Urmanbaeva Dilbarxon Abdulkosimovnaning 
falsafa doktori (PHD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezi saratoni va saraton oldi kasalliklarini erta tashxislashda kompleks profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib488.
Ilmiy rahbar: Mamarasulova Dilfuzaxon Zakirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD.04/04.03.2022.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Moxigul Azimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Islambekova Zulfiya Astanakulovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: sut bezi saratoni va saratonoldi patologiyasini ommaviy profilaktik tadbirlarni qo‘llash yo‘li bilan erta bosqichlarda aniqlashni  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor viloyat statistik  ma’lumotlari tahlili yordamida Andijon tumani va Andijon shahrida kasallikning populyasion-prognostik ahamiyati yuqori ekanligi tadqiqot yillarida ayollar viloyat aholisining 50% ini tashkil etishi, standartlashtirish usuli yordamida sut bezi saratonining kasallanishva o‘lim indekslari klinik parallellik asosida o‘sib borishi va pasayishi isbotlangan; 
sut bezi saratonoldi va saraton patologiyasini erta aniqlash maqsadida hudud ayollarini anketa savollari asosida tasodifiy tanlash yo‘li bilan o‘tkazilgan ommaviy profilaktik ko‘ruv natijalari tahlili asosida kasallikni erta bosqichlarda aniqlashda ijobiy samaradorlikka erishish isbotlangan;  
ayollar populyasiyasi orasida sut bezi saratonidan kasallanish va o‘limni ishonchli tarzda kamaytirishga imkon beradigan innovatsion algoritm hududiy omillarni inobatga olingan holda ishlab chiqilgan;
ilk bor birlamchi bo‘g‘in va patronaj tizimi xodimlarini sut bezi patologiyasini erta aniqlash maqsadida o‘qitish uchun pilot dastur yaratilgan va uning samaradorligi profilaktik ko‘ruvlarga ayollar qamrovini keskin ortishi hamda hududda SBS erta(I-II) bosqichlarda aniqlanish ko‘rsatkichi  25-30% ga ortishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Cut bezi saratoni va saratonoldi patologiyasini ommaviy profilaktik tadbirlarni qo‘llash yo‘li bilan erta bosqichlarda aniqlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sut bezi saratoni va saraton oldi kasalligini erta tashxislash va oldini olishda kompleks profilaktik chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish  bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Andijon viloyatida xavfli o‘smalar epidemiologiyasi va ularning profilaktikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n/r/346-son ma’lumotnomasi).  Andijon tumani va Andijon shahri ayollar populyasiyasi orasida sut bezi saratoni va saratonoldi kasalliklarini erta bosqichlarda aniqlash va oldini olish bo‘yicha taklif etilgan tavsiyalar sut bezi saratoni va saratonoldi kasalliklarini erta aniqlash samaradorligini oshirishga imkon berdi;
sut bezi saratoni va saratonoldi kasalliklarini erta bosqichlarda aniqlash va oldini olish sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati tibbiyot birlashmalariga, poliklinikalar onkokabinetlariga hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon filiali amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 martdagi 8n-z/131-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan tadqiqot natijalari asosida aholining  rejalashtirilgan profilaktik ko‘riklar maqsadini to‘g‘ri tushunishi va tibbiy madaniyat shakllanishi, profilaktik ko‘riklarga ayollar qamrovi keskin yaxshilanishi va sut bezi kasalligini erta bosqichlarda aniqlash ko‘rsatkichi ortishi, kasallik asoratlarini oldini olish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hamda statsionar davolanish muddati va xarajatlarini kamaytirish imkonini berdi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish