Akramov Farxod Artikbaevichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/295.
Ilmiy rahbar: Qurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Avlokulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “soliq auditi” tushunchasining mohiyati “soliq sohasidagi tekshiruvlar” yondashuvidan unga “soliq majburiyatlarining to‘g‘ri shakllantirilishi va aks ettirilishi” sifatida munosabatda bo‘luvchi yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan;  
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan alohida umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotda aks ettirilgan xarajatlar tarkibini “Foyda solig‘i hisob-kitobi” bo‘yicha hisobotga kiritish orqali foyda colig‘i bo‘yicha coliqqa tortish bazacining aniqligini oshirish hamda mazkur coliqni hicoblashda coliq va buxgalteriya hicobi ma’lumotlarining bir-biriga moc kelishini ta’minlash taklifi asoslangan;
foyda solig‘ining hisobi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiqligi MHXS asosida shakllantirilgan schyotlar rejasiga 57587001-“Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar” va 35355001-“Taqsimlanmagan foyda” ishchi schyotlarini kiritish hamda buxgalteriya yozuvlarini moslashtirish orqali takomillashtirilgan;
resurs va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisob hamda tegishli xarajatlarni nazorat qilish tartibi 9440-“Boshqa soliq xarajatlari” ishchi schyotini schyotlar rejasiga kiritish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “soliq auditi” tushunchasi mohiyatining “soliq sohasidagi tekshiruvlar” yondashuvidan unga “soliq majburiyatlarining to‘g‘ri shakllantirilishi va aks ettirilishi” sifatida munosabatda bo‘luvchi yondashuvga ko‘ra takomillashtirilgan ta’rifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 140-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 12 avgustdagi 15-106478-son ma’lumotnomasi). Natijada, soliq auditi tushunchasiga mukammal ta’rif shakllantirildi va qonunchilikdagi normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashuviga xizmat qilgan;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan alohida umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotda aks ettirilgan xarajatlar tarkibini “Foyda solig‘i hisob-kitobi” bo‘yicha hisobotga kiritish orqali foyda colig‘i bo‘yicha coliqqa tortish bazacining aniqligini oshirish hamda mazkur coliqni hicoblashda coliq va buxgalteriya hicobi ma’lumotlarining bir-biriga moc kelishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 20 oktyabrda 3221-1-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarorida o‘z aksini topib, amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 12 avgustdagi 15-106478-son ma’lumotnomasi). Natijada, foyda colig‘i bo‘yicha coliqqa tortish bazacining aniqligi hamda bu coliqni hicoblashda coliq va buxgalteriya hicobi ma’lumotlarining bir-biriga moc kelishini ta’minlangan;
foyda solig‘ining hisobi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiqligi MHXS asosida shakllantirilgan schyotlar rejasiga 57587001-“Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar” va 35355001-“Taqsimlanmagan foyda” ishchi schyotlarini kiritish hamda buxgalteriya yozuvlarini moslashtirish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zbekneftgaz” AJning yagona schyotlar rejasida o‘z aksini topgan va amaliyotda foydalanilgan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2022 yil 29 avgustdagi 08-39-936-son ma’lumotnomasi). Natijada, foyda solig‘ining hisobi takomillashgan va hisob moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga javob berish imkoniyati yaratilgan;
resurs va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisob hamda tegishli xarajatlarni nazorat qilish tartibini 9440-“Boshqa soliq xarajatlari” ishchi schyotini schyotlar rejasiga kiritish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli korxonalarning ishchi schyotlar rejasiga kiritilgan va amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftegaz” AJning 2022 yil 29 avgustdagi 08-39-936-son ma’lumotnomasi). Natijada, resurs va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisob takomillashgan hamda bu soliqlar bo‘yicha xarajatlarni nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish