Muhammadiev Hamidullo Murodillaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gaz olish quduqlarining mahsuldorlik dinamikasini kollektorlarning deformatsiyalanish xususiyatlari bilan bog‘liqligi», 04.00.13 – Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T566.
Ilmiy rahbar: Zakirov Azamjan Alimdjanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Azizbek Ulugbekovich, texnika fanlari doktori; Shhevsov Vladimir Mixaylovich, texnika falari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anomal` yuqori qatlam bosimli gazkondensat konlarini ishlash jarayonida kollektor deformatsiyasining quduqlarning mahsuldorligiga, gaz va kondensat olish koeffisientiga ta’sir darajasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qatlam bosimining yuqori anomalligini uyumning solishtirma hajmidagi gaz zaxiralari konsentratsiyasiga, quduq tubi va qatlam bosimining pasayish sur’atiga, quduqlar mahsuldorligi va ishlatish muddatiga ta’sir darajasi aniqlangan;
yuqori anomal qatlam bosimli gazkondensat konlarida tog‘ bosimining 75% dan ortig‘i qatlam bosimi bilan muvozanatlashadi va boshlang‘ich qatlam bosimi darzliklarni yopilish bosimidan pasayganda kollektorning deformatsiyalanish jarayoni boshlanishi isbotlangan;
quduqlarning mahsuldorligi kollektorning deformatsiyasi sababli boshlang‘ich mahsuldorlik kattaligiga bog‘liq ravishda turli sur’atlarda o‘zgarishi aniqlangan;
yakuniy gaz va kondensat olish koeffisientining yuqori ko‘rsatkichlari qatlamga berilayotgan depressiyani ma’lum darajagacha oshirilganda erishiladi, uning keyingi orttirilishi ko‘rsatkichlarning pasayishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gaz qazib oluvchi quduqlar mahsuldorligi dinamikasining kollektorlarni deformatsion xususiyatlari bilan bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quduqlarni ishlatishning optimal texnologik rejimini asoslashdagi ishlab chiqilgan tavsiya Ayzovot gazkondensat konining №8 qudug‘ida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz”AJning 2022 yil 4 oktyabrdagi 02-18-8-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021-2022 yillarda 2366 tonna kondensat qo‘shimcha qazib chiqarish imkonini bergan;
quduqlarni ishlatishning optimal texnologik rejimini asoslashdagi ishlab chiqilgan tavsiyasi Shimoliy G‘uzor gazkondensat konining №13 qudug‘ida amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz”AJning 2022 yil 4 oktyabrdagi 02-18-8-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, 16.08.2019-01.08.2022 yillarda 589 tonna kondensat qo‘shimcha qazib chiqarish orqali texnologik samara olish imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish