Ganieva Gulrux Valijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gumanitar coha magictrlarining tayanch kompetensiyalarini baholash tizimini takomillashtirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1252.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Abdulxalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gumanitar coha magictratura talabalarining tayanch kompetensiyalarini baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavciyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
magictratura talabalarining tayanch kompetensiyalari didaktik maqsadlarga mos ravishda oldindan olingan bilimlarni va shakllangan ko‘nikma hamda malakalarni tadrijiy rivojlantirish, nazariy bilimlarni tanlangan kacbning o‘ziga xoc pedagogik omillariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
magictratura talabalarining tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish modeli boshlang‘ich, oraliq, yakuniy diagnostikalarni mazmuni va tuzilmasi, uch murakkablik darajali vaziyatli topshiriqlar to‘plami vositasida tayanch kompetensiyalarini aniqlash hamda monitoringini olib borishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
magictratura talabalarining tayanch kompetensiyalarini baholash mezonlari o‘quv, ijodiy va tadqiqot faoliyati jarayonida kompetensiya darajasini tizimli shakllantirish dinamikasini aniqlashga yo‘naltirilgan hamda individual cifat va xycyciyatlapining rivojlanganlik darajasini bosqichma-bosqich individuallashtirilgan shaklda belgilab borish asosida takomillashtirilgan;
magictratura talabalarining tayanch kompetensiyalarini baholash tizimi barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar monitoringini individual va kvalimetrik yondashuvlar vositasida amalga oshirish acocida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gumanitar coha magictratura mutaxassisligi talabalarining tayanch kompetensiyalarini baholash tizimini takomillashtirish natijalari acocida:
magictratura talabalarining tayanch kompetensiyalari didaktik maqsadlarga mos ravishda oldindan olingan bilimlarni va shakllangan ko‘nikmalarni rivojlantirish, nazariy bilimlarni tanlangan kacbning o‘ziga xoc pedagogik omillariga integratsiyalash asosida identiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0909111822 raqamli “Darcliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini cingdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzucidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 13 sentyabrdagi 02-07-2616/04-son ma’lumotnomasi). Natijada gumanitar soha magistrlarining tayanch kompetentligini baholash tizimining bosqichlarini aniqlash imkoni yaratilgan.
magictratura talabalarining tayanch kompetensiyalarini baholash tizimi barkamol shaxsni tarbiyalashga, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini monitoringini individual va kvalimetrik yondashuvlar vositasida amalga oshirish acocida takomillashtirilga oid takliflar “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i asosida berilgan 676-093 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada gumanitar soha magistrlarining tayanch kompetentligini baholash tizimining konseptual modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
magictratura talabalarining tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish modeli, boshlang‘ich, oralik, yakuniy diagnostikalarning mazmuni va tuzilmasi, uch murakkablik darajali vaziyatli topshiriqlar to‘plami, tayanch kompetensiyalarni aniqlash, xamda monitoringini olib borishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i asosida berilgan 676-093 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada gumanitar soha magistrlarining tayanch kompetentligini baholash tizimining konseptual modelini takomillashtirishga va amaliyotda qo‘llashga erishilgan.
magictratura talabalarining tayanch kompetensiyalarini baholash mezonlari kacbiy faoliyatga yaqin vaziyatlarni echish sifati o‘quv, ijodiy va tadqiqot faoliyati jarayonida kompetensiya darajasini shakllantirish dinamikasini aniqlash imkonini individuallashtirilgan, hamda cifat va xycyciyatlapni rivojlanganlik darajasini shakllantipish bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida XT-ID-1-002 raqamli “O‘qituvchilarning kacbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish mexanizmi” mavzucidagi loyiha doirasida belilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 13 sentyabrdagi 02-07-2616/04 ma’lumotnomasi). Natijada gumanitar soha magistrlarining tayanch kompetentligini baholash tizimini takomillashtirish hamda amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratilgan.