Otabaev Iskandar Abdug‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta’limini samarali tashkil etishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanalari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped91.
Ilmiy rahbar: Ashurova Sanobar Yuldashevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.
II. Tadqiqotning maqsadi kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta’limini samarali tashkil etishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish ta’limi jarayonida faoliyatlik, tizimli kvantlash, modullilik, latentlik, mantiqiylik tamoyillaridan foydalanish asosida o‘quvchilarning mustaqillik, refleksivlik va ijodiy-konstruktivlik kasbiy sifatlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak kichik mutaxassislarni kasbiy faoliyatga samarali moslashuvi omillari (motivatsiya, kommunikativlik, mobillik) va tashkiliy-pedagogik bosqichlar yaxlitligi tamoyillari asosida ishlab chiqarish ta’limining metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
kasbiy faoliyatlarni o‘quv elementlariga ajratgan holda bosqichma-bosqich o‘rgatishga asoslangan ishlab chiqarish ta’limini tashkil etishning modulli texnologiyasi dinamiklik, paritetlik, moslanuvchanlik, istiqbolni anglash tamoyillari asosida ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarish ta’limi jarayoni nazorat bosqichlarida o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllanganlik darajasini baholash mezoniy (sifati, tezligi, aniqligi) va me’yoriy (to‘liqlik, puxtalik, mukammallik) ko‘rsatkichlar izchilligi tamoyili asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta’limini samarali tashkil etishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
ishlab chiqarish ta’limida o‘quvchilarning mustaqillik, refleksivlik va ijodiy-konstruktivlik kabi kasbiy sifatlarini shakllantirishga oid xulosa va tavsiyalaridan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2015 yil 8 sentyabrdagi 283-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 3320201–Metallarga ishlov berish mexanigi kasbi bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 22 dekabrdagi 5-son yig‘ilishi qarori). Mazkur tavsiya va takliflar bo‘lajak kichik mutaxassislarni kabiy faoliyatga tayyorlashda ishlab chiqarish ta’limi va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilgan;
ishlab chiqarish ta’limining metodik ta’minotini kasbiy faoliyatga samarali moslashuvi omillari va tashkiliy-pedagogik bosqichlar yaxlitligi tamoyillari asosida ishlab chiqishga oid takliflari “Amaliy ta’limni rejalashtirish va tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanma (№312-56, 20.08.2013 y.) mazmuniga singdirilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma ishlab chiqarish ta’limi jarayonida o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikma va malakalarining shakllanganlik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak kichik mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mazmuni, modulli texnologiya, kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllanganlik darajasini baholashga oid takliflari “Tokarlik ishlari o‘quv amaliyotini modulli o‘qitish texnologiyasi” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 30 dekabrdagi MX-01/21-231-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak kichik mutaxassislarni ishlab chiqarish ta’limi jarayonida kasbiy ko‘nikma va malakalarini samarali shakllantirish tizimi takomillashtirilgan.