Saipova Nodira Sagdullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sil kasalligi bilan xastalangan bemorlarda dermatozlar: patogenetik mexanizmlar, diagnostika va davolashni optimallashtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya; 14.00.26 – Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib398.
Ilmiy maslaxatchilar: Vaisov Atxam Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Saidqosim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Akram Baratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Demexova Ol`ga Vladimirovna , tibbiyot fanlari doktori, professor .
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sil bilan kasallangan bemorlarda patogenetik omillarni hisobga olgan holda komorbidlik sharoitida surunkali dermatozlarni kompleks terapiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sil va surunkali dermatozlar bilan kasallangan bemorlarda komorbidlikning qiyosiy tahlili amalga oshirilgan ikkala guruhda uzoq vaqt qo‘llanilgan antibakterial va immunsupressiv terapiya fonida Charlson indeksi yuqoriligi (mos ravishda, 5,6±0,5 va 5,1±0,11), lipid va uglevod almashinuvlarining bir xil buzilishlari va komorbidlikning umumiy omillari isbotlangan;
yondosh kasalliklar orasida qandli diabetning 2-turi, yurak va tomirlar, gepatobiliar hamda gastroduodenal tizimlar kasalliklari aniqlanib, silning va teri kasalliklari, somatik patologiyalar (polimorbid holatlar), genital ajralmalar sindromi (urogenital kandidoz va bakterial vaginoz) bilan birgalikda kechishining uchrash chastotasi yuqoriligi isbotlangan;
sil bilan kasallangan bemorlarda yondosh dermatozlar strukturasi o‘rganilib, teri-shilliq qavatlar shikastlanishlarning etiopatogenetik va klinik xususiyatlari isbotlangan;
mul`tifokal tabiatga ega nospesifik dermatozlar, terining spesifik shikastlanishlari (shu jumladan terining chin sili va tuberkulidlar), ikkilamchi toksik-allergik dermatitlar ajratilgan, ko‘p hollarda infeksiyaning ekstrapul`monal shakllari bilan komorbidlikda terining lyupoidli, papulonekrotik, kollikvativ, indurativ va verrukoz sili holatlari qayd etilishi isbotlangan;
komorbid patologiyali sil bilan kasallangan bemorlarda turli biotoplar (teri, yuqori nafas yo‘llari, urogenital trakt) mikrobiotsenozining o‘ziga xos xususiyatlari va mahalliy immunitet omillari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sil kasalligi bilan xastalangan bemorlarda surunkali dermatozlarni tashhislash, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sil kasalligi bilan xastalangan bemorlarda surunkali dermatozlarni mahalliy davolash usullarini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan «Turli joylashish tabiatiga ega sil kasalligi sharoitida surunkali dermatozlarni tashqi terapiyasi usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 martdagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi sil kasalligi bilan xastalangan bemorlarda surunkali dermatozlarning mahalliy terapiyasi ta’sirida teridagi patologik jarayon regressi muddatining qisqarishi, sub’ektiv hissiyotlarning kamayishi, bemorlar hayot sifatini yaxshilanishi imkonini bergan;
sil kasalligi bilan xastalangan bemorlarda surunkali dermatozlarni kompleks davolash usullarini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan “Sil bilan komorbidlik sharoitlarida surunkali dermatozlarni kompleks davolash usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 martdagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi komorbidlik sharoitlarida surunkali dermatozlarni erta tashhislash va davolashning samaradorligini oshirish imkonini bergan;
sil bilan kasallangan bemorlarda surunkali dermatozlarni tashhislash, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika teri-tanosil kasalliklari klinik shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 noyabrdagi 08-36515-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi, davolashning yangi uslublari qo‘llanilishi, sil bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi, polikomponent preparatlar qo‘llanilishi davolash samaradorligini 88-90%ga oshirish imkonini yaratgan.