Pantin Roman Vladimirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped500.
Ilmiy rahbar: Xolikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/03.12.2021.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Usta-Azizova Dilnoza, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchisiga qo‘yiladigan malaka talablari o‘quv materialini og‘zaki taqdim etish, o‘rganilgan materialni muhokama qilish, namoyish etish jarayonini analitik va konstruktiv-ijodiy vazifalarga adaptiv integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli o‘quv va jangovar faoliyat jarayonida yuksak axloqiy-jangovar sifatlarni, harbiy mahoratni shakllantirish hamda professional vakolat darajalarning barqarorligini qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchisining kasbiy bilim va ko‘nikmalari shaxsga yo‘naltirilgan ehtiyojlar individual ta’lim traektoriyalarini aniqlash, didaktik imkoniyatlarining produktivlik darajasini individuallashtirish, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlarining g‘oyaviy-mafkuraviy infratuzilmasini barqarorlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy malakasi intellektual rivojlanish darajasi bilan ichki integratsiyasini adekvat faollashtirish hamda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi didaktik materiallarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar acocida:
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchisiga qo‘yiladigan malaka talablari o‘quv materialini og‘zaki taqdim etish, o‘rganilgan materialni muhokama qilish, namoyish etish jarayonini analitik va konstruktiv-ijodiy vazifalarga adaptiv integratsiyalash orqali takomillashtirishga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 dekabrdagi 02-744215-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlarini taxlil etish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli o‘quv va jangovar faoliyat jarayonida yuksak axloqiy va jangovar sifatlarni, harbiy mahoratni shakllantirish hamda professional vakolat darajalarning barqaror ortib borishini qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 dekabrdagi 02-744215-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishing tarkibiy modelini takomillashtirishga imkon yaratilgan;
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchisining kasbiy bilim va ko‘nikmalari shaxsga yo‘naltirilgan ehtiyojlar individual ta’lim traektoriyalarini aniqlash, ta’lim imkoniyatlarining produktivlik darajasini individuallashtirish, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlarining g‘oyaviy-mafkuraviy infratuzilmasini didaktik barqarorlashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 dekabrdagi 02-744215-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy malakasi intellektual rivojlanish darajasi bilan ichki integratsiyasini adekvat faollashtirish hamda tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi didaktik materiallarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 25 dekabrdagi 02-744215-son dalolatnomasi). Natijada chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish imkoni oshirilgan.