolixosigma kasalligida aniqlangan disbakteriozni korreksiya qilishning yangicha tartibi ishlab chiqilgan;
an’naviy usuldan farqli o‘laroq, yangi tartibi asosida o‘tkazilgan muolajalar natijasida bolalarda uchraydigan dolixosigma kasalligini jarrohlik usulisiz yo‘g‘on ichak shilliq qavatidagi patomorfologik va funksional (qabziyat) o‘zgarishlar to‘liq tiklanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda dolixosigma kasalligida yo‘g‘on ichakning «S»-simon bo‘limidagi morfofunksional o‘zgarishlarini davolashda yangicha yondoshuvini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda dolixosigma kasalligida yo‘g‘on ichakning «S»-simon bo‘limidagi morfofunksional o‘zgarishlarini davolashda yangicha yondoshuvini optimallashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yo‘g‘on ichak kasalliklari asoratlarini iqtisodiy samarador davolash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 iyundagi 8n-z/318-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarda aniqlangan dizbakterioz va ichqabziyatni bartaraf qilish natijasida bemorlarni antropometrik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sirini oldini olish imkonini bergan;
bolalarda dolixosigma kasalligida yo‘g‘on ichakning «S»-simon bo‘limidagi morfofunksional o‘zgarishlarini davolashda yangicha yondoshuvni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi chaqaloqlar va bolalar xirurgiyasi bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 noyabrdagi 08-18312-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bolalarda tashxislangan yo‘g‘on ichakdagi evakuamotor faolyaitini susayishi, qabziyat hamda rivojlangan disbakteriozni tashxislash, qabziyatni davolash, disbakteriozni korreksiyalash maqsadida qo‘llagan mikroirrigator yordamida yuqori samaradorlikka erishish orqali bolalar shifoxonada bo‘lish vaqtini bir barobarga kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.