Abduraxmanova Fatima Rixsibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chaqaloqlarda tug‘ma zotiljam kechishining klinik-biokimyoviy va immunogenetik xususiyatlari», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1082.
Ilmiy rahbar: Salixova Kamola Shavkatovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy- amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjimetov Abdugaffor Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tug‘ma pnevmoniya kechishining ayrim klinik, biokimyoviy va immunogenetik xususiyatlarini chaqaloqlarning gestatsion muddatiga qarab aniqlash hamda uning oqibatlarining prognostik mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma pnevmoniya rivojlanishiga olib keluvchi muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda homila tushish xavfi (56,4%), surunkali buyrak kasalliklari (45,4%), yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, muddatda tug‘ilgan chaqaloqlarda uzoq suvsizlik davri (27,4%), kamsuvlik (25,5%), operativ tug‘ruq (43,1%) kabi eng muhim perinatal xavf omillari isbotlangan;
tug‘ma pnevmoniya rivojlanishida surfaktant D proteinini roli isbotlangan, muddatga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda uning tarkibi 1,2 va muddatda tug‘ilgan bolalarda 1,3 barobar ko‘payishi bilan ifodalanib, ularda kasallikning noxush kechishi uchun prognostik mezon sifatida ishlatilishi bilan isbotlangan; chaqaloqlarda tug‘ma pnevmoniyaning informativ diagnostik markerlari aniqlangan;
muddatga etmay tug‘ilgan va muddatda tug‘ilgan chaqaloqlarda yalig‘lanish sitokinlarning: IL-1β (5,8 marta va 6,4 marta mos ravishda), IL-6 (1,9 marta; 1,6 marta), TNF-α (4,2 marta va 4,5 marta) miqdorilari ko‘p ishlab chiqarilishi va yalig‘lanishga qarshi IL-10 ning miqdori (1,6 marta va 1,2 marta mos ravishda) pasayishi bilan namoyon bo‘luvchisitokin profili (IL – 1β, IL – 6, TNF-α, IL – 10) ning ahamiyati isbotlangan;
chaqaloqlarda gestatsion yoshiga bog‘liq bo‘lmagan xolda tug‘ma pnevmoniyani og‘ir kechishi xavfini 3,2 martaga oshiradigan (χ2 =4,5; r=0,03; OR =3,2; 95% CI 1,038- 10,21) sitokin genlarining polimorf markerlarini 3-talik noxush genotip kombinatsiyalarining ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chaqaloqlarda tug‘ma zotiljam kechishining klinik, biokimyoviy va immunogenetik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chaqaloqlarda tug‘ma zotiljam kasalligini tashhislashning klinik va biokimyoviy usullarini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida «Chaqaloqlarda tug‘ma pnevmoniyani tashxislashning klinik-biokimyoviy usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 oktyabrdagi №8n-z/542-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tug‘ma zotiljamni erta aniqlash, kasallikning klinik kechishi, biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash orqali kasallikning og‘ir kechishini va noxush oqibatlarini kamaytirish imkonini bergan;
chaqaloqlarda tug‘ma zotiljam kasalligini immunogenetik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Tug‘ma pnevmoniyali chaqaloqlarda immunogenetik ko‘rsatkichlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 oktyabrdagi №8n-z/542-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma chaqaloqlarda og‘ir tug‘ma pnevmoniyani klinik belgilarini erta aniqlash, kasallikning kechishini yaxshilash va noxush okibatini oldini olish, ushbu toifadagi bolalarning chaqaloqlar reanimatsiyasi xamda muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘limlaridagi o‘rin-kunini 2-3 kunga qisqartirish imkonini bergan;
tug‘ma zotiljamli chaqaloqlarda klinik-biokimyoviy va immunogenetik tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent va Namangan viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 noyabrdagi №08–36847-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy qilinishi ushbu kasallikka chalingan chaqaloqlarning tashxislash sifatini va har bir bosqichda davolash samaradorligini oshirish, kasallik zo‘rayishini va asoratlar shakllanishini kamaytirish imkonini bergan.