Nematulloev Suxrob Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda kichik biznes faoliyatida investisiyalardan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2388.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.9/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Ataniyazov Jasurbek Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Javoxir Jamolovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot:O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kichik biznes faoliyatida investisiyalardan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yagona texnologik ishlab chiqarish zanjirining (masalan, xomashyo etkazuvchi, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi va h.k.) potensial “bo‘g‘inlari” sifatida maydonga chiqishi mumkin bo‘lgan korxonalar guruhini birgalikda investision kreditlash tartibi taklif etilgan;
hududlar kichik biznes korxonalaridagi asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmini oshirish uchun “tarmoq + hudud” kesimidagi kichik biznes korxonalari investisiya dasturlarini ishlab chiqish taklifi asoslangan;
turli darajadagi investorlar manfaatdorligini uyg‘unlashtirish mexanizmini kuchaytirish maqsadida har bir tarmoq kesimida investisiya siyosatining kichik biznes sub’ektlari uchun mo‘ljallangan maxsus qismini shakllantirish taklifi ishlab chiqilgan; 
tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlashda muayyan korxona xususiy investisiya muhitining tegishli tarmoq bo‘yicha qulay investisiya muhiti mukammal (maksimal) shartlariga muvofiqligi darajasini hisobga olish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda kichik biznes faoliyatida investisiyalardan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:
yagona texnologik ishlab chiqarish zanjirining (masalan, xomashyo etkazuvchi, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi va h.k.) potensial “bo‘g‘inlari” sifatida maydonga chiqishi mumkin bo‘lgan korxonalar guruhini birgalikda investision kreditlash tartibini qo‘llash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi “Mikrokreditbank” ATBning 2022 yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2022 yil 25 iyuldagi 03-40/9300-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank tomonidan kichik biznes sub’ektlariga ajratilayotgan investision kreditlardan foydalanish samaradorligi hamda qaytarilish darajasi oshgan;
hududlar kichik biznes korxonalaridagi asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmini oshirish uchun “tarmoq + hudud” kesimidagi kichik biznes korxonalari investisiya dasturlarini ishlab chiqish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi “Mikrokreditbank” ATBning investisiyalar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritalarini tayyorlashda foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2022 yil 25 iyuldagi 03-40/9300-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank tomonidan kichik biznes sub’ektlari asosiy kapitaliga kiritilayotgan investisiyalar hajmini oshirish imkoni yaratilgan;
turli darajadagi investorlar manfaatdorligini uyg‘unlashtirish mexanizmini kuchaytirish maqsadida har bir tarmoq kesimida investisiya siyosatining kichik biznes sub’ektlari uchun mo‘ljallangan maxsus qismini shakllantirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi “Mikrokreditbank” ATBning 2022 yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2022 yil 25 iyuldagi 03-40/9300-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank tomonidan kichik biznes sub’ektlariga investision kreditlarning ajratilishida tarmoqlar va sohalar kesimida turli darajadagi investorlar manfaatdorligini hisobga olish imkoni yaratilgan; 
tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlashda muayyan korxona xususiy investisiya muhitining tegishli tarmoq bo‘yicha qulay investisiya muhiti mukammal (maksimal) shartlariga muvofiqligi darajasini hisobga olish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi “Mikrokreditbank” ATBning investisiyalar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritalarini tayyorlashda foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2022 yil 25 iyuldagi 03-40/9300-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bank tomonidan kichik biznes sub’ektlari faoliyatini kreditlashda har bir korxonaning investisiya muhiti xususiyatlari va ularning kredit resurslaridan samarali foydalanilishni ta’minlashni aniqlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish