Ahmadjonov Azimjon Karimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida MHXS asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish va auditorlik tekshiruvlarini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2233.
Ilmiy rahbar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.1.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Astanakulov Olim Tashtemirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida MHXS asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish va auditorlik tekshiruvlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energiyasi korxonalarida MHXS asosida moliyaviy hisobotlarni avtomatlashtirilgan dastur yordamida tuzish jarayonlarini auditga oid dasturiy ta’minotning qo‘llanishiga to‘sqinlik qiluvchi umumtarmoq va texnologik tavsifdagi omillar ta’sirini kamaytirib borish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
elektr energiyasi korxonalari xususiyatlari asosida hisob va hisobotni yuritishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asoslangan holda 0330-“Kechiktirilgan tarif farqlari schyotlari” ishchi schyotlarini kiritish orqali hisob siyosati tarkibi takomillashtirilgan;
auditorlik tekshiruvining xalqaro audit standartlari asosida ishchi va yakuniy hujjatlarini shakllantirishda alohida bosqichlarda soddalashtirilishi mumkin bo‘lgan “MHXSni tashkilotga tatbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni joriy etish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida foyda va zarar bo‘yicha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot shaklini tashkilot faoliyatidan kelib chiqqan holda xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish asosida moliyaviy hisobotning shaffofligini ta’minlash taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida MHXS asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish va auditorlik tekshiruvlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr energiyasi korxonalarida MHXS asosida moliyaviy hisobotlarni avtomatlashtirilgan dastur yordamida tuzish jarayonlarini auditga oid dasturiy ta’minotning qo‘llanishiga to‘sqinlik qiluvchi umumtarmoq va texnologik tavsifdagi omillar ta’sirini kamaytirib borish orqali takomillashtirish taklifi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2022 yil 7 yanvardagi 02-1-sonli ko‘rsatmasiga asosan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va uning tarkibiga kiruvchi jamiyatlarning “1S:Predpriyatiya” 8.3 dasturiy mahsuloti asosida markazlashtirilgan, avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobi axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 13 sentyabrdagi 01-08/2561-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalarida moliyaviy hisobotlarning aniqligi va ish unumdorligi 8-10% ga oshgan;
elektr energiyasi korxonalari xususiyatlari asosida hisob va hisobotni yuritishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asoslangan holda 0330-“Kechiktirilgan tarif farqlari schyotlari” ishchi schyotlarini kiritish orqali hisob siyosati tarkibini takomillashtirish bo‘yicha taklif “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2021 yil 31 dekbrdagi 02-444-sonli buyrug‘iga asosan 2022 yil uchun hisob siyosati va soliqqa tortish maqsadida hisob siyosatini 2022 yildan joriy qilish to‘g‘risidagi “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 13 sentyabrdagi 01-08/2561-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati hisob siyosati takomillashtirilgan;
auditorlik tekshiruvining xalqaro audit standartlari asosida ishchi va yakuniy hujjatlarini shakllantirishda alohida bosqichlarda soddalashtirilishi mumkin bo‘lgan “MHXSni tashkilotga tatbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni joriy etish taklifi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruv raisining 2022 yil 17 fevraldagi 01-11-sonli ko‘rsatmasiga asosan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning transformatsiyasi jarayonida “Katta uchlik” xalqaro kredit reyting agentliklarining reytingini olish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 13 sentyabrdagi 01-08/2561-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik tashkilotlari va mijozlarning auditorlik tekshiruvlaridan so‘ng MHXS hisobotlari hamda audit ishchi va yakuniy hujjatlarning ishonchlilik darajasi oshgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida foyda va zarar bo‘yicha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot shaklini tashkilot faoliyatidan kelib chiqqan holda xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish asosida moliyaviy hisobotning shaffofligini ta’minlash taklifi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning transformatsiyasi jarayonida “Katta uchlik” xalqaro kredit reyting agentliklarining reytingini olish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 13 sentyabrdagi 01-08/2561-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida MHXS xodimlarining ish aktivligi sezilarli darajada o‘sgan va vaqt sarfi kamaygan, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarning shaffofligi, aniqligi va tushunarliligi oshgan.