Niyazalieva Muxayyo Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Takroriy boquvdan olingan pillalarni chuvish jarayonlarini takomillashtirish” 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.2.PhD/T2120.
Ilmiy rahbar: Axunbabaev Oxunjon Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Gulamov Azamat Eshonqulovich texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti;
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ipak qurtining takroriy boquvidan olingan pillalarini chuvish jarayonini takomillashtirish, tirik pillalarni saqlashning innovatsion usuli yaratish hamda ipakni sifat ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tut ipak qurtini takroriy boqishning mavsumlar bo‘yicha tut barglarini kesishning grafik jadvali ishlab chiqilgan, shu grafikka amal qilgan holda etishtirilgan pillalarning mavjud usulda olingan pillalaridan ipakchanlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lishi aniqlangan;
takroriy boquv usulda etishtirilgan tirik pillalarning samaradorligini oshirishda qo‘p qavatli so‘kichaklarni qo‘llash orqali samaradorlikka erishish aniqlangan hamda so‘kichak o‘lchamlarining ratsional qiymatlari aniqlangan;
tirik pillalarni zamonaviy pilla chuvish avtomatlarida chuvib olishda xom ipak tolalarini assortimentlari bo‘yicha (ya’ni, ipakni chiziqiy zichliklarini hisobga olgan holda) chuvib olishni optimal tezliklari aniqlangan;
pilla g‘umbagini shakl o‘zgarish holatini oldini olish uchun pillalarni saqlashning yangi innovatsion (sovutkichlarga saqlash) usuli qo‘llanilgan, sovutkichlarda saqlashda haroratini optimal parametrlari aniqlangan hamda pillani sovutgichda yil bo‘yi saqlash orqali tirik pilla chuvish imkoniyati matematik statistika usulida aniqlangan;
zamonaviy pilla chuvish avtomatlarida tirik pillalardan xom ipak ishlab chiqarishning texnologik parametrlari (chuvish jarayonida suv haroratini 35-40 oS da, chuvish tezligini 178-182 m/min bo‘lishi) hamda chuvish tezligining optimal qiymatlari to‘la omilli regression tenglamalar yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Takroriy boquvdan olingan pillalarni chuvish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar bo‘yicha:
tirik pillalarga dastlabki ishlov berish jarayonlari qo‘llanilmasdan qayta ishlash “Nurli tohg silk” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2022 yil 22 avgustdagi 1-1/1366 - son ma’lumotnomasi). Natijada tirik pillalarni chuvishda 1 kg xom ipak ishlab chiqarish uchun pillaning solishtirma sarfini 0,4 kg-ga kamayishiga erishilgan, 1000 kg tirik pillani chuvishda 14 kg qo‘shimcha xom ipak ishlab chiqariga erishilgan.
Shuningdek, takroriy boquvdan olingan pilla chuvishni takomillashgan texnologiyasi “Sapfir sanoat” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2022 yil 22 avgustdagi 1-1/1366 - son ma’lumotnomasi). Natijada tirik pillalarni chuvishda 1kg xom ipak ishlab chiqarish uchun pillaning solishtirma sarfi 0,38 kg-ga kamaytirilgan, 1000 kg tirik pillani chuvishda 13,4 kg qo‘shimcha xom ipak ishlab chiqarishga erishilgan.